Oʻzbekiston tarixi fanidan Seminar mashgʻulotlar


XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy ham bu fikrni oʻzining quyidagi sodda koʻringan toʻrtligida yanada teran maʼnoda mana bunday bayon etadi


Download 195.75 Kb.
bet3/3
Sana03.11.2021
Hajmi195.75 Kb.
1   2   3
XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy ham bu fikrni oʻzining quyidagi sodda koʻringan toʻrtligida yanada teran maʼnoda mana bunday bayon etadi:

Kimki tutmas qalbida tarixini,

U inson ham emas, olim ham emas.

Biroq kimki uqsa oʻtmishini,

Koʻp boyitar oʻz turmushini

Foydalaniladigan adabiyotlar roʻyxati:

B.Eshov va A.Odilov. Oʻzbekiston tarixi 1-jild. Toshkent 2014

2. Oʻzbekiston tarixining jahon tarixida tutgan oʻrni.

Oʻzbekiston - insoniyat taraqqiyotida muhim oʻrin egallagan va jahon ilm-fani, iqtisodiyoti rivojlanishida katta hissa qoʻshgan mintaqa sifatida ma'lum va mashxur.

Insoniyatning qadimgi tarixidan boshlab, bizning Turkiston mintaqamiz jahon madaniyati tamadduniga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Buni birgina 2.5 ming yil avval Ahmoniylar bosqini va undan soʻng Makedoniyalik Aleksandrning Oʻrta Osiyo hududlaridagi bosqinchilik yurishlarini eslash kifoya. Bu bosqinlardan soʻng, yurtimiz joylashgan mintaqada oʻzga millatning ijtimoiy-iqtisodiy madaniyati, ilm-fani yoyildi, ular bizdan, biz esa ulardan yangicha yashash usulini va dunyoqarashini oʻzlashtirdik. Masalan: Oʻrta Osiyo tarixida Yunon-baqtriya davridagi Antik davr tarixini eslang: Yunon va Osiyo madaniyatining qoʻshilib ketishi oqibatida, oʻziga xos yangicha madaniy qatlam shakllandi.

Shuningdek, Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan, harbiy ishlar, sanʼat va madaniyatning yuksalishi va Temuriylar davlatining jahonning boshqa mamlakatlari bilan har tomonlama faol diplomatik aloqalarni oʻrnatishi, ushbu beqiyos madaniy va ilmiy yuksalish jarayonlarimizni jahonga yoyilishiga hissa qoʻshib yubordi.

Yuqoridagilardan xulosa shuki: Oʻzbekiston mintaqasi oʻzining sermazmun va sermahsul tarixi, boy maʼnaviy va madaniy salohiyati va yuksak ilmiy faoliyati bilan Jahon tarixida oʻchmas iz qoldirib ulgurgan edi.

3. Oʻzbekiston tarixining manba va asoslari.

@TarixchiJavohir kanalidan +998 99 3633205

Download 195.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling