O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi


Download 359.98 Kb.
bet1/2
Sana27.12.2022
Hajmi359.98 Kb.
#1069091
  1   2
Bog'liq
vismutning analitik kimyosi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO YO’NALISHI
2.2.kim.18-GURUX TALABASI
YAXYOYEV RAMAZON
ANALITIK KIMYO FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Vismutning analitik kimyosi

Mavzu: Vismutning analitik kimyosi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1 Mishyak,surma va vismut. Vismut elementi
2.2 Analitik kimyo haqida
2.3 Vismutning analitik kimyosi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

I.Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Kimyo sohasi – zamonaviy sanoatning «katalizatori» bo‘lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo‘lmaydi.O‘zbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz uglevodorodlarga boy bo‘lsa-da, kimyo sanoatimiz asosan qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘it ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Qurilish materiallari, farmatsevtika, tekstil, mashinasozlik kabi tarmoqlar uchun zarur bo‘lgan murakkab polimerlar, katalizatorlar, reagentlar va sintetik tolalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan.Buning oqibatida har yili 1,5 milliard dollarlik kimyo mahsulotlari import qilinmoqda. Ishlab chiqarilayotgan fosfor va kaliyli mineral o‘g‘itlar ham mavjud talabning faqat uchdan birini qoplaydi, xolos.Murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatlari 60-70 foizga eskirgani energiya resurslarining ortiqcha sarflanishi, kimyo mahsulotlari tannarxining asossiz oshishiga olib kelmoqda.O‘tgan yildan boshlab, mineral o‘g‘itga talabni qondirish uchun 3,1 milliard dollarlik 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshirila boshlandi. Bundan tashqari, kimyo sanoati mahsulotlarini diversifikatsiya qilish maqsadida 2025-yilgacha 4,2 milliard dollarlik yana 17 ta loyiha hayotga tatbiq etiladi.Shuning uchun, kimyo tarmog‘iga xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, mahsulot hajmi va turini ko‘paytirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish.«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining muhim va ustuvor vazifasi bo‘lishi zarur.Bugungi kunda mamlakatimizda azotli o‘g‘itlarga talab 73 foiz, fosforli o‘g‘itlarga — 20 foiz ta’minlanmoqda. Azotli o‘g‘it ishlab chiqarish quvvatlarining o‘rtacha eskirish darajasi 64 foizni, fosforli o‘g‘it bo‘yicha — 77 foizni tashkil qiladi.Sohadagi vaziyatni yaxshilash maqsadida kelasi 5 yilda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo‘lgan 9 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida mineral o‘g‘it va sulfat kislotasi ishlab chiqarish hajmi 2 barobar ko‘payadi. Azotli va kaliyli o‘g‘itlarga talab to‘la qoplanadi, fosforli o‘g‘itlarga talabni qondirish darajasi bir necha barobar oshiriladi.Ayni paytda tabiiy gazning bor-yo‘g‘i 14 foizi, jumladan, kimyo tarmog‘ida 5 foizi chuqur qayta ishlanmoqda. Kremniy, kaolin va gips xomashyosidan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish e’tibordan chetda qolmoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan noo‘g‘it mahsulotlar, asosan polietilen, polipropilen, polistirolga xorijiy davlatlarda 100 milliard dollardan ortiq hajmda ehtiyoj mavjud. Bu esa biz uchun yaxshi imkoniyat.Shu sababli, kimyo sanoatida mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish uchun organik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha 15 ta va noorganik moddalar bo‘yicha 8 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.Prezidentimiz mutasaddi rahbarlarga ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tizimning moliyaviy barqarorligini ta’minlash lozim. Shu bois yig‘ilishda «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yaxshilash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, sohaga innovatsiyalar umuman joriy qilinmagani, ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Shuning uchun Koreya kimyo-texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (KRICT) bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz barpo etishni tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

II.Asosiy qism
2.1 Mishyak,surma va vismut. Vismut elementi

1-rasm. Vismut

Vismut (nem. Wismut; lot. Bismuthum), Bi — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 83, atom massasi 208,98, och pushti-kumush rang metall, suyuqlanish temperaturasi 271,3°, qaynash temperaturasi 1564°, zichligi 9,8 g/sm3. Moss shkalasi boʻyicha qattiqligi 2,5. Yer poʻstlogʻidagi miqdori ogʻirlik jihatidan 2105%. Barqaror izotopining massa soni 209. Bir necha radioaktiv izotopi maʼlum: 2HBi, 2l0Bi, 212Bi, 211Bi va 2l3Bi. Eng ahamiyatlisi 210Bi neytronlar bilan nurlantirish orqali olinadi. Vismut alkimyo davrida ham maʼlum edi, uni surma, qalay va qoʻrgʻoshinning boshqa koʻrinishi deb oʻylashgan. 18-asr oʻrtalarida yarim metall xossasiga ega boʻlgan mustaqil element deb eʼtirof etildi. Vismut tabiatda har xil birikmalar holida uchraydi. Asosiy minerallari — vismutli oxra Bi2O3, vismut yaltirogʻi Bi2S3, kozalit Pb2Bi2S5, tetradimit Bi2TeS, bismutin Bi,CO,(OH)4.

Vismut nodir elementlardan hisoblanadi. U vismut rudalaridan, mis, qoʻrgʻoshin, qalay rudalarini qayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan chiqindilardan pirometallurgik va gidrometallurgik usulda ajratib olinadi. Oʻz birikmalarida -3, +1, +2, +3, +4, +5 ga teng valentliklarini namoyon qiladi. Bi+3 birikmalari koʻproq uchraydi; Bi+5 birikmalari kuchli oksidlovchi. Vismut quruq havoda barqaror, namlik taʼsirida yupqa oksid parda bilan qoplanadi. 500°dan yuqori temperaturada qizdirilsa, Vismut yonib, Bi2O3 hosil qiladi. Vismut vodorod xlorid va sulfat kislotada erimaydi, nitrat kislotada yaxshi eriydi. Kizdirilganda galogenlar, oltingugurt va b. bilan birikadi. Vismutning angidridi Bi2O5 va vodorodning birikishidan hosil boʻluvchi gidridi VSH3 (beqaror zaharli gaz) maʼlum. Vismut oson suyuqlanuvchan qotishmalar komponenti magnit maydoni kuchlanishini oʻlchovchi asbob va yadro reaktorlarida issiqlik tashuvchi sifatida qoʻllaniladi. Vismut preparatlari tibbiyotda qotiruvchi, yuqumsizlantiruvchi va qurituvchi modda sifatida (dermatol, kseroform va b.) ishlatiladi, meʼdaning yara kasalligida va ichakning yalligʻlanish kasalliklarida Vismut gidroksi nitrati ichiriladi, zaxmni davolash uchun bismoverol, biyoxinol va b. muskul orasiga yuboriladi.

2- Rasm. Vismut elementi
Tabiatda:As4S4– rvalger,As2S3 – surinigmat,
FeAsS – mishyak kolchedani .
Olinishi: FeAsS = As + FeS
2FeAs + 3O2 = Fe2O3 + As2O3
As2O3 + 3C = 2As + 3CO
4As + 3O2 = 2As2O3
2As + 5Cl2 + 8H2O = 2H3AsO4 + 10HCl
Mishyak gidridi, arsin AsH3, rangsiz a zaharli gaz.
AsCl3 + 6H = AsH3 + 3HCl
6Zn + 6H2SO4 + As2O3 = 6ZnSO4 + 2AsH3 + 3H2O
havoda AsH3 10-6gr bo’lsa odam o’ldirish dozasi.
Chex alkimyogari Marsh (1836 y.) mishyakni ochish:
200-300ºS
As2O3 + 12HCl + 6Zn = 2AsH3 + 6ZnCl2 + 3H2O
2AsH3 = 2As + 3H2
Qora massa bilan qoplanish,«mishyak oynasi» ( usulni aniqligi 10-8gr As).
AsH3 to’la yonsa: 2AsH3 + 3O2 = As2O3 + 3H2O
Qisqa yonishda esa: 4AsH3 + 3O2 = 4As + 6H2O
Arenidlar (arsenidlar) Cu3As, Ca3As2 .
Kislorodli birikmalari: As2O3, As2O5
As2O3 + 3H2O = 2As(OH)3 = 2H3AsO3 = H2O + HAsO2
As2O3 + 6HCl = 2AsCl3 + 3H2O
As2O3 + 6NaOH = 2Na3AsO3 + 3H2O
As2O3+2KOH+3H2O=2K[As(OH)4]
H3AsO3 « H2O + HAsO2« H+ + AsO2-; k = 6·10 -10
Olinishi: 3As + 5HNO3 + 2H2O = 3H3AsO4 + 5NO
3As2S3 + 28HNO3 + 4H2O = 6H3AsO4 + 9H2SO4 + 28NO
H3AsO4 « H+ + H2AsO4-
H2AsO4- « H+ + HAsO42- k = 5·10-3
HAsO42- « H+ + AsO43-
Na3AsO4, Na2HAsO4, NaH2AsO4 .
HAsO3 – metamishyak kislotasi (K=6*10-10),
H4As2O7 – piromishyak kislotasi. K3AsO4- oksidlovchi:
K3AsO4 + 2KJ + H2SO4 = K3AsO3 + J2 + K2SO4 + H2O
K3AsO3 + J2 + 2KOH = K3AsO4 + 2KJ + H2O
Sulfidlari:2As + 3S = As2S3 (qora rangli);2As + 5S = As2S5;
2AsCl3 + 3H2S = As2S3 ¯+ 6HCl;
2AsCl5 + 5H2S = 10HCl + As2S5 ¯
As2S3 + 3Na2S = 2Na3AsS3 natriy tioarsenit
As2S5 + 3Na2S = 2Na3AsS4 natriy tioarsenat
As2O3 sichqonlarni o’ldiruvchi dori. AsF5 gaz .
kompleks birikma(kaliy geksaftoroarsenat) AsF5+KF=K[AsF6]
Sb.Tabiatda uchrashi. Sb yaltirog’i, Sb2S3 – antimanit.
2Sb2S3 + 9O2 = 2Sb2O3 + 6SO2 ; Sb2O3 + 3C = 2Sb + 3CO
Sb (sariq) ; Sb(qora, d=5.3) ; Sb(kul rang, d=5.8)
2Sb + 6HCl = 2SbCl3 + 3H2
2Sb + 3H2SO4 = 2H3SbO3 + 3SO2
Sb + 3HNO3 = H3SbO3 + 3NO2
SbH3(stibin) – Sb gidrid, zaharli gaz, hidi H2S ga o’xshaydi. Beqaror.
2SbH3 = 2Sb + 3H2
Antimanidlar : AlSb, GeSb, ZnSb – yarim o’tkazgichlar elektronikada.
Sb3O3 – surmanit angidridi, amfoter :
Sb2O3 + 6HCl = 2SbCl3 + 3H2O
Sb2O3 + 3H2SO4 = Sb2(SO4)3 + 3H2O
Sb2O3 + 2NaOH = 2NaSbO2 + H2O Natriy metasurmanit
Sb2O3 + 6NaOH = 2Na3SbO3 + 3H2O natriy ortosurmanit
Surmanit kislota oq cho’kma Sb(OH)3.
SbCl3 + 3NaOH = Sb(OH)3 + 3NaCl
SbCl3 + 2H2O = Sb(OH)2Cl + 2HCl
Sb(OH)2Cl = SbOCl + H2O
SbOCl – antimanil xlorid yoki surma oksixloridi.
Sb2O5. Sariq rangli suvda yaxshi eriydi.
Sb2O5 + 3H2O = 2H3SbO4 ortosurmanat kislotasi
HSbO3m-surmanat kislota; H4Sb2O7 – pirosurmanat kislota; H3SbO4- o-surmanat kislota.
Sb2O5 ishqorlarda kaliy geksagidroksostibat :
Sb2O5 + 2KOH + 5H2O = 2K[Sb(OH)6]
3Sb2O3 + 4HNO3 + 7H2O = 6H3SbO4 + 4NO
Sb2O5+10HCl=2SbCl3+2Cl2+5H2O
SbF5-suyq. U oson stibatlar: KF+SbF5= K[SbF6] .
Vismut
Metal qizg’ish –pushti rangli (s. h. 271 oS) .
Tabiatda: Vismutli oxra – Bi2O3. Vismut yaltirog’i -Bi2S3.
2Bi2S3+9O2=2Bi2O3+6SO2 Bi2O3+3C=2Bi+3CO
4Bi +3 O2 = 2Bi2O3
Bi2O3 + 6HNO3 = 2Bi(NO3)3 + 3H2O
Bi(NO3)3 + 2H2O = Bi(OH)2NO3 + 2HNO3
Bi(OH)2NO3 = BiONO3 + H2O
Bi + 4HNO3 = Bi(NO3)3 + NO + 2H2O
2Bi + 6H2SO4 = Bi2(SO4)3 + 3SO2 + 6H2O
Vismutin (BiH3) beqaror, darhol parchalanadi.
Mg3Bi2+6HCl=3MgCl2+2BiH3
Bi(NO3)3 + 3NaOH = Bi(OH)3 ¯+ 3NaNO3
BiCl3 – gigroskopik , gidrolizga uchraydi:
BiCl3 + H2O = BiOCl + 2HCl
Bi2S3 – qora qo’ng’ir rangli cho’kma.
2BiCl3 + 3H2S = Bi2S3¯ + 6HCl
BiCl3+Cl2+6KOH=KBiO3+5KCl+3H2O
Bi2O5 – qizil qora rangli kukun . BiF5- qattiq modda HBiO3 – kislotaning tuzlari (NaBiO3 va KBiO3).
2MnSO4+5NaBiO3+16HNO3=
2HMnO4+5Bi(NO3)3+2Na2SO4+NaNO3+7H2O

2.2 Analitik kimyo haqida
Analitik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi turli ishlab chiqarish sohalarining paydo bo’lishi va taraqqiy etishi bilan bog’liq. Miqdoriy analiz rudalar va tayyor mahsulotlar tarkibidagi oltin, kumush va boshqa metallarning miqdorini aniqlashdan iborat bo’lgan edi; keyinroq borib, u ilmiy asosda yo’lga qo’yildi. Hozirgi zamon kimyosining tug’ilish davri (17-asr o’rtasi – 18-asr oxiri)da analitik kimyo moddalarning kimyoviy tarkibini o’rganadigan fan deb hisoblanardi. 17-asr o’rtalarida Robert Boyl suvli eritmalardagi anorganik moddalarning miqdoriy analiziga asos soldi. 19-asr boshida Jozef Gey-Lussak hajmiy analizni, o’sha asrning o’rtasida esa R. Bunzen va R. Kirxgof spektral analiz asoslarini ishlab chiqishdi. 20-asrda Analitik kimyoga fizik va fizik-kimyoviy usullar (masalan, kolorimetriya, rentgen, lyuminessensiya, elektron mikroskopiya, elektr analiz usullari va boshqalar) tobora ko’proq joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda analitik kimyo amaliy maqsadlarda keng qo’llanila boshladi.

Turlari

Tekshirish obyektiga ko’ra analitik kimyoni anorganik moddalar analizi va organik moddalar analiziga bo’lish rasm bo’lgan. Anorganik moddalarning sifat analizida eritmadagi ionlarni topish uchun, odatda, yaxshi seziladigan har xil (rang hosil bo’lishi yoki eritma rangining keskin o’zgarishi, gaz ajralib chiqishi kabi jarayonlar bilan boradigan) reaksiyalardan foydalaniladi. Organik moddalarning sifat analizida esa maxsus usullar qo’llaniladi. Oddiy modda yoki biror birikmadagi elementning miqdorini aniqlashda uning biror fizik xossasi (masalan, og’irligi, hajmi, zichligi, nur sindirish ko’rsatkichi, elektr o’tkazuvchanligi, sirt tarangligi va hokazolar) o’lchanadi. Element yoki moddalar miqdori va o’lchanadigan fizik xossalar o’rtasida analitik yoki grafik ifodalangan maʼlum funksional bog’liqlik bo’lishi kerak. Vazniy analiz va titrlash usullari modda miqdori bilan uning og’irligi yoki hajmi orasida to’g’ri proporsional bog’liqlik saqlanishiga asoslanadi. Spektral usullarda element miqdori bilan analitik spektr chiziqlarining ravshanlik darajasi o’rtasidagi proporsional bog’liqlikka maʼlum chegarada rioya qilinadi. Fotometrik analizda esa moddaning konsentratsiyasi bilan nurning yutilishi o’rtasidagi proporsional bog’liqlik eʼtiborga olinadi. Element (modda) miqdorini o’lchashdan avval, odatda, u boyitiladi va aniqlanadigan element qulay birikma holida ajratib olinadi. Ko’pchilik usullar selektiv va sezgir bo’lmaganligi uchun moddalarning miqdorini o’lchashda ularni guruhlarga bo’lib, ayrim elementlarni cho’ktirib, haydab, ekstraksiyalab ajratish katta ahamiyatga ega. Birga bo’ladigan ko’pchilik ionlarning cho’kishiga va ekstraksiyalanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularni barqaror kompleks ionlarga aylantirish mumkin. Aniqlanadigan elementni eritmadan elektroliz qilib erkin holda yoki oksid holida ajratib olsa bo’ladi. Maʼlum sharoitni tanlab, bir xil elementlarni elektrodda cho’ktirib, boshqalarini esa eritmada qoldirishga erishiladi. Ko’pchilik metallarning oz miqdorini ajratib olish uchun ichki elektroliz usuli qo’llaniladi. Eng qulay ajratish usullaridan biri xromatografiya hisoblanadi. Organik analizda elementlar miqdorini aniqlash uchun modda avval SO2, N2O, N2, NH3 va hokazolargacha parchalanadi. Keyinchalik ularning miqdori anorganik analiz usullarida aniqlanadi. Miqdoriy elementar analiz birikmaning brutto-formulasini aniqlash imkoniyatini beradi. Organik birikmalarning struktura formulasini aniqlash uchun funksional analiz o’tkaziladi. Unda har qaysi funksional guruh uchun tavsifli reaksiyalardan foydalaniladi. Tabiat va sanoat obyektlaridagi elementlarning nihoyatda oz miqdorini aniqlash zarur bo’lgani uchun analitik usullar (mikrokimyoviy, ultramikrokimyoviy va yarim-mikrokimyoviy usullar)ning sezgirligini oshirish yo’lida ishlar olib borilmoqda. O’zbekistonda A.k-.ni rivojlantirishga Sh. T. Tolipov, N. A. Parpiyev va boshqa olimlar katta hissa qo’shdilar.

2.3 Vismutning analitik kimyosi
Vismut kationining reaksiyalari
Vismut (III) ioni suvli eritmalarda rangsiz. Uning ko‘pchilik
tuzlari gidrolizga moyil boiganligidan eritmalarni tayyorlashda
tegishli kislota qo‘shiladi. Qo‘shilgan kislota gidroliz reaksiyasini
susaytiradi.
1.0 ‘yuvchi ishqorlar — NaOH, KOH Bi3+ioni bilan suyultirilgan
kislotalarda eriydigan Bi(OH)3oq cho‘kmani hosil qiladi:
Bi (N 0 3)3 + ЗКОН -> Bi(OH)3! + 3KNO?
Bi3++ 3 0H ->B i(0H )3l

Download 359.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling