O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning


Download 211.12 Kb.
bet1/33
Sana28.12.2022
Hajmi211.12 Kb.
#1024861
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI


UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING O‘QUV DASTURI
TARIX
Umumiy o‘rta ta’limning 6-, 7-, 10-sinflari uchun
2022-2023-o‘quv yili uchun

MUNDARIJA





1.

IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLARI TAVSIFI
................................................................................................................



3

1.1.

Ijtimoiy va gumanitar fanlari tavsifi va integratsiyasi ............................

3

2.

IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLARI BLOK MODULI BO‘YICHA MAKTAB BITIRUVCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
.........................................................

6

2.1.

Ijtimoiy moslashuvchanlik va faol fuqarolik kompetensiyasi ................

6

2.2.

Umummilliy va umuminsoniy qadriyatlar kompetensiya .....................

6

2.4.

Shaxs sifatida o‘zligini anglash kompetensiyalar ..................................

7

3.

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA TARIX FANINI O‘QITISH
KONSEPSIYASI……………………………………………..............



8

3.1.

Tarix fanini o‘qitish Konsepsiyasi ........................................................

8

3.2.

Maktab bitiruvchilariga tarix fani bo‘yicha qo‘yiladigan talablar.........

18

3.3.

Tarix fani bo‘yicha o‘quvchilarga sinflar kesimida qo‘yiladigan talablar ...................................................................................................

20


4.

TARIX FANI O‘QUV DASTURLARI ..............................................

35

4.1.

Tushuntirish xati ....................................................................................

35

4.2.

Tarix, 6-sinf……………………………………………………............

38

4.3.

Tarix, 7-sinf……………………………………………………............

43

4.4.

Tarix, 10-sinf……………………………………………………..........

51



2

IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLAR TAVSIFI HAMDA PREDMETLAR INTEGRATSIYASI


“Ijtimoiy va gumanitar fanlar” blok-moduli o‘z ichiga Tarix, Davlat va huquq asoslari hamda Tarbiya o‘quv predmetlarini qamrab oladi, ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi.


O‘quvchilarning insoniyat tarixi, jamiyat va davlatning vujudga kelishi, inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlar, inson shaxs sifatida rivojlanishida jamiyatning roli to‘g‘risidagi dunyoqarashlarini shakllantirish, tafakkurini rivojlantirishda, qonunlarni asoslab berishda Ijtimoiy-gumanitar fanlar blok-moduliga kiruvchi o‘quv predmetlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. O‘quvchilarda ijtimoiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash zarur.
Tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch - osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Ajdodlari, nasl - nasabi, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash avvalo tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqiqiy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi.
Dunyoning ayrim hududlarida katta ma’naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, odob-axloq, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd shaxsga aylantirishga qaratilganida namoyon bo‘lmoqda.
Shuning uchun ham o‘sib kelayotgan yosh avlodni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish uchun qurollantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mazkur fanlar orqali o‘quvchilarda quyi sinflarda olgan bilimlari mustahkamlanib, Vatan, jamiyat haqidagi tushunchalari kengaytirilib, hayotiy tushunchalar bilan bog‘lab o‘tiladi. Shu bilan birga Vatanimizning mustaqillik
3
yillaridagi taraqqiyoti, yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimiz yoshlarining yutuqlari haqida ma’lumotlar beriladi.
Yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, huquqiy madaniyat, dahldorlik hissi yanada rivojlantirilib, ijtimoiy faol fuqaro shakllantiriladi.
Shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’limda oddiy maktablarga nisbatan Tarix fani keng qamrovda qo‘shimcha manbalar asosida o‘quvchilarga chuqurlashtirilgan holda o‘rgatiladi.
Tarix fani o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirib, bugungi mamlakatimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglashiga xizmat qiladi. Ularni ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish, ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaydi.

Download 211.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling