8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 13-mavzu
v) Rivojlantiruvchi maqsad:mustaqil fikrlashga o'rgatish, huquqiy bilimni va
ongni o`stirish
а) Ta`limiy maqsad: O'quvchilarni mavzu haqida umumiy tushuncha berish, OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI HAQIDA TUSHUNCHA BERISH
DARSNING MAQSADI:
b) Tarbiyaviy maqsad:o'quvchilarga Vatanga muxabbat , xalqiga sadoqat ruxida tarbiyalash , qonunlarga hurmat va tenglik, adolatli bo`lish ruxida tarbiyalash. .
Dars shiori
Ilm izlang, izingizdan
ibrat yog`sin .
M. yusuf
Davlat va jamiyat boshqaruvi saylov orqali demokratik asosda tashkil topadi, xalqning saylov yo‘li bilan vakillik organlari tuzib, ularga o‘z vakillarini saylash, saylanadigan organlar faoliyatining yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatida fuqarolik jamiyatining asl mazmun-mohiyati mujassamdir. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi – davlat hokimiyatining oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Oliy Majlisni ikki palatali tarzda - Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat qilib tashkil toptirishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilardir:
– Qonun ijodkorligining sifatini ta’minlash; umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish.
– Oliy Majlis faoliyati jarayonida manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil.
76- modda.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘ ri sida”gi konstitutsiyaviy qonunda parlamentimiz Qonunchilik palatasining, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunda esa Senatning maqomi, vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlari aniq belgilab berilgan. Bu palatalarning tarkibi ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda shakllantirilishi qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan.
Oliy majlislar zali
Bunda Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishini inobatga olgan holda uning tarkibi asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topadi. Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshiradi va uning tarkibi
asosan qonun va boshqa huquqiy hujjatlar yaratish uchun zarur bilim, tajriba va malakaga ega yuqori saviyadagi mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
Qonunchilik palatasi boshqa nom bilan parlamentning quyi palatasi deb ham yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati ning vakolat muddati – besh yil. Davlatimiz Konstitutsiyasining 77- moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik pala tasi bo‘lib, 100 nafar Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat. Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin.
Oliy Majlis quyidagi ishlarni amalga oshiradi: - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini tasdiqlash; - Markaziy bank raisini saylash; - O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ko‘rib chiqish va qabul qilish; - O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini va davlatning boshqa strategik dasturlarini qabul qilish. Savol va topshiriqlar: 1. Oliy Majlis qanday hokimiyatni amalga oshiradi? 2. Nega Oliy Majlis ikki palatadan iborat qilib tashkil qilingan? 3. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunda nimalar belgilab qo‘yilgan? 4. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunda-chi? 5. Qonunchilik palatasi tarkibiga kimlar kiradi? 6. Senat tarkibiga-chi? 7. Qonunchilik palatasi qay tartibda saylanadi? 8. Oliy Majlisning faoliyati qanday tashkil qilinadi? 9. Sessiyalar majlislari oralig‘ida qanday faoliyat amalga oshiriladi? 10. Oliy Majlis qanday ishlarni amalga oshiradi? 11. Oliy Majlis nimalar ustidan nazorat yuritadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |