O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 383.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.11.2021
Hajmi383.17 Kb.
#174061
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi



 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

 

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI YO’NALISHI 

105-GURUH TALABASI 

 

Abduvaliyev Jasurbekning 

 

Informatika va axborot texnologiyalari kursidan 

KURS ISHI 

 

Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi 

 

 

Qabul qildi: 

 

 

 

Sh.Jo’rayev 

 

 

Namangan-2015


Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi 

 

Reja: 

I. Kirish. 

II. Asosiy qism: 

        1. Hisoblash texnikasi g’oyalari  

2. Hisoblash texnikasi tarixi 

3. EHM avlodlari 

4. Super kompyuterlar 



III. Xulosa. 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

 



Qadim  zamonlardan  beri  insonlar  o`z  mehnatini  yengillashtirishga, 

avtomatlashtirishga 

yoki 

mexanizasiyalashtirishga 



harakat 

qilishgan. 

Bu 

harakatlarning  barchasi  jismoniy  kuchlarga  yoki  mehnatga  qaratilgan  bo`lib, 



insonlar  aqliy  ish  faoliyatida  hyech  qanday  mexanizasiyadan  (texni-kadan) 

foydalanishga ehtiyoj sezmaganlar. 

          Inson  hisoblay  boshlashidagi  dastlabki  xisoblash  vositasi  bulib  odamlarning 

barmoklari  xiz-mat  kilgan.  Ammo  ular  yordamida  fakat  sanash  ishlarni  bajargan 

(sabab  barmoklar  soni  cheklan-gan).  Shuning  uchun  asta  sekin  sun’iy  xisoblash 

vositalari  vujudga  kela  boshlagan.  Ulardan  bi-rinchilari  bulib  toshlar  va 

tayokchalar  bo`lgan.  Sungra  abak  (grek,  misrlik,  rimlik,  xitoylik  suan-pan  va 

yaponlik soroban), Neper tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan.  

 

 

        



Ammo  odamzod,  o’ziga  uxshash  mexanik  mashinani  -  yordamchini  (robotni) 

yaratish  orzusi  bilan  yashab  kelgan  edi.  1623-yilda  nemis  olimi  Vilgelm  Shikard 

(1592-1636)  tomonidan  ixtiro  kilingan  mexanik  moslama  mexanik  xisoblash 

mashinalar  davrini  boshladi.  Ammo  Shikard  mashinasi  xam  aslida  birinchi 

bo’lmagan,  chunki  buyuk  italiyalik  rassom,  olim  va  matematiki  Leonardo  da 

Vinchining  nashr  etilmagan  kulyozmasida  13-ta  rakamli  sonlarni  qo’shish  va 

ayirish amallarni bajaruvchi mexanik moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish 

lozimki  Leonardo  da  Vinchi  xamda  Vilgelm  Shikard  moslamalari  xayotda 

qo’llanilmagan bo’lib qolgan. Mexanik xisoblash mashinalarni yaratilish tarixining 

dastlabki  saxifalaridan  biri  fransuz  faylasufi,  yozuvchisi,  matematiki  va  fiziki 




Bleyz  Paskal  (1623-1662)  nomi  bilan  bog`liq.  U  1642-yilda  birinchi  jamlovchi 

(qo’shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673-yilda esa boshka olim nemis Gotfrid 

Vilgelm  Leybnis  (1646-1716)  4-arifmetik  amalni  bajaruvchi  mashinani  yaratdi. 

XIX asrdan boshlab bu mashinalarga o’xshash mashinalar juda ko’p qo’llanar  edi. 

1820-yilda  Sharl  de  Kolmar  tomonidan  birinchi  kalkulyator  -  ARIFMOMETR 

yaratildi.  

 

 

 



       1885-yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va kogozga 

pechatlash uskuna-lardan iborat arifmometrni yaratdi. 

 

 

 



        

Universal  avtomatik  xisoblash  mashinani  yaratish  g’oyasi  va  loyixasi  Kembridj 

universite-tining  profesori  Charlz  Beybidjga  (1792-1871)  mansubdir.  Uning 

loyixasi  bo’yicha  bu  mashina  xotira  qismi,  xisoblash  qismi,  boshqarish  qismi  va 

chiqarish qismiga ega bo’lishi shart edi.  



          XIX  asrning  oxirida  va  XX  asrning  o’rtalarida  fan  va  texnikaning  barcha 

soxalarida  juda  ko`plab  kashfiyotlar  va  ixtirolar  kilindi.  Bu  ko’p  mexnat  talab 

qiladigan mashinalarni yaratishga zarurat paydo kildi. Beybidjning loyixasi asosida 

ko’p  olimlar  mashinalar  yaratishga  xarakat  qilgan.  1988-yilda  amerikalik  injener 

German 

Xollerit 

birinchi 

elektromexanik 

hisoblash 

mashinani 

TABULYATORNI  yaratdi.  Ushbu  mashina  rele  asosida  ishlagan  bulib 



perfokartalarda  yozilgan  ma’lumotlar  bilan  ishlay  olar  edi.  43-ta  Xollerit 

tabulyatorlari  1890-yilda  bo’lib  utgan  11-chi  Amerika  axolini  ro’yxatdan 

o’tkazishda ishlatilgan.  

 

 



 

 Ilm-fanning  va  jamiyatning  rivojlanishi  natijasida  katta  hajmdagi 

axborotlarni  qayta  ishlashga  yoki  murakkab  ko`rinishdagi  arifmetik  amallarni 

bajarishga  zarurat  tug`ildi,  ya`ni  murakkab  hisoblash  jarayonlarini  bajarish  uchun 

maxsus  texnik  vositalar  yaratishga  ehtiyoj  sezildi.  Tarixda  birinchi  hisoblash 

texnikasining  yaratilishi  fransuz  filosofi,  yozuvchisi,  matematigi  va  fizigi  Blez 

Paskal  nomi  bilan  bog`langan.  U  1641-yilda  qo`shish  va  ayirish  amallarini 

bajaradigan  mexaniq  hisoblagichni  yaratdi.  1673-yilda  mashhur  nemis  olimi 

Gorfrid  Leybnis  to`rt  arifmetik  amalni  bajaradigan  hisoblash  mashinasini  qurdi. 

G.Leybnis  yaratgan  mashinaning  asosiy  mexanizmlari  XX  asrning  o`rtalarigacha 

ham  ba`zi  bir  mashinalarda  qo`llanilib  kelindi.  Leybnis  yaratgan  mashina  turiga, 

ko`paytirish  amalni  ko`p  martalab  qo`shish,  bo`lish  amalini  ko`p  martalab  ayirish 

kabi  bajaradigan  barcha  mashinalarni,  shu  jumladan  birinchi  EHM  larini  kiritish 

mumkin.  Bu  mashinalarning  eng  asosiy  xususiyati  insonlarga  nisbatan 




hisoblashlarni  juda  yuqori  aniqlikda  va  tezlikda  amalga  oshirishdan  iborat  edi.  Bu 

mashinalarning 

yaratilishi 

insonlarning 

intellektual 

faoliyatini  

mexanizasiyalashtirish mumkin-ligini namoyish qildi. 

Hisoblash  mashinalarini  yaratish  va  ularni  mukammaltirish  fan-texnikaning 

asosiy  muammolaridan  biriga  aylandi.  Birinchi  hisoblash  mashinalarining  paydo 

bo`lishi  va  ularga  bo`lgan  talabning  oshishi,  ularni  yaratilish  texnologiyasini 

mukammaltirish  ishlarini  tezlatib  yubordi.  1821-yil  Tomas  degan  konstruktor 

hisoblash  vositalarini  ko`plab  ishlab  chiqarishni  yo`lga  qo`ydi  va  bu  asboblar 

arifmometrlar  deb  atala  boshlandi.  Arifmometrlar  boshqa  mashinalarga  nisbatan 

yuqori  hisoblash  tezligiga  ega  bo`lib,  ikkita  sakkiz  raqamli  sonlarni  18  sekundda 

ko`paytirish imkoniga ega bo`lgan. XX asrda ko`plab hisoblash vositalari yaratildi, 

ularning  ishonchliligi,  hisoblash  aniqligi  va  tezligi,  ular  bilan  muloqot  qilish 

imkoniyatlari  oshirildi.  Hisoblash  mashi-nalarini    mukammallashtirishda  va 

yaratishda  rus  olimlarining  ham  xizmatlari  beqiyosdir.  XVIII  asr  oxirlarida 

Ye.Yakobsonning  mashinasi  tayyorlandi,  1828  yilda  Slobodskiy  F.M.  hisoblash  

vositasini  yaratdi,  1846  yilda  Kummer,  P.L.Chebыshev  mashinalari  yaratildi. 

Peterburglik  injener  V.Odner  tomonidan  yaratilgan  tishli  arifmometr  hisoblash 

texnikasining  rivojlanishida  muhim  ro’l  o`ynadi.  1873-yildan  boshlab  ishlab 

chiqarila boshlangan bunday asboblar, shunchalik mukammal tuzilishga ega bo`lib, 

ko`p yillar davomida o`zgarishsiz qo`llanib kelindi. 

Bunday 

hisoblash 

mashinalari 

insonlarning 

hisoblash 

ishlarini 

yengillashtirishi  bilan  birga,  ularsiz  mashina  hisoblash  ishlarini  bajara  olmas  ham 

edi. 


XIX  asrning  boshlarida  ingliz  matematigi  Charlz  Bebbdj    prinsipial  yangi 

turdagi  hisoblash  mashinasining  asosini  yaratdi  va  uning  asosiy  holatlari 

(xususiyatlari)ni bayon qilib berdi: 

1.  Mashina  raqamli  axborotlarni  saqlash  uchun  «ombor»ga  ega  bo`lishi 

kerak (hozirgi kompyuterlarda bu xotira qurilmasi). 



2.  Mashinada  «ombor»dan  olingan sonlar ustida amallar bajaruvchi qurilma 

mavjud  bo`lishi  kerak  (Zamonaviy  kompyuterlarda  bu  arifmetik  qurilma 

hisoblanadi). 

3.  Mashinada  amallarning  bajarilishi  ketma-ketligini  boshqaruvchi  qurilma, 

ya`ni boshqarish qurilmasi bo`lishi kerak. 

Mashinada  boshlang`ich  ma`lumotlarni  kiritish  va  hosil  bo`lgan  natijalarni 

chiqaruvchi qurilmalari, ya`ni kiritish – chiqarish qurilmalari mavjud  

Bundan  150  yil  ilgari  surilgan  bu  g`oyalarni  XIX  asrda  ro`yobga  chiqarib 

bo`lmagan  bo`lsada,  lekin  zamonaviy  kompyuterlarda  bularning  barchasi  o`z 

aksini  topgan.  Bebbedj  mexaniq  arifmometrlar  asosida  shunday  turdagi 

mashinalarni  yaratishga  harakat  qilgan.  Lekin  mexanizmlarning  yo`qligi  va  juda 

qimmatligi tufayli bu ishni oxiriga yetkaza olmadi. 

XX  asrning  40-50  yillarida  elektronika,  avtomatika  va  matematik  mantiq 

sohasida  juda  katta  yutuqlarga  erishildi,  ya`ni  birinchi  elektron  hisoblash 

mashinalari yaratildi. 

1944-yilda  amerikalik  fizik  G.Ayken  loyihasi  asosida  avtomatik  hisoblash 

mashinasi  Mark-1  ni  yaratish  bo`yicha  ishlar  tugallandi.  Bu  mashinada  asosan 

elektron mexanizmlardan foydalanilgan. Katta hajmga va og`irlikka ega bo`lgan bu 

mashina  bor  yo`g`i  10  ta  arifmometr  kuchiga  ega    edi.  Ishlash  tezligining  va 

imkoniyat  darajasining  pastligi  tufayli  bu  mashinadan  amaliyotda  foydalanish 

mumkin bo`lmadi. 

Releli  mashinalarning  ishlash  tezligining  pastligi  tufayli  ular  hisoblash 

ishlashlarini  avtomatlashtirish  ishida  unchalik  muhim  o`rinni  egallamadi.  Lekin 

faqatgina  elektronika  hisoblash  texnikasiga,  oldingi  yaratilgan  elementlarga 

nisbatan juda yuqori tezlikda sifatli ishlash imkoniyatini yaratdi. Elektron sxemalar 

asosida  yaratilgan  hisoblash  mashinalari,  hisoblash  texnikasini  yaratishda  yangi 

yo`nalishlarni  ochib  berdi.  Bu  mashinalar  elektron  hisoblash  mashinalari  (EHM) 

deb atala boshlandi. 

1930-yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta 

elektromexanik  analogi  -  DIFFERENSIAL  ANALIZATORI  yaratilgan.  Ushbu 




mashinada  ma’lumotlarni  saklash  uchun  elektron lampalar kullanilgan. 1941 yilda 

nemis  injeneri  Z3  nomli  birinchi  bulib  dasturlarda  ishlovchi  xisoblash  mashinani 

yaratdi.  1943-yilda  Buyuk  Britaniya  maxfiy  laboratoriyalarida  Alan  Tyuring 

boshchiligida  elektron  lampalarda  ishlovchi  Koloss  nomli  birinchi  EXM  (elektro 

xisoblash  mashinasi)  yaratildi.  1944-yilda  AKShning  xarbiylari  uchun  amerikali 

injener  Govard  Eyken  elektromexanik  rele  asosida  ogirligi  35  tonnali  EXM 

yaratdi.  Bu  mashinani  nomi  MARK-1  edi.  Lekin  uning  tezligi  shu  zamon 

talablariga  javob  bermas  edi.  1946-yilda  amerikali  olimlar  Djon  Mochli  va 

Prespera  Ekerta  birichi  universal  tulik  elektron  xisoblash  mashinani  yaratdilar. 

Ushbu mashina elektron lampalar asosida ishlar edi va uning nomi ENIAC edi. U 

MARK-1  dan  ming  marta  tezkorrok  edi,  lekin  uning  xam  kamchiliklari  bor  edi: 

ogirligi - 30 tonna; uzunligi 170 kvadrat metr xonani egallar edi; tarkibida 18 000 

elektrolampalar  bor  edi;  ishlash  jarayoni  juda  murakkab  va  bu  mashina  juda  tez 

ishlamas  edi  (sekundiga  300  kupaytirish  yoki  5000  kushish  amallari  bajarishi 

mumkin  edi).  Shu  kamchiliklarni  bartarab  qilish  uchun  olimlar  juda  ko`p  mexnat 

qilar edi. Birinchi EXM lar avlodi lampali deb nomlanadi. 

 

Elektron  hisoblash  texnikasining  rivojlanishida  amerikalik  mashhur 



matematik Jon fon Neymanning xizmatlari juda katta  bo`ldi. Neyman tomonidan 

bildirilgan,  sonlarni  ifodalashda  ikkilik  sanoq  sistemasidan  foydalanish  va 

foydalanilayotgan  axborotlarni  saqlash  kabi  g`oyalar  hozirgi  zamon  hisoblash 

mashinalarida  o`zining  amaliy  aksini  topgan.  1949-yilda  Angliyada  Jon  fon 

Neyman  prinsiplari  asosida  elektron  hisoblash  mashinasi–EDSAK  yaratildi  va 

amaliyotda qo`llanildi.  

Birinchi  sovet  EHMi  1950-yilda  akademik  S.A.Lebedev  rahbarligida 

yaratildi. U MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi) deb ataldi. Bir yildan 

keyin  S.A.Lebedev  rahbarligida  BESM  (katta  elektron  hisoblash  mashinasi) 

yaratildi. 

          1973-yildan  boshlab  EXM  tarixining  yangi  saxifasi,  personal  kompyuterlar 

saxifasi  boshlandi.  Shu  yilda  fransiyadagi  Truong  Trong  Ti  firma  tomonidan 




birinchi  personal  kompyuter  yaratildi.  Shu  bilan  birga  1973-yilda  dunyoga  tanikli 

XEROX  firma  tomonidan  Alto  nomli  shaxsiy  kompyuter  yaratilgan.  Ushbu 

kompyuterda birinchi bulib fayllar va dasturlarni oynalar kurinishda ochish prinsipi 

kullanilgan.  

          1977-yilda  Apple  Computer  firma  tomonidan  Apple-II  nomli  shaxsiy 

kompyuterlar  ommaviy  ravishda  chikarila  boshlagan.  Ushbu  kompyuterlar 

plastmass korpus, klaviatura va displeyga ega bo`lgan. 

       1980-yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chikara 

boshladi. Ushbu kompter ogirligi 11 kg, juda kichkina xajmga ega bo`lgan va narxi 

atigi 1795 dollar bo`lgan. 

       1981-yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan 

personal  kompyuterlar  seriyalab  chikara  boshlandi  va  butun  dunyoga  sotila 

boshlandi. Shundan beri kompyuter x ayotimizda  mustaxkam  joylashib,  axborotni 

qayta  ishlashning  eng  zamonaviy  vositasiga  aylandi  va  butun  dunyoga  tanikli 

buldi.  Shuning  uchun  personal  kompyuterlar  standarti  shu  kompyuter  nomi  bilan 

nomlanadi - IBM PC (personal computer).  

 Kompyuter  -  inglizcha  so`z  bo`lib,  u  “hisoblovchi  inson”  demakdir.  Garchand  u 

hozirda  faqat  hisoblovchi  bo`lmasdan,  matnlar,  tovush,  video  va  boshqa 

ma'lumotlar  ustida  ham  amallar  bajaradi.  Shunga  qaramasdan  hozirda  uning  eski 

nomi  –  kompyuter  saqlangan.  Uning  asosiy  vazifasi  turli  ma'lumotlarni  qayta 

ishlashdan  iborat.  Avallo  shuni  aytish  lozimki,  ko`pchilikning  tushunchasida 

go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga 

albatta  sabablar  ko`p.  Shulardan  biri  hozirgi  zamon  shaxsiy  kompyuterlari  ilgari 

universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha 

oshib  ketganligida  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan  ko`p  masalalarni  yechish  uchun  bu 

kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini 

ko`p  uchrasada,  shu  bilan  birga  EHM  (elektron  hisoblash  mashinalari),  HM 

(hisoblash  mashinalari)  terminlari  ham  hayotda  ko`p  ishlatib  turiladi.  Ammo  biz 

soddalik  uchun  faqat  kompyuter  terminidan  foydalanamiz.  Kompyuterlarning 

amalda  turli  xillari  mavjud:  raqamli,  analogli  (uzluksiz),  raqamli  -  analogli, 




maxsuslashtirilgan.  Ammo,  raqamli  kompyuterlar  foydalanilishi,  bajaradigan 

amallarning  universalligi,    hisoblash  amallarining  aniqligi  va  boshqa 

ko`rsatkichlari  yuqori  bo`lgani  uchun,  ular  ko`proq  foydalanilmoqda.  Amalda  esa 

hozir 


rivojlangan 

mamlakatlarda 

kompyuterlarning 

besh 


guruhi 

keng 


qo`llanilmoqda. 

       Kompyuterlarni  xotirasining  hajmi,  bir  sekundda  bajaradigan  amallar  tezligi, 

ma'lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga 

bo`lish mumkin: 

- super kompyuterlar (Super Computer); 

- blok kompyuterlar (Manframe Computer); 

- mini kompyuterlar (Minicomputer); 

- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer); 

- bloknot(noutbook) kompyuterlar. 


Download 383.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling