O’zbekiston tanlagan rivojlanish yo’li va uning ahamiyati. Reja


Download 1.02 Mb.
Sana19.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1362927
Bog'liq
AZAMAT SLAYD


O’zbekiston tanlagan rivojlanish yo’li va uning ahamiyati.

Reja:
  • Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”, uning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li.
  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari.

  • 4.Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati

O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili Taraqqiyotning o'zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion-tadrijiy ravishda isloq etishdir
Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili:
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
2. Davlat - bosh isloqotchi.
3. Qonunning ustuvorligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish.
Dunyoviy davlat qurishda «O'zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi. Dunyoviy va milliy davlatchilik tushunchalari. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular dunyoviy davlat qurish yo'lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud bo'lib, ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Dunyoviy davlat tushunchasi, avvalo, demokratiyaning muhim umumjahon e'tirof etgan asosiy tamoyillariga asoslanadi.
O'zbekiston mustaqillikka yerishganidan so'ng kun tartibida ja-hon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar yendilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo yetar yedi. Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya yetish lozim bo'lgan tayyor andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim yedi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim yedi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur yedi». Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin yemas. Biming ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak. Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart. Uchinchidan, qonun, qonxmlarga rioya yetish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'I bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya yetishi lozim. To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish. Bozor munosabatlarini joriy yetish bilan bir vaqtda aholini ijti¬moiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi yeng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
O’zbekistonning mustaqilligi yo’lidagi yana bir muhim qadam O’zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 iyun) qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi "Mustaqillik Deklarasiyasi"dir. Ushbu Deklarasiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari jonbozlik ko’rsatdilar. "Mustaqillik Deklarasiyasi”da har bir millat o’z taqdirini o’zi belgilashi, Deklarasiya qoidasi bilan kafolatlanishi ta’kidlandi. Unda o’zbek xalqining asrlar davomida qo’lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklarasiya 12 moddadan iborat bo’lib, uning I-moddasida "O’zbekiston SSR ning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir” deb, yozib qo’yilgan. Sessiya qabul qilgan bu "Mustaqillik Deklarasiyasi" xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan boshlab respublikada O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Mustaqillik belgilangan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy orzusi ro’yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo’ldi. "O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida"gi qonun 17 moddadan iborat bo’lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitusiya rolini o’ynaydigan bo’ldi.
Ushbu qonunda O’zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo’linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o’z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda O’zbekistonning Qoraqalpog’iston bilan munosabatlari xususida so’z borib, O’zbekiston Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O’zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o’sha davrda erishilgan yutuqlarning yuqori cho’qqisi bo’ldi. Shunday qilib, o’zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo’l bilan, birinchi Prezident I. Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo’l tutishi orqali erishildi.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog’liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O’zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o’tkazishga qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O’zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi.
Mustaqillik Konstitusiyasi muqaddima, olti bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo’ldi. Birinchi bo’limda Konstitusiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi. Konstitusiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo’nalishlari o’z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning ikkinchi bo’limi 35 moddadan iborat bo’lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag’ishlangan. Bunda, O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega ekanligi, O’zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o’rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o’z vakillari orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo’shilish huquqlari ta’kidlab ko’rsatilgan.
Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo’lishi, mehnat qilish, nafaqa olish, o’z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi, deb taqqoslab qo’yilgan. Barcha fuqarolar Konstitusiyada belgilab qo’yilgan burchlarni, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiy muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig’imlarni o’z vaqtida to’lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari majburiy ekanligi ta’kidlangan. Konstitusiyaning "Jamiyat va shaxs" bo’limida O’zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllarining teng huquqga ega ekanligiga kafolat berildi. Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo’l ochib berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi. Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy axborot vositalarining o’rni aniq bayon etib berilgan.
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasining o’zaro munosabatlariga maxsus to’rtinchi bo’lim ajratilgan.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo’limda (50 modda) o’z ifodasini topgan. Davlat va hokimiyat organlari, Prezident, Vazirlar mahkamasining vakolatlari, ularni shakllantirish yo’llari aniq va ravshan bayon etilgan. Shu bilan birga bu bo’limda mahalliy hokimiyat organlari, sud va Prokuratura, Davlat Mudofaasi masalalari o’z ifodasini topgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling