Stoletov tajribalari. Fotoeffekt
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Fotoeffektge tiyisli ámeliy hám tájiriybelik usınıslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil yechish uchun masalalar
Nazorat savollari 1. Fotoeffekt nima? Bu hodisani kim ochdi? Qaysi fizik olim bu hodisani sinchiklab o’rgandi? 2. Fotoeffekt qonunlarini ifodalang. 3. Fotoeffektning qizil chegarasi deganda nimani tushunasiz? 4. Fotoeffektning qaysi qonunlari klassik elektrodinamikani inkor qiladi? Bu qanday qarama-qarshilik? 5. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasini yozing. Ushbu tenglama qanday saqlanishsh qonunini ifodalaydi? 6. Eynshteyn taklif qilgan fotoeffekt nazariyasi fotoeffekt qonunlarini qanday tushuntiradi? 7. Fotonning ta'sirida metall sirtidan uchib chiqqan elektronning kinetik energiyasi bu fotonning energiyasiga teng bo'lishi mumkinmi? Javobingizni asoslang. 8. Tushayotgan yorug’likning chastotasi 2 barobar kamaydi. Bu yorug'lik ta’sirida chiqarilgan elektronlarning maksimal kinetik energiyasi ham 2 barobar kamaydi, deb aytish mumkinmi? Javobingizni asoslang. 9. Turli metallar yuzasiga bir xil chastotali yorug’lik tushadi. Shu vaqtda birinchi metalda fotoeffekt kuzatiladi, ikkinchisiga esa kuzatilmaydi. Nima uchun? 10. Fotoeffektning qo'llanilishiga doir qanday misollar keltira olasiz? Mustaqil yechish uchun masalalar: 1. Agar natriy uchun fotoeffektning qizil chegarasi 500 nm bo’lsa, elektronlarning natriydan chiqish ishini toping 1 . 2. Agar kumushning sirtiga to’lqin uzunligi 300 nm bo’lgan ultrabinafsha nurlanish yo’naltirilsa, fotoeffekt kuzatiladimi? 3. Agar fotoeffektning qizil chegarasi 307 nm va fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi 1eV bo’lsa, foton energiyasining qanday hissasi fotoelektronni urib chiqarishga sarflangan? 4. Litiy sirtiga monoxromatik yorug’lik tushadi (310 nm) Elektronlar emissiyasini to’xtatish uchun 1,7 V dan kam bo’lmagan tutuvchi potensiallar farqini qo’yish kerak. Chiqish ishi aniqlansin. 5. Platina plastinkasini ultrabinafsha yorug’lik bilan nurlantirish natijasida vujudga kelgan fotoeffektni to’xtatish uchun 3,7 V tutuvchi potensiallar farqini qo’yish kerak. Agar platina plastinka boshqa plastinka bilan almashtirilsa, unda tutuvchi potensiallar farqini 6 V gacha ko’paytirish kerak bo’ladi. Elektronlarning shu plastinka sirtidan chiqish ishi aniqlansin. 6. Rux plastinkaga to’lqin uzunligi 220 nm bo’lgan monoxromatik yorug’lik tushadi. Fotoelektronlarning maksimal tezligini toping. 7. Fotoelektronlarning maksimal tezligini 10 Mm/s ga teng bo’lganda muayyan metalning sirtiga tushayotgan ultrabinafsha nurlanishning to’lqin uzunligi aniqlansin. Elektronlarning metaldan chiqish ishi hisobga olinmasin. 8. To’lqin uzunligi 0,3 nm bo’lgan gamma nurlanish ta’sirida metaldan urib chiqarilgan fotoelektronlarning maksimal tezligini toping. 9. 1,53 MeV energiyali gamma-fotonlar bilan nurlantirilganda metaldan uchib chiqqan fotoelektronlarning maksimal tezligini toping. 10. Gamma-fotonlar bilan nurlantirilgan metaldan uchib chiqayotgan fotoelektronlarning maksimal tezligi 291 Mm/s bo’lsa, Gamma-fotonlarning energiyasini toping. 1 Чертов А.Г., Воробьев А.А. Физикадан масалалар тўплами. Тошкент.: Ўзбекистон. 1997. 420 бет. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling