Stoletov tajribalari. Fotoeffekt


Ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan fotoelementlar


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana21.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1106575
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Fotoeffektge tiyisli ámeliy hám tájiriybelik usınıslar

10.Ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan fotoelementlar: Vakuum fotoelementlari 
va FEK lar spektrning infraqizil sohasida spektrometrik o’lchashlar o’tkazishga 
yaramaydi, chunki hozirgi vaqtda ishlatiladigan fotokatodlarning qizil chegarasi 1100 nm 
dan ortmaydi. Lekin hozirning o’zidayoq 3 – 4 mkm gacha bo’lgan sohada o’lchash 
o’tkazish imkoniyatini beradigan materiallar ma’lum. SHu sababli infraqizil sohada 
o’lchash o’tkazishda ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan fotoelementlar qo’llaniladi. 
Ular qatoriga InSb , PbSe  va PbS  asosida yasalgan va 6 mkm gacha bo’lgan sohada 
o’lchashga imkon beradigan sovitilmaydigan fotorezistorlarni hamda oltin, rux, mis va 
boshqa metallar bilan legirlangan (maxsus usul bilan qo’shilgan) germaniy asosida 
ishlangan va 40 mkm gacha bo’lgan sohada o’lchashga imkon beradigan qattiq 
sovitiladigan fotorezistorlarni kiritish mumkin. 
16.4-rasm. 
16.5-rasm. 


Spektrning uzunroq to’lqinlar qismida o’lchash o’tkazganda issiqlik qabul 
qilgichlardan foydalaniladi; ular tushayotgan nurlar ta’sirida isiganda yo o’z 
o’tkazuvchanliklarini o’zgartiradi yoki ularda EYK vujudga keladi. Yarimo’tkazgichli 
fotoelementlarda elektr signalining kattaligi yoritilganlikka qat’iy chiziqli bog’langan 
emas. Bu kamchilik va fotoelement sezgirligining doimiy emasligi ta’minlovchi 
manbaning stabilmasligi, o’lchash sxemasining kuchaytirish qobiliyatining o’zgarib 
turishi kabi kamchiliklar ikki nurli sistemadan foydalanish bilan bartaraf qilinadi. Ikki 
nurli sistemada yutadigan moddadan o’tgan yorug’likning absolyut intensivligi emas
balki bu intensivlikning yoritayotgan manbaning yopyg’lik intensivligiga bo’lgan nisbati 
o’lchanadi. 
Fotoelementlar qo’llaniladigan juda ko’p hollarda ularning o’lchash xususiyatlariga 
qat’iy talablar qo’yilmaydi. Shuning uchun ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan 
fotoelementlar o’lchamlari kichik ta’minlovchi kuchlanishlar past bo’lgani va bir qator 
boshqa konstruktiv xususiyatlarga ega bo’lgani uchun avtomatik sistemalarda, boshqarish 
sistemalarida, Quyosh energiyasini o’zgartirishda, ishlab chiqarishni nazorat qilish va 
boshqa sohalarda keng qo’llaniladi. Bu fotoelementlarning inersion xususiyatlari 
yomonligi ularning qo’llanilishiga to’sqinlik qiladigan hollar bundan mustasnodir
2

2
У.А.Аминов. Оптика (маърузалар матни). Урганч – 2007.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling