O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 52.49 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi52.49 Kb.
#139972
Bog'liq
ишчи дастур dis mat ium sirtqi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Ro‘yxatga olindi:

№ 0100 – 2.01




«Tasdiqlayman»

O`quv ishlari bo`yicha prorektor

________ _________________

28 avgust 2019 yil



Matematik mantiq va diskret matematika oquv fanining

ISHChI O’QUV FAN DASTURI

(sitqi, 2-kurs III-semestr)

Bilim sohasi:

100000 –Gumanitar

Ta’lim sohasi:

110000 –Pedagogika

Ta’lim yo’nalishi

5110700 - informatika o`qitish metodikasi

Navoiy -2020

Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.



Tuzuvchi(lar):

Shotemirov Yu.S. – NavDPI, “Matematika o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi

Shodiyev Sh.Sh. – NavDPI, “Matematika o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi

Taqrizchilar:

Xakimov A. – NavDPI, “Matematika o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, f.-m.f.n.

Fanning ishchi o`quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirining 2018 yil .............. __-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va BD-5110700-2.01 raqam bilan qayd qilingan “Matematik mantiq va diskret matematika” fanining namunaviy o’quv dasturi asosida tuzilgan va “Matematika o`qitish metodikasi” kafedrasining 2020 yil 27 avgustdagi 1 – son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: dots. Abjalilov S.X.

Fanning ishchi o’quv dasturi “Fizika-matematika” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2020 yil 28 avgustdagi 1-sonli bayonnoma).

Fakultet kengashi raisi: dprof. Kamolov I.R.



Kelishildi:

O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i ______________________ Xolmirzayev N.



Kirish

«Matematik mantiq va diskret matematika» fani «5110700 –Informatika o’qitish metodikasi» ta’lim yo’nalishida o’qitiladigan matematika fanlaridan biri bo’lib, ushbu dastur umumiy o’rta ta’lim maktab. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari matematika fanlarining Davlat Ta’lim Standartlarini hisobga olgan holda, «5110700 –Informatika o’qitish metodikasi» yo’nalishi DTS asosida tuzilgan.



O’quv fanining maqsadi va vazifalari

«Matematik mantiq va diskret matematika» fanining asosiy maqsadi-talabalarga mantiq fanining matematik interpretatsiyasi haqida ma’lumotlar berish, matematik mantiq, diskret matematikaning qonunlari asosida ularning mantiqiy va matematik tafakkurini rivojlantirish, yozma va og’zaki mantiqiy nutqini shakllantirishdir.

Bu fan matematikaning tez rivojlanib borayotgan bo’limlaridan biri bo’lib, uning vazifasi juda ko’p amaliy masalalarni, chunonchi, hisoblash mashinalari, avtomatik sistemalarni loyihalash, dasturlashtirish va kibernetika masalalarini hal etish hamda hisoblash texnikasi va informatika asoslarini chuqur o’rganishda matematikaning mohiyatini ochib berishdan iborat.

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar

«Matematik mantiq va diskret matematika» fanini o’zlashtirish natijasida talabalar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari lozim:



  • mulohaza, mantiq amallari;

  • mulohazalar algebrasining formulasi va uning turlari;

  • asosiy tengkuchliliklar;

  • ikki qiymatli funksiyalar;

  • MDNF, MKNF;

  • ikkilik prinsipi va ikkilik qonuni;

  • mulohazalar algebrasining qo’llanilishi:

  • mulohazalar hisobini aksiomatik qurish;

  • keltirib chiqarish qoidalari;

  • mulohazalar hisobining zidsizligi va to’liqligi;

  • predikatlar, kvantorlar, predikatlar algebrasi;

  • predikatlar hisobi uchun keltirib chiqarish qoidalari:

  • rekurrent munosabatlar;

  • asimptotik metod;

  • graf, daraxt.

Mazkur fanni o’zlashtirish natijasida talabalar quyidagi konikmalarga ega bo’lishlari lozim:

- asosiy tengkuchliliklarni isbotlay olish:

-mulohazalar algebrasining formulalarini ikki qiymatli funksiyalar yordamida ifodalash;

-formulalarni MDNF, MKNF ga aylantirish;

-ikkilik prinsipi va ikkilik qonunini masalalar yechishga tadbiq qila olish;

-funksiyalarning bir nechta to’liq sistemalarini ko’rsata olish:

-predikatlar algebrasi formulalarining turini aniqlay olish:

-predikatlar algebrasidagi tengkuchliliklarni isbot qila olish;

-predikatlar algebrasidagi asosiy mantiq qonunlarini isbot qilish;

-predikatlar hisobining ba’zi bir tavtologiyalarini isbot qilish:

-matematik nazariyalarga misollar keltira olish;

-ba’zi bir algoritmlar uchun Tyuring mashinalarini qurish:

-algoritmik yechimga ega bo’lmagan muammolarga misollar keltira olish.

-rekurrent munosabatlarni yechish;

-graf, daraxtlarni tuzish.

Mazkur fanni o’zlashtirish natijasida talabalar quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

-mulohazalar algebrasining formulasi uchun rostlik jadvalini tuzish va turini aniqlash:

-mulohazalar algebrasini elementar matematika masalalarini yechishga tadbiq eta olish;

-umumiylik va mavjudlik kvantorlarini masalalar yechishga tadbiq eta olish;

-predikatlarning rostlik sohalarini topa bilish.


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Fan dasturi turli ta’lim bosqichlari matematika ta’limi orasidagi uzluksizlik, mavzular orasidagi uzviylik, boshqa matematika va tabiiy fanlar bilan aloqadorlik tamoyillariga asoslangan holda tuzilgan.

«Matematik mantiq va diskret matematika» fani «Informatika o’qitish metodikasi» yo’nalishining nafaqat «Oliy matematika» va boshqa fanlari bilan ham o’zaro bog’liq. Mazkur fanning asosiy tushunchalari boshqa matematika fanlari va kasbiy hamda ixtisoslik fanlarini o’zlashtirishga bevosita yordam beradi.

Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

«Matematik mantiq va diskret matematika» fani bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tishda ta’limning muammoli, munozarali kabi faol metodlaridan, elektron ma’ruza matni. Darsning animatsiyali elektron ishlanmalari. “Fikrlar hujumi”, “Klaster”, “Bumerang”, “Skorobiy”, Tarozi”, “Yelpig’ich” kabi metodlar, grafikli organayzerlardan unumli foydalanish nafaqat talabalar faolligini oshirishga balki mazkur fan bo’yicha talabalarning chuqur, keng nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishlariga yordam beradi, talabalarni innovatsion pedagogik muhit ishtirokchisiga aylantirib, ularda innovatsion pedagogik faoliyatga qiziqish o’yg’otadi.

Fan bo’yicha tavsiya etilgan darslik, o’quv qo’llanma, ma’ruzalar matni, tarqatma materiallar, elektron ishlanmalar, mustaqil ish topshiriqlari, nazorat testlari to’plamlaridan talabalar o’quv-biluv faoliyatini tashkil etishda foydalaniladi.

Matematik mantiq va diskret matematika” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:



Informatika o’qitish metodikasi



Mavzular nomi

Jami soat

Ma`ruza

Amaliy mashg’ulot

Mustaqil ta`lim

Matematika o’qitish metodikasi

1

Matemarik mantiq elementlari algebrasi

8

4

4

40

4

Diskret matematika elemenlari

8

4

4

40

Jami

16

8

8

80

Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Fan dasturi turli ta’lim bosqichlari matematika ta’limi orasidagi uzluksizlik, mavzular orasidagi uzviylik, boshqa matematika va tabiiy fanlar bilan aloqadorlik tamoyillariga asoslangan holda tuzilgan.

«Matematik mantiq va diskret matematika» fani «Informatika o’qitish metodikasi» yo’nalishining nafaqat «Oliy matematika» va boshqa fanlari bilan ham o’zaro bog’liq. Mazkur fanning asosiy tushunchalari boshqa matematika fanlari va kasbiy hamda ixtisoslik fanlarini o’zlashtirishga bevosita yordam beradi.



Ma`ruza mashg’ulotlari

Mulohazalar algebrasi

Formulalar. Formulalarning rostlik qiymatlari. Teng kuchli formulalar. Asosiy teng kuchli formulalar.Umumqiymatli va bajariluvchi formulalar. Umumqiymatli formulalar hosil qilish qoidalari. Mulohazalar algebrasining funksiyalari.

Mukammal diz’yunktiv normal forma (MDNF) va mukammal kon’yunktiv normal forma (MKNF). Ikkilik prinsipi va ikkilik qonuni. Funksiyalarning to’liq sistsmasi. Mulohazalar algebrasining qo’llanishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, blits-so‘rov, “baliq skeleti”, guruhlarda ishlash metodi.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q6.

Mulohazalar hisobi
Aksiomatik usul haqida tushuncha. Mulohazalar hisobini tuzish. Aksiomalar. Keltirib chiqarish qoidalari. Gipotezalardan keltirib chiqarish. Deduksiya teoremasi. Mulohazalar hisobi uchun hosilaviy keltirib chiqarish qoidalari. Teng kuchli almashtirishlar. Mulohazalar hisobining teng kuchli formulalarini isbotlash. Normal formaga keltirish haqidagi teorema. Mulohazalar hisobining xossalari. Zidsizlik va to’liqlik.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, “Veer” metodi, kichik guruhlarda ishlash, “Blits-so‘rov” metodlari.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q6.
Predikatlar
Predikatlar algebrasi. Predikatlar algebrasining tili. Teng kuchli formulalar. Keltirilgan forma. Predikatlar algebrasining umumqiymatli va bajariluvchi formulalari. Matematik nazariyalar. Predikatlar hisobi. Aksiomalardan keltirib chiqarish qoidalari. Predikatlar hisobi uchun hosilaviy keltirib chiqarish qoidalari. Predikatlar hisobining zidsizlign va to’liqligi. Formal arifmetika. Formal arifmetikani qurish sxemasi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, “Veer” metodi, kichik guruhlarda ishlash, “Blits-so‘rov” metodlari.



Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q6.

Diskret matematika elemenlari

Rekurrent munosabatlar. Rekurrent munosabatlarni yechish usullari. Butun sonli funksiyalar. Nyuton binomi. Binomial koeffitsientlar. Polinomial formula. Asimptotik metodlarga kirish. Rekurrent munosabatlarning asimptotik yechimlari. Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari. Bog’langan graflar. Daraxtlar. Matematik mantiq va dikret matematikaning texnikaga va pedagogikaga tatbiqlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, “Veer” metodi, kichik guruhlarda ishlash, “Blits-so‘rov” metodlari.

Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q6.

Matematik mantiq va diskret matematika fani ma’ruza mashg’ulotlari

2-kurs (3-semestr 8 soat).



Ma`ruza mavzulari (Informatika o’qitish metodikasi)

Soat

I modul. Mulohazalar algebrasi

1.1

Formulalar. Asosiy teng kuchli formulalar. Mulohazalar algebrasining funktsiyalari. Normal formalar. Ikkilik printsipi. Aksiomatik usul. Mulohazalar hisobini qurish. Teng kuchli almashtirishlar. Mulohazalar hisobining xossalari.

2

1.2

Predikatlar. Kvantorlar. Predikatlar algebrasining tili. Predikatlar hisobi. Formal arifmetika.

2

II modul. Diskret matematika elemenlari

2.1

Rekurrent munosabatlar. Rekurrent munosabatlarni yechish usullari. Nyuton binomi. Binomial koeffitsientlar. Polinomial formula.

2

2.2

Asimptotik metodlarga kirish. Rekurrent munosabatlarning asimptotik yechimlari. Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari. Daraxtlar.

2

Jami

8

Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari

Mulohazalar algebrasi. Mulohazalar ustida mantiq amallari. Formula turini aniqlash. Formulaning rostlik qiymati. Formulalarning teng kuchliligini isbotlash. Ikki qiymatli funksiyalarni mulohazalar algebrasining formulalari orqali ifodalash. Normal forma, mukammal diz’yunktiv normal forma (MDNF) va mukammal kon’yunktiv normal forma (MKNF)ni hosil qilish. Ikkilik prinsipi va ikkilik qonuni yordamida qo’shma formulalarni hosil qilish. Funksiyalarning to’liq sistemasi.

Mulohazalar hisobi. Aksiomalar va keltirnb chiqarish qoidalari yordamida formulalarning keltirib chiqariluvchiligini isbotlash. Gipotezalardan keltirib chiqarish. Deduksiya teoremasini qo’llash. Formulalarda teng kuchli almashtirishlar bajarish. Teng kuchli formulalarni isbotlash. Formulani normal formaga keltirish.

Predikatlar. Predikatning rostlik sohasi. Matematik tasdiqlarni predikatlar algebrasining tilida ifodalash. Predikatli formulalarning teng kuchliligini isbotlash. Keltirilgan formani hosil qilish. Predikatlar algebrasining formulasini umumqiymatli, bajariluvchiligini aniqlash.

Aksiomalardan keltirib chiqarish qoidalari. Predikatlar hisobi uchun hosilaviy keltirib chiqarish qoidalari. Ba’zi tavtologiyalarning isboti.



Diskret matematika elemenlari. Rekurrent munosabatlarni yechish usullari. Nyuton binomi. Binomial koeffitsientlar. Rekurrent munosabatlarning asimptotik yechimlari. Bog’langan graflar. Daraxtlar. Matematik mantiq va dikret matematikaning texnikaga va pedagogikaga tatbiqlari.

Matematik mantiq va diskret matematika fani amaliy mashgulotlari

2-kurs (3-semestr 8 soat).



Amaliy mashg`ulot mavzulari (Informatika o’qitish metodikasi)

Soat




I modul. Mulohazalar algebrasi




1.1

Formulalar. Asosiy teng kuchli formulalar. Mulohazalar algebrasining funktsiyalari. Normal formalar. Ikkilik printsipi. Aksiomatik usul. Mulohazalar hisobini qurish. Teng kuchli almashtirishlar. Mulohazalar hisobining xossalari.

2




1.2

Predikatlar. Kvantorlar. Predikatlar algebrasining tili. Predikatlar hisobi. Formal arifmetika.

2




II modul. Diskret matematika elemenlari




2.1

Rekurrent munosabatlar. Rekurrent munosabatlarni yechish usullari. Nyuton binomi. Binomial koeffitsientlar. Polinomial formula.

2




2.2

Asimptotik metodlarga kirish. Rekurrent munosabatlarning asimptotik yechimlari. Graflar nazariyasining asosiy tushunchalari. Daraxtlar.

2




Jami

8

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mazkur fan bo’yicha talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish uchun mustaqil ishning quyidagi shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi:



  1. Ma’ruzalar matni bo’yicha nazariy bilimlarni o’zlashtirish.

Odatda professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar matni mavzuning bir nechta adabiyotlar va o’z tajribasidan foydalangan holda qisqa, lo’nda, tartibli, sxemali bayonidan iborat bo’ladi. Bundan tashqari bundam tarqatma material talabalar mustaqil o’zlashtirishlari uchun berilgan nazariy materialni o’rganish tartibini belgilab beradi.

  1. O’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash.

Talabalar ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar davomida olgan bilimlarini o’zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko’rishlari uchun tayyorlangan elektron ma’ruzalar matni, yechish jarayoni keltirilgan misol va masalalar namunalari, o’z-o’zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b.

  1. Fan bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash.

Mustaqil o’rganish uchun berilgan mavzular bo’yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha o’quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi.

  1. INTERNET tarmog’idan foydalanish. Fan mavzulari, boblarini mustaqil o’qib, o’zlashtirish jarayonida INTERNET manbalarini toppish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo’shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiriladi.

  2. Nazariy materialni mustaqil o’zlashtirish. Ma’ruza mashg’ulotlarida nazariy materialning ayrim masalalari talabalar uchun mustaqil o’zlashtirishga beriladi. Bunday mavzular talabalar bilimlar darajasini e’tiborga olib, o’quv adabiyotlarda to’liq yoritilgan savollardan tanlanadi. Talaba nazariy material bo’yicha konspekt tayyorlaydi, misol mashqlar yechadi. Bunday ishlar joriy nazorat sifatida baholanadi.

Talabalar mustaqil ta`limining mazmuni va hajmi (Informatika o’qitish metodikasi)



Mustaqil ta`lim mavzulari

Berilgan topshiriqlar

Bajarish muddati

Hajmi (soatda)

III semestr

1

Mulohazalar algebrasi

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

1-4 haftalar

20

2

Mulohazalar hisobi

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

5-8 haftalar

20

3

Predikatlar

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

9-12 haftalar

20

4

Diskret matematika elemenlari

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

13-18 haftalar

20

Jami

80

Hammasi

80

Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

Mazkur dastur mazmunini to’liq yorituvchi darslik, o’quv qo’llanmalar: misol va mashqlar to’plami: ma’ruzalar matni; amaliy topshiriqlarning ishlanish namunasi keltirilgan mustaqil ishlar to’plami; test topshiriqlari to’plami: axborot yoki pedagogik texnologiyalar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish uchun ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar loyihalari; tarqatma materiallardan OTMning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bularning elektron variantlaridan foydalaniladi.

Matematik mantiq va diskret matematika” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni

Fan dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

Mazkur dastur mazmunini to’liq yorituvchi darslik, o’quv qo’llanmalar; misol va mashqlar to’plami; ma’ruzalar matni; amaliy topshiriqlarning ishlanish namunasi keltirilgan mustaqil ishlar to’plami; test topshiriqlari to’plami; mavzusi, namunaviy reja va tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan kurs ishlari to’plami; axborot yoki pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish uchun ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar loyihalari; tarqatma materiallardan foydalaniladi. OTMning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bularning elektron variantlaridan foydalaniladi.

Mustaqil ta’lim mavzusi talabalar mustaqil o‘rganadigan mavzular hamda auditoriyada o‘tilgan leksiya va amaliy mashg‘ulot mavzularini mustaqil o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Mustaqil ish talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlanishiga, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

- avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida o‘rganish;

- talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

- masofaviy (distansion) ta’lim.

Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil etiladi.



Fan bo’yicha kurs ishi birinchi kursda rejalashtirilmagan.

Matematik mantiq va diskret matematika” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni



Baholash me’zonlari

5 - “a’lo”

  • teoremalarni isbotlash, tatbiq qilish, misol va masalalarni yechish usullarini taqqoslaydi, umumiylikni va xususiylikni ajrata oladi, yakuniy hulosa chiqaradi, qaror qabul qiladi.

  • ijodiy yondoshgan holda ta’rif va teoremalarni boshqacha ko‘rinishda bayon qiladi, yechilgan misol va masalalarni umumlashtiradi, tushunchalarning yangi hossalarini isbotlaydi va tatbiqlarini keltiradi, yangi misol va masalalar tuzadi;

  • yechilgan misol va masalalarni tahlil qiladi, teorema shartlarining zaruriy, yetarli yoki zaryriy va yetarli bo‘lishini tekshiradi, kontrmisollar keltiradi;

  • asosiy tuchuncha va teoremalarga doir misollar yechishni uddalaydi, tushuncha va teoremalarni misol va masalalar yechishda qollay oladi;

  • tushuncha va teoremalarni misollar yordamida izohlay oladi, ularning mohiyatini tushunadi;

  • tushunchalarga berilgan ta’riflarni, xossa va teoremalarni to’g’ri bayon qiladi;

  • fanga oid asosiy tushunchalar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega;

4 - “yaxshi”

  • yechilgan misol va masalalarni tahlil qiladi, teorema shartlarining zaruriy, yetarli yoki zaryriy va yetarli bo‘lishini tekshiradi, kontrmisollar keltiradi;

  • asosiy tuchuncha va teoremalarga doir misollar yechishni uddalaydi, tushuncha va teoremalarni misol va masalalar yechishda qollay oladi;

  • tushuncha va teoremalarni misollar yordamida izohlay oladi, ularning mohiyatini tushunadi;

  • tushunchalarga berilgan ta’riflarni, xossa va teoremalarni to’g’ri bayon qiladi;

  • fanga oid asosiy tushunchalar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega;

3 - “qoniqarli”

  • asosiy tuchuncha va teoremalarga doir misollar yechishni uddalaydi, tushuncha va teoremalarni misol va masalalar yechishda qollay oladi;

  • tushuncha va teoremalarni misollar yordamida izohlay oladi, ularning mohiyatini tushunadi;

  • tushunchalarga berilgan ta’riflarni, xossa va teoremalarni to’g’ri bayon qiladi;

  • fanga oid asosiy tushunchalar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega;

2 - “qoniqarsiz”

  • dasturda belgilangan bilimlarni o’zlashtirmagan;

  • asosiy teoremalar va metodlarning mohiyatini bilmaydi;

  • tuchunchalar va ularning xossalari haqida aniq tasavvurga ega emas;

  • mustaqil fikrlay olmaydi, misol va masalalarni yechishda qo‘pol xatolarga yo‘l qoyadi.

Baholash usullari

Testlar, yozma ishlar, og’zaki so’rov, individual vazifalarni himoya qilish




Reyting baholash turlari

O’tkazish vaqti

Oraliq nazorat




Birinchi oraliq nazorat, tabaqalashtirilgan individual vazifalar himoyasi

10/32-hafta

Ikkinchi oraliq nazorat tabaqalashtirilgan individual vazifalar himoyasi

17/41-hafta

Yakuniy nazorat




Yozma ish/test

19/43-hafta

Yakuniy baho

Baholash turlari bo’yicha olingan ijobiy ballarning o’rtacha o’rtacha arifmetik miqdori butun sonlarda yaxlitlanadi



Matematik mantiq va diskret matematika” fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.



Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:

oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. YAkuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” yoki kafedra qaroriga asosan “test” shaklida o‘tkaziladi.

ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy darsliklar va o`quv qo`llanmalar

  1. Yunusov A.S. Matematik mantiq va algoritmlar nazariyasi elementleri. T., “Yangi asr avlodi”. 2006.

  2. Тўраев Х. Математик мантиқ ва дискрет математика. Т. Ўқитувчи. 2003.

  3. Лихтарников Л.М., Сукачева Т.Г. Математическая логика. Санкт-Петербург. 1999 г.

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Yunusova D., Yunusov A. Algebra va sonlar nazariyasi. Modul texnologiyasi asosida tuzilgan musol va mashqlar to`plami. O`quv qo`llanma. T., “Ilm Ziyo”. 2009.

  2. Yunusova D., Yunusov A. Algebra va sonlar nazariyasi. Modul texnologiyasi asosida tuzilgan musol va mashqlar to`plami. O`quv qo`llanma. T., “Iqtisod-moliya”. 2008.

  3. Yunusova D., Yunusov A. Modul texnologiyasi asosida tayyorlangan mustaqil ishlar to`plami. TDPU. 1-qism. 2005y.

  4. Курант Р., Роббинс Г. - Что такое математика. pdf (5894,6 Kb)
    http://ihtik.lib.ru/.

  5. Асанов М.О., Баранский В.А. - Дискретная математика. Графы матроиды, алгоритмы. 2001.pdf (2914,6 Kb). http://ihtik.lib.ru/.

  6. Популярные лекции по математике - 54. В.А.Успенский. Машина Поста.djvu (1901,7 Kb). http://ihtik.lib.ru/.

Elektron ta’lim resurslari

  1. http://www.allmath.ru/

  2. http://www.pedagog.uz/

  3. http://www.ziyonet.uz/

  4. http://window.edu.ru/window/

  5. http://ilib.mccme.ru/#begin

  6. http://kvant.mirror1.mccme.ru/

  7. http://mschool.kubsu.ru/cdo/shabitur/kniga/tit.htm

Download 52.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling