O’zbekiston respublikasida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’larini shakllantirishning tashkiliyhuquqiy asoslari bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi


Download 25.46 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi25.46 Kb.
#154621
Bog'liq
kirish xulosa


Kirish: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BYUDJET TASHKILOTLARINING BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG’LARINI SHAKLLANTIRISHNING TASHKILIYHUQUQIY ASOSLARI

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy huquqiy hamda tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” va boshqa shu kabi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat byudjeti ijrosining ushbu me’yoriy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘zaro muvofiqligini ta’minlab kelmoqda. “Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uyjoylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi” - deydilar Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev o‘z ma’ruzalarida1 . Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, byudjet taqchilligini oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat” –deydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida2 . Byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘larining asosiy iste’molchisi hisoblanib, Davlat byudjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida byudjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek, byudjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari mablag‘lar yuzasidan tashkil bo‘lish manbalari va foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli byudjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi hamda byudjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi byudjet tashkilotlarida o‘z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, byudjetdan tashqari mablag‘larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish, hususan byudjet tashkilotlarni byudjetdan tashqari mablag‘larining shakllanishi va ularni sarf etish munosabatlari bitiruv malakaviy ishining predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti. Byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari jamgarmalarini shakllantirish va ularni sarf etilishi, hususan Toshkent moliya institutining byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tizimi bitiruv malakaviy ishimizning ob’ekti hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan byudjet tashkilotlarida smetali moliyalashtirish tartibini o‘rganish, muassasalar ehtiyojlarini byudjetdan tashqari manbalar evaziga qondirish va ularni moliyalashtirishning ko‘pkanalli tizimini takomillashtirishga qaratilgan asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi: - davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda byudjet tashkilotlarining ahamiyati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini o‘rganish; - byudjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish manbalari va unda byudjetdan tashqari manbalarning ahamiyatini o‘rganish; - byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish amaliyotini tahlil etish; - byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘laridan foydalanish amaliyotini tahlil qilish; - byudjet tashkilotlari faoliyatini yaxshilash va byudjet mablag‘laridan foydalanishni takomillashtirish masalalarini tadqiq etish; - byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirishni kengaytirish yo‘nalishlarini tadqiq etish; - izlanishlar asosida byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishning nazariy ahamiyatini byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari mablag‘larining shakllanishi, ularning byudjet tashkilotlari moliyaviy resurslari tarkibidagi o‘rni va ahamiyati, mazmuni, vazifalari, tashkiliy-huquqiy asoslari ochib berilganligi, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘laridan foydalanish va ularni shakllantirish mehanizmining batafsil yoritib berilganligidadir. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, unda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larining shakllanishi va ulardan foydalanish amaliyotini kompleks tahlil qilish asosida uning samarali tashkil etilishi, shu jumladan uning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 6 Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, o‘z ichiga olti paragrafni qamrab olgan uch bobni, xulosalar va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, ishni mazmunini yoritishda 9 ta rasm, 4 ta jadval shakllantirilgan bo‘lib, ishning umumiy hajmi 76 betni tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ob’yekti, predmeti, nazariy va amaliy ahamiyati bayon etilgan. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida O‘zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari o‘rganilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish amaliyoti keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirishni kengaytirish yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Bitiruv malakaviy ishining xulosa va takliflar qismida olib borilgan ilmiytadqiqot natijalari yuzasidan shakllantirilgan xulosalar hamda ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarning qisqacha mazmuni o‘z ifodasini topgan.

Xulosa: Bitiruv malakaviy ishimizning yuqoridagi paragraflarida biz byudjet tashkilotlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblarini o‘rgandik, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmunmohiyatini ochib berishga harakat qildik, byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari manbalar hisobidan mustahkamlash yo‘llarini tadqiq qilib, byudjet amaliyotida byudjetdan tashqari markazlashgan va markazlashmagan manbalardan foydalanish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini o‘rganib chiqib, quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik. - bizning fikrimizcha, davlat, mamlakatdagi bozor munosabatlarining qay darajada shakllangan va rivojlangan bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy sohalarni boshqarish, ularning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok etishi zarur, ularning normal darajada faoliyat qilishi uchun davlat barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratib berishi shart: - byudjetdan moliyalanadigan sohalarga mablag‘larni to‘liq hajmda safarbar etish imkoniyatini ta’minlash maqsadida davlat daromadlarining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning aniq hisob-kitobini olib borish lozim; - ijtimoiy sohalardagi ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlarini o‘rnatish va ularga amal qilinishini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish lozim, aks xolda xizmatlar narxining oshib borishi bilan ularning sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik uzilib bormoqda, malakali xizmat qimmat turishi bilan birga, sifat standartiga ham javob berishi kerak, deb hisoblaymiz; - aholining nochor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga bepul xizmatlar ko‘rsatilishini davlat bundan keyin ham o‘z zimmasiga olishi, bu xizmatlarning to‘liq moliyalashtirilishiga erishishi lozim; - byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishga bo‘lgan harakati ularning asosiy faoliyatiga, tashkilotning missiyasini bajarishga putur etkazmasligi kerak, shuni unutmaslik lozimki, byudjet tashkiloti notijorat 67 asosida faoliyat yurituvchi muassasa, shuning uchun unda marketing masalalari o‘ylab, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak; - aksariyat aholi ongida ta’lim, va ayniqsa, sog‘liqni saqlash xizmatlarining bepul taqdim etilishi kerak, degan stereotiplar mustahkam o‘rnashgan, bu esa byudjet tashkilotlarini pullik asosga o‘tkazish jarayonida aholi tomonidan noroziliklarga olib kelmoqda, lekin bozor iqtisodiyoti talablari, qolaversa, “pullik narsa qadrli bo‘ladi” degan naqldan kelib chiqib, byudjetning chegaralanganligi sharoitida byudjet tashkilotlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini faqat davlat mablag‘lari hisobiga qoplashning ob’ektiv tarzda imkoni yo‘qligini tushunib etish vaqti keldi; - hozirgi kunda byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari daromadlari barcha soliqlar va majburiy to‘lovlardan ozod etilganligini e’tirof etgan holda, byudjet tashkilotlarining tijorat faoliyatlarini davlat bundan keyin ham rag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiq,; - byudjet tashkilotida shunday muhitni yaratish kerakki, byudjet tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijasidan unda ishlayotgan ko‘p sonli xodimlarning shaxsiy manfaatlari emas, tashkilot manfaatlari ustuvor bo‘lishi lozim, deb hisblaymiz.

Kirish: Shawty🧡, [25.11.20 21:10]

Mamlakatimizda amalga

oshirilayotgan iktisodiy islohotlar jaxon moliyaviy – iktisodiy inkirozi salbiy

okibatlarini chetlab o‘tishga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z ijobiy natijasini

ko‘rsatmokda. Ayniqsa keyingi vaqtlarda ishlab chikarishni texnik va texnologik

yangilashga alohida e’tibor qaratilmokda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.

Karimov takidlaganlaridek «Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida

iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha birinchi

navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini

kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab

chiqarilgan maxsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin

tutadi»

1

Jahonda hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi



sharoitida byudjet tashkilotlarining faoliyat yuritish samaradorligi, moliyaviy

barqarorligi va rivojlanish istiqbollari ko‘p jihatdan xo‘jalik jarayonida ishlab

chiqarish va uning hisobini tashkil etishga bog‘liq bo‘lmoqda. Keyingi vaqtlarda

byudjet tashkilotlarida qo‘shimcha daromad topish, ishlab chiqarish hisobini

tashkil etishni milliy hamda xalqaro andozalar asosida takomillishtirish

zaruriyati vujudga kelmoqda shu munosabat bilan Prezidentimiz I.A.Karimov

aytib o‘tganlaridek “Joriy yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini 8 foizga, sanoatni

8,4 foizga, qishloq xo‘jaligini 6 foizga, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

hajmini 11 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasini qariyb 16 foizga oshirish va yalpi

ichki mahsulotda uning ulushi 53 foizgacha o‘sishini ta’minlash vazifasi

qo‘yilmoqda”

2

. Ya’ni ishlab chiqarish hisobini ilmiy asoslangan holda tashkil



etish asosida bevosita tashkilot moliyaviy natijalariga ta’sir etuvchi maxsulot

ishlab chiqarish xaTrajatlarini to‘g‘ri shakllanishi, ishlab chiqarish jarayoni

Shawty🧡, [25.11.20 21:11]

natijalarini iqtisodiy tahlil usullari yordamida baholash va samaradorlikni

oshirish yo‘nalishlarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi jaxon

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida korxona faoliyati samaradorligi va

moliyaviy barqarorligini ta’minlashda tovar moddiy-zaxiralar inventarizatsiyasi

hisobini tashkil etish va uni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy

tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb va amaliy ahamiyatga ega

muammo hisoblanadi.

Shawty🧡, [25.11.20 21:11]

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar

kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan tovarmoddiy zahiralarining qiymati kamomad chiqqan tovar-moddiy zahiralar

qiymatiga teng yoki kam bo‘lsa, ushbu tovar-moddiy zahiralar belgilangan

tartibda bozor qiymatida kirim qilinishi maqsadga muvofiqdir.

2. Moliya organlarida byudjetdan mablag oluvchilar bilan tovar (ishlar,

xizmatlar) etkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni samaradorligini

oshirish maksadida ko‘prok seminarlar o‘tkazish. Bu seminarlarda byudjet

hisobi kafedrasi professor o‘qituvchilari va byudjet sahosiga qiziquvchi magistr

va talabalar ishtirok etsa maksadga muvofiq bo‘ladi.

3. G‘aznachilik hududiy bo‘linmalari tomonidan byudjetdan mablag‘

oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari monitoringi

Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilinadigan asosiy iste’mol mahsulotlarining

oylik o‘rtacha narxlari to‘g‘risidagi ma’lumot asosida olib borilsa maqsadga

muvofiq bo‘lardi.

4. Kelgusida G‘aznachilikda byudjet tashkilotlari tomonidan sotib

olinuvchi tovarlar narxlari to‘g‘risida elektron ma’lumotlar bazasini

shakllantirish, uni tuzish va yangilab borishda Respublika tovar xom ashyo

birjasidagi narxlar kotirovkasini, Davlat Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlar

bazasini, respublikadagi yuqori mavqega ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar va

ixtisoslashtirilgan reklama nashrlari ma’lumotlarini hisobga olish tavsiya etiladi.

5. Xarajatlar smetasi va shtat birliklarni ro‘yxatdan o‘tkazishda shtat smeta

kursatgichlarni to‘g‘ri belgilaganligini chuqur tahlil qilish buning natijasida

ortiqcha xarajat va shtat birliklarni ro‘yxatdan o‘tkazgan moliya organlarning

ham ma’suliyatini oshirish va javobgarlikga nisbatan choralar belgilash lozim.

6. Byudjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralardan paydo bo‘lgan Xarajatlar

smetasi va shtat birliklarni ro‘yxatdan o‘tkazishda shtat smeta kursatgichlarni

to‘g‘ri belgilaganligini chuqur tahlil qilish buning natijasida ortiqcha xarajat va

69

shtat birliklarni ro‘yxatdan o‘tkazgan moliya organlarning ham ma’suliyatini



oshirish va javobgarlikga nisbatan choralar belgilash lozim.

7. dargumon qarizlarni qoplash uchun 2-RJ shakldan rezervga foyda hisobidan

ajratmalar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Kirish: O‘zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko‘ra kechroq boshlagan bo‘lsa-da, o‘tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda O‘zbekiston iqtisodiyotiga bag‘ishlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda o‘tgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy o‘zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha bo‘lgan istiqbollar keng sharhlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 27-martdagi 29-sonli buyrug‘i ga ko’ra budjet kodeksiga qator o’zgartishlar kiritildi.

unga ko’ra:

 Budjet tashkilotlari budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha buxgalteriya hisobini (keyingi o‘rinlarda buxgalteriya hisobi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Qonuniga, ushbu Yo‘riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qiladilar. Tashkilotlarda buxgalteriya hisobi mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq buxgalteriya hisobi yuritishning memorial order shaklida olib boriladi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib borishlari mumkin.

Tashkilotning rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishini hamda to‘liq va aniq yuritilishini, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’minlanishi shart.



Kodeksda amalga oshirish manbalari va mexanizmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat byudjeti bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari va sohalari, shu jumladan grantlar va texnik hamkorlik mablag‘larini jalb etish, ulardan foydalanishni monitoring va nazorat qilish tartibi, davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish va davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi, moliyaviy nazoratni, shuningdek, davlat moliyasi tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotini ta’minlash mexanizmi belgilanmoqda.

Davlat budjetining daromad va xarajatlari


Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bos-
qichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar – 
budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daro-
madlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluv-
chi katego riyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani 
bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib 
xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umum-
jamiyat ehtiyoj larini qondirishga xizmat qiladi.
Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va 
uning markazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘-
laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tash-
kilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fon-
dining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy muno-
sabatlarni anglatadi.

12-dekabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisining birinchi kunida senatorlar ilk bor qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqladilar va Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to’g’risidagi qonunni ma’qulladilar. Bu haqda Senatning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Senatorlar «O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, ma’qulladilar. Majlisda qayd etilganidek, Byudjet kodeksi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonun hujjati ekanligi, u qonunchilik bazasining va uni huquqiy qo‘llash tizimining yagonaligini ta’minlashi ko‘rsatib o‘tildi.

Byudjet kodeksi butun byudjet jarayonini (Davlat byudjetini shakllantirish, tasdiqlash, ijro etishni hamda nazoratni ta’minlashni) yagona va yaxlit qonun hujjatida tizimlashtirishni, Davlat byudjetini ham, byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarni ham tartibga solishning yagona prinsiplarini qo‘llanishni, byudjet jarayoni barcha qatnashchilarining vakolatlarini hamda ularning o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini belgilashni, shuningdek, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirib, mahalliy byudjetlarning daromadlar manbalarini mustahkamlab qo‘yishni, barcha darajalardagi byudjetlar o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashni va ularning o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi.

Kodeksda amalga oshirish manbalari va mexanizmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat byudjeti bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari va sohalari, shu jumladan grantlar va texnik hamkorlik mablag‘larini jalb etish, ulardan foydalanishni monitoring va nazorat qilish tartibi, davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish va davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi, moliyaviy nazoratni, shuningdek, davlat moliyasi tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotini ta’minlash mexanizmi belgilanmoqda.

Senatorlarning fikricha, Byudjet kodeksining qabul qilinishi amaldagi Soliq kodeksi bilan birgalikda davlat moliyasining yagona birxillashtirilgan, xalqaro standartlarga mos bo‘lgan qonunchilik bazasini shakllantirishga, byudjet sohasidagi huquqiy munosabatlarni tizimlashtirishga, shuningdek, byudjet jarayonining hamma bosqich va darajalarida yagona huquqiy normalar va yondashuvlar qo‘llanilishini, mamlakat byudjet tizimining ochiq-oshkoraligini va barqarorligini ta’minlashga imkon beradi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Senatorlar «O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ham ko‘rib chiqdilar. Ushbu Qonun amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularning ayrim normalarini O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga moslashtirish maqsadida ishlab chiqilganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qonun bilan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi, «Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, shuningdek, ayrim qonun hujjatlari, shu jumladan «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi, «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmoqda.



Shuningdek, senatorlar 2014-yilga mo‘ljallangan soliq siyosati konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini ijro etish yuzasidan, shuningdek, bir qator qonun hujjatlarining normalarini bir xil qo‘llanish uchun ularni aniqlashtirish maqsadida tayyorlangan «Soliq va byudjet siyosatining 2014-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar.
Download 25.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling