Stoletov tajribalari. Fotoeffekt


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana21.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1106575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Fotoeffektge tiyisli ámeliy hám tájiriybelik usınıslar
Sadullayev Azamat Diff, 6, Agressiya ha`m agressiv minez-quliq (1), Taqdimot, анализ урока, Ozbektiliningpsixolingvistiktadqiqimuammolari.., 32, t, 5692-Текст статьи-14176-1-10-20220421, ЭХТИМОЛЛИК ВА СТАТИСТИКА уз, Mustaqil ish, lekcii makroekonomuka, TELEKOMMUNIKACIYA SORAW, 5-tema, 3-Tema


Stoletov tajribalari. Fotoeffekt. 
15.1. Fotoeffekt hodisasi. Stoletov tajribasi; 
15.2. Fotoeffekt qonunlari; 
15.3. Eynshteyn formulasi. YOrug’likning kvant nazariyasi va fotoeffekt; 
15.4. Milliken tajribasi; 
15.5. Lukirskiy-Prilijayev tajribasi; 
15.7. Fotoelementlar, fotokuchaytirgichlar; 
15.8. Tashqi fotoeffektga asoslangan fotoelementlar; 
15.9. Fotoelektron kuchaytirgichlar. 
Zaryadlangan elektrometrga mahkamlangan rux plastinkani ultrabinafsha nurlar 
bilan yoritganimizda elektrometr tezda razryadlanadi (zaryadsizlanadi). Agar elektrometr 
plastinkasini musbat zaryadlasak, so’ngra ultrabinafsha nurlar bilan yoritsak elektrometr 
razryadlanmaydi.
15.1-rasm. fotoeffekt hodisasini namoyish qiluvchi tajriba. 
Bu hodisani quyidagicha tushuntirishimiz mumkin. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida 
rux plastinka sirtidan manfiy zaryadlangan zarrachalar – elektronlar uchib chiqadi. 
Fotoeffektni o’rganishda katod nurlari degan tushuncha kiritiladi. Katod nurlari 
elektronlar oqimidan iborat bo’ladi. Katod nurlari yorug’lik 
ta’sirida paydo bo’lishi yoki kuchayishi mumkin. Yorug’lik 
ta’sirida o’zidan elektronlarni nurlaydigan sirtni fotokatod 
deb ataladi.
1. 
Fotoeffekt 
hodisasi. 
Stoletov 
tajribasi: 
Yorug’likning moddaga ko’rsatadigan ta’siri natijasida 
yuzaga keladigan turli hodisalar orasida fotoeffekt, ya’ni 
yorug’lik ta’sirida moddadan elektronlar urib chiqarilishi 
muhim o’rin egallaydi. Fotoeffekt hodisasini 1887 yilda 
15.2-rasm. 


nemis fizigi G.Gers kashf etgan. U kuchlanish berilgan uchqun oralig’ining elektrodlarini 
ul’trabinafsha nurlar bilan yoritganda uchqun chiqishining osonlashishini kuzatgan. 
Keyinroq Gal’vaks Gersning tajribasida elektrodlarga yorug’lik ta’sir etishi natijasida 
zaryadlarning ozod bo’lishini va bu zaryadlar elektrodlar o’rtasidagi elektr maydoniga 
tushganda tezlashib, atrofdagi gazni ionlashtirishini va natijala uchqun chiqishiga 
sababchi bo’lishini ko’rsatib o’tdi. 
Tajribalarning Stoletov ishlatgan sxemasi 15.2-rasmda ko’rsatilgan. Vakuumda 
joylashgan ikkita (bittasi to’r ko’rinishida, ikkinchisi – yassi) elektrodlar batareyaga 
ulangan. Bu yerda ampermetr paydo bo’ladigan tok kuchini o’lchash uchun xizmat qiladi. 
Katodni turli xil to’lqin uzunlikdagi yorug’lik bilan nurlantirib, Stoletov ul’trabinafsha 
nurlar eng effektiv ta’sir ko’rsatishini aniqladi. Bundan tashqari, zanjirda tok ta’sirida 
hosil bo’ladigan tok kuchi uning oqimiga to’g’ri proporsional ekanligini aniqladi. 
Stoletov tekshirishlarining hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan asosiy natijalari 
quyidagi xulosalardan iborat: 
1) Jism yutayotgan ul’trabinafsha nurlar eng kuchli ta’sir ko’rsatadi. 
2) Fototokning kuchi jismning yoritilganligiga proporsionaldir. 
3) Yorug’lik ta’sirida manfiy zaryadlar ajralib chiqadi. 
Lenard va Tomsonlar 1898 yilda elektr va magnit maydonlarida zaryadlarning 
og’ish metodiga asoslanib, yorug’lik katoddan chiqaradigan zaryadlangan 
zarrachalarning solishtirma zaryadini aniqladi va quyidagicha natija oldilar: 
m
/
= -
5,2710
17 
SGSE birl./g, bu esa elektronning solishtirma zaryadi bilan mos tushadi. Bu 
yerdan esa yorug’lik ta’sirida katod moddasidan elektronning chiqarilishi ro’y berishini 
ko’rish mumkin. Bu hodisa fotoelektrik effekt yoki oddiygina qilib fotoeffekt deb ataladi.
Fotoeffekt ikki xil bo’ladi: 1) agar elektronlar yoritilayotgan modda tashqarisiga 
chiqsa, bunga tashqi fotoeffekt deyiladi. Fotoelektron moddadan chiqishi uchun, u 
moddaning chiqish ishidan katta bo’lgan kinetik energiyaga ega bo’lishi kerak; 2) agar 
elektronlar moddaning «o’z» atomlari va molekulalari bilan bog’lanishidan to’la ozod 
bo’lsa-yu, ammo moddadan tashqariga chiqmasa, bunday hodisani ichki fotoeffekt 
deyiladi va uni amerikalik olim U.Smit birinchi bo’lib 1873 yilda aniqlagan. Ichki 
fotoeffekt moddaning elektr o’tkazuvchanligini oshiradi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling