O`zbеkistоn Rеspublikаsi


Download 174.81 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi174.81 Kb.
#1558038
  1   2   3
Bog'liq
Ubaydullo.U




Umirov Ubaydullo.


Asosiy fotometrik kattaliklar va ularning birliklari.
Reja.
1.Fotometriya tushunchasi.
2.Fotometriya kattaliklari.
3.Fotometriya birliklari.
Optik diapazonga to’g’ri keladigan elektr magnit to’lqinlarining energetik parametrlarini o’lchash bilan shug’ullanadigan optikaning bo’limiga fotometriya deyiladi. Soddaroq qilib aytganda, ko’zga ko’rinadigan yorug’lik ta’sirlarini o’lchash bilan shug’ullanadigan optikaning bo’limi fotometriya deyiladi. Fotometriya – yorug’lik energiyasining oqimi, yorug’lik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik, yorituvchanlik kabi fizik kattaliklar bilan ish ko’radi.
Ko’zga ko’rinadigan yorug’lik nurlari spektral tarkibigagina bog’liq bo’lmay, ko’zning yorug’lik spektriga bo’lgan sezgirligi (ko’rish funksiyasi U) ga ham bog’liq. SHu sababli ko’zning nisbiy spektral sezgirligi degan tushuncha kiritilib, bu tushuncha matematik shaklda

kabi yoziladi, bunda - ko’zning nisbiy sezgirligi, - ko’zning ma’lum to’lqin uzunligidagi nurga bo’lgan maksimal ko’rish funksiyasi. Normal ko’z uchun to’lqin uzunligida .


Yorug'lik nurlovchi har qanday jism yorug'lik manbai hisoblanadi. Lekin odamning ko’zi har qanday to’lqin uzunligidagi yorug'likni seza olmaydi. Shuning uchun ham yorug'lik nurlarini ikkiga: ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan yorug'lik va ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lmagan (infraqizil va ultrabinafsha nurlar) yorug'likka ajratilib o’rganiladi. Ko’z bilan bevosita ko’rish mumkin bo’lgan, to’lqin uzunligi 0,4.10-6 ch 0,72.10-6 metr intervalida o’zgaruvchi murakkab nurlanish oq yorug'lik deb ataladi. Bu yerda ko’z bilan bevosita ko’rish mumkin bo’lgan yorug'lik nurlari va shuningdek, ularga tegishli yorug'lik qonunlarini o’rganish haqida gap ketadi. Oq yorug'lik asosan yetti xil rangli nurdan: binafsha, ko’k, havorang, yashil, sariq, qirmizi va qizil rangdagi nurlardan tashkil topgan bo’ladi. Bu nurlarning ko’zga ta’siri turlicha bo’ladi. Optikada oq yorug’lik tarkibidagi barcha yorug’lik nurlarining ko’zga qay darajada ta’sir etishini harakterlash uchun ko’runuvchanlik funksiyasi deb ataluvchi kattalik kiritilgan. Ko’runuvchanlik funksiyasi V ( ) o’lchamsiz kattalik bo’lib, u quvvatlari WYa va W bo’lgan monoxromatik manbalardan birday masofada turgan sirtga tik tushayotgan yorug’lik oqimlarining bir xil yoritilganlik hosil qilishiga asosan aniqlanadi, yani


(1)
bu erda WYa - yashil rangdagi ( ) yorug’lik tarqatuvchi manbaning nurlanish quvvati, W - ixtiyoriy to’lqin uzunlikdagi yorug’lik tarqatuvchi manbaning nurlanish quvvati.

  1. f ormuladan ko’rinishicha, ko’rinuvchanlik funksiyasining son qiymati infraqizil va ultrabinafsha nur chegaralarida nolga intilib, u har ikkala chegara tomondan yashil nur tomon orta boradi va = Ya bo’lganda maksimum qiymatga erishadi. Ko’rinuvchanlik funksiyasining to’lqin uzunligiga bog’liqlik grafigi 1-rasmda keltirilgan.

Yorug’lik nuri elektromagnit to’lqindan iborat bo’lib, u o’zi bilan manbadan ma’lum miqdorda energiya olib ketadi va biror sirtga tushganda uning energiyasi shu energiya kattaligiga ekvivalent bo’lgan boshqa turdagi energiyaga aylanadi. Bu o’z navbatida yorug’lik nurlanishidagi elektromagnit to’lqinlar olib o’tgan energiya miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Optikanung yorug’lik energiyasi va u bilan bog’liq bo’lgan kattaliklarni aniqlash bilan shug’ullanadigan bo’limi fotometriya deb ataladi. Fotometriya yorug’lik oqimi Ф, yoritilganlik E, yorug’lik kuchi I, ravshanlik R, yorituvchanlik B va shu kabi yorug’lik manbaini hamda yoritilayotgan maydonni xarakterlovchi fizik kattaliklar asosida ish tutadi.
Yorug’lik manbalarining asosiy xarakteristikalari quyidagilar:

Download 174.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling