O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi to’raqo’RG’on tumani xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash


Download 351.84 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi351.84 Kb.
#1299833
Bog'liq
Азимов Элёр

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI BOShQARMASI TO’RAQO’RG’ON TUMANI XALQ TA’LIMI MUASSASALARINI METODIK TA’MINLASh VA TAShKIL ETISh BO’LIMIGA QARAShLI 51- SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI Musiqa FANI O’QITUVChISI Azimov ElyorNING 5-sinflarda musiqa FANIDAN “BALET SAN’ATI” MAVZUSIDA YOZGAN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI TO’RAQO’RG’ON -2016

Musiqa - Qalblarni ezgulikka yetaklaydi!

Musiqa - Qalblarni ezgulikka yetaklaydi!

 

Mavzu: Balet san’ati.

Maqsad:

Ta'limiy maqsad: O'quvchilarni balet san’ati haqidagi bilimlarini rivojlantirish, nimchorak balet san’ati haqida ma'lumot berish, qo'shiq aytish qoidalari va nota savodxonligi haqida ma'lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: Do'stlik, mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish, san’atdan ola bilish, estetik muhit yarata olishga o'rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Qo'shiqqa mos ritmik xarakatlar bajara olish, musiqiy savodxomligihi va ma]naviyatini o’stirish.

Uslub: Ma'ruza, savol-javob, ko'rgazmali texnika vositalaridan foydalanish, erkin munozarali dars.

Jihoz: Qashqar rubobi, notali plakat, lavhali rasmlar, DVD disk, xarakatli ko'rgazmalar.

Dars boshlandi.

Yozuv taxtasida yangi mavzu: teskari qaratilgan plakatlar. Xona ozoda, gullar did bilan terilgan. Bastakorlar tasvirlari ostida musiqa asboblari terilgan. Musiqaga oid plakat, qoidalar, eng asosiy alterasiya belgilari tasvirlari.

I.Tashkiliy qism: 1.Musiqiy salomlashish

O'qituvchi:

Assalom bolajonlar,

Go'zal gul lolajonlar.

O'quvchilar:

Assalom aziz ustoz,

Assalom aziz ustoz,

Darsga tayyormiz bu rost.

O'qituvchi: Qani birgalikda hammamiz ovozlarimizni sozlab olamiz.

2.Ovoz sozlash mashqi:

a) oddiy

Ayiq asal yaladi,

Asalari taladi.

Ayiq axtarar asal,

Asal yemasa kasal. (Tez usulda)

b) murakkab

Do-major gammasi

DO-RE-MI-FA-SOL-LYA-SI-DO

DO-DO-RE-RE-MI-MI-FA-FA-SOL-SOL-LYA-LYA-SI-SI-DO

DO-major gammasini

v) ortiga qaytarib

DO-SI-LYA-SOL-FA-MI-RE-DO

DO-DO-SI-SI-LYA-LYA-SOL-SOL-FA-FA-MI-MI-RE-RE-DO-DO

Navbatchini aniqlash.

O'quvchilardan yil fasllari haqidla she'r va qo'shiqlardan so'rash.

Balet san’ati tasviri tushirilgan lavhali ko'rgazmalarni ko'rib, musiqa fanini tasviriy san'atga bog'lash.

II. O’tgan mavzuni “Xalqa” usulida so’rash va baxolash.

II. O’tgan mavzuni “Xalqa” usulida so’rash va baxolash.

III. Yangi mavzu bayoni: Mavzu “Balet san’ati”

Reja:

Balet san'ati haqida.

O'zbekistonda balet san'ati.

O'zbek san’atkorlarining yaratgan asarlari.

P. I. Chaykovskiyning «Oqqush ko‘li» baleti.

 

Balet — musiqali teatr san’atining murakkab turi. Ssenariy, musiqa va xoreo­grafiya, ya’ni raqs uning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Raqs baletda asosiy badiiy ifodalash vositasidir. Raqs orqali balet mazmuni hikoya qilinadi, balerina va raqqosalar ishtirok etuvchilarning xarakterlarini, ularning fikr-o‘ylari, his-tuyg‘usi, kayfiyati va intilishlarini ochib beradilar.

Baletda dekoratsiya, kiyim-kechak, nur tushirish ham muhim rol o‘ynaydi, chunki ular orqali balet voqeasi qachon va qayerda bo‘layotgani aks ettiriladi.

Balet tarixida yorqin sahifalar ko‘p. Uning kelib chiqishi goh kuylanuvchi va ulug‘vor, goh sho‘x va keskin xalq raqslariga borib taqaladi.

«Oqqush ko‘li» ... P. I. Chaykovskiyning ajoyib musiqasi yangrashi bilan darhol ko‘z oldingizda Oqqushning yorqin obrazi, uning goh g‘amgin, goh mag‘rur qanot qoqishi gavdalanadi. Oqqushning qanotlari balerinaning tebranayotgan qo‘llariku.

«Oqqush ko‘li» ... P. I. Chaykovskiyning ajoyib musiqasi yangrashi bilan darhol ko‘z oldingizda Oqqushning yorqin obrazi, uning goh g‘amgin, goh mag‘rur qanot qoqishi gavdalanadi. Oqqushning qanotlari balerinaning tebranayotgan qo‘llariku.


P. Chaykovskiyning «Oqqush ko‘li», «Uyqudagi go‘zal», A.Adanning «Jizel», I.Stravinskiyning «Petrushka», «Humo qushi», S.Prokofyevning «Romeo va Julyetta», «Zolushka», A.Xachaturyanning «Spartak», A.Melikovning «Muhabbat afsonasi» baletlarida yuksak olam, yorqin poeziya, romantika, sevgi dunyosi jonlanadi. Bular raqsning nozik va otashin tili orqali hikoya qilinadi. Har bir balet o‘zining katta mavzu–fikriga ega bo‘ladi. Balet yaratuvchi, balet ijodkorlarining hammasi ana shu fikrni o‘zlaricha namoyon etadilar: kompozitorlar – musiqa bilan, baletmeysterlar – qahramonlarning raqs orqali gapiradigan «nutqlari» bilan ifodalaydilar.

IV. Mustahkamlash: “Tezkor savol-javob” usuli

IV. Mustahkamlash: “Tezkor savol-javob” usuli

1. Balet san’atini ta’riflab bering?

2. O’zbek kompozitorlari haqida gapirib bering?

3. O’zbek kompozitorlari balet san’atiga oid yaratgan asarlarini sanab bering?

4. «Oqqush ko'li»ni tinglaganingizda sizga yoqqan ohangni xirgoyi qilib bering?

5. O’zbek balet san’ati rivojiga hissa qo’shgan raqqosalarni sanang?

Musiqa sabog’i:

R i t m — bu malum bir kuy musiqiy tovushlarining uzun-qisqa bo’lib almashinib turishidir. Har qanday kuy yoki qo’shiq ohangining o’z ritmi bor. Masalan, hammamiz yaxshi biladigan "Chamanda gul" xalq qo’shio’ining ritmi quyidagicha:

 

 

O’zbek kuy va raqslarining, ayniqsa, doiramizning usullari rang-barang va murakkabdir.

 

V. O`quvchilarni baholash

VI. Uyga vazifa: 63-65 betlar

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 351.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling