O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi


Download 111.69 Kb.
Sana16.11.2020
Hajmi111.69 Kb.
#146683
Bog'liq
Презентация Ro'zmetov Sardor

Ikkinchi mutaxassislik sirtqi YO’NALISHI 4-kurs 161-guruh talabasi Ro’zmetov Sardorning   “O’ZBEKISTONDA DAVLAT VA MAHALLIY BOSHQARUV TARIXI”fanidan Мавзу: Xorazmshohlar davlati va Chig`atoy ulusi davri davlat boshqaruvi.

Reja:

  • 1. Xorazmshohlar davlati. Siyosiy tuzum va davlat boshqaruvi.
  • 2. Mansab va lozimlar.
  • 3. Mo’g’ul bosqini va unga qarshi kurash.
  • 4. Chig’atoy ulusi. Ulus boshqaruvi.
  •  
  •  
  •  
  • Xorazmshohlar davlati.
  • Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe viloyat hisoblanardi. X asr oxiri – XI asrning boshlariga kelib Xorazm hukmdori Ma’mun I va uning o‘g‘li Ali ibn Ma’mun Somoniylar davlati qo‘laganidan so‘ng mustaqil davlat tuzishga harakat qilib ko‘rdilar. Xususan, 996 yilda SHimoliy Xorazm hukmdori Ma’mun ibn Muhammad ikki qismga bo‘linib ketgan davlatni birlashtirib xorazmshoh unvoni oladi va Urganchni o‘z poytaxtiga aylantiradi. Ammo, Movarounnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi G‘aznaviylar davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz bo‘lib, ko‘p hollarda Mahmud G‘aznaviy va uning o‘g‘li Ma’sudga qaram edi. Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishi Anushteginiy-Xorazmshohlar sulolasi davriga to‘g‘ri keladi.
  • Qutbiddin Muhammad otasi davrida o‘z davrining yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Marvda ilm olgan, xususan, din ilmlarini yaxshi o‘rgangan edi. U Xorazm voliysi bo‘lgach qobiliyatli hukmdor sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qiladi. Qutbiddin Muhammad Xorazmda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun anchagina kuch-g‘ayrat sarflagan bo‘lsada, rasman Saljuqiylarga tobe bo‘lgani bois, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qildi. U Saljuqiylarning oliy hokimiyat uchun o‘zaro kurashlarida ham faol ishtirok etganligi ma’lum. Tarixiy manbalarda Xorazmshohning unvoni «Podshoh Qutbid-dunyo vad-din Abul-fath Mu’in Amiral-mo‘‘minin» («Dunyo va din qutbi, g‘alabalar otasi Mo‘minlar amiri-xalifaning yordamchisi») deb ulug‘lanishi Qutbiddin Muhammad Saljuqiylarga tobe bo‘lsa-da, mavqei ancha baland bo‘lganligidan dalolat byeradi. SHu sababli bo‘lsa kyerakki, 1128 yilda Qutbiddin vafot etgach Sulton Sanjar Xorazm taxtini uning o‘g‘li Aloviddin Otsizga (to‘liq nomi Al-Malik Abu Muzaffar Aloviddin Jaloliddin Otsiz; 1128-1156 yy) topshiradi.
  • O‘z davrining mohir sarkardasi va yaxshigina diplomati bo‘lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib borishga harakat qilib Saljuqiylarning har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Otsiz birinchi marta Sulton Sanjarning itoatidan chiqib mustaqil harakat qildi va Saljuqiylarga tegishli bo‘lgan Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlarni Jandgacha (Kaspiy dengizi bo‘ylarigacha) bosib olib, Mang‘ishloq viloyatini ham o‘ziga bo‘ysundirdi. Bundan g‘azablangan Sulton Sanjar Otsizga qarshi yurish qilishga qaror qildi. CHunki o‘sha davr siyosatini yaxshi tushungan Sanjar, agar Otsizni buysundirmasa o‘ziga tobe bo‘lgan Qoraxoniylar va G‘aznaviylar ham isyon ko‘tarishini bilardi. SHuningdek u, o‘zining harbiy qudrati g‘oyat kuchli ekanligini ham bilardi. Bularni hisobga olib Sulton Sanjar 1138 yilning oktyabrda Otsizga qarshi Xorazmga qo‘shin tortdi va Xazorasp qal’asini qamal qildi. Sulton Sanjar Xorazmga jiyani Sulaymonshohni voliy qilib tayinladi. Ammo, ko‘p o‘tmay, 1139 yil fevralda Sulton Sanjar Marvga qaytgach, Otsiz o‘z qo‘shinlari bilan Xorazmga kelib Sulaymonshohni haydab yuborib qayta taxtni egalladi.
  • Aloviddin Otsiz Xorazmni mustaqil boshqarish maqsadida bir necha marta Sulton Sanjarga qarshi (1138, 1141-1142, 1147-1148 yy) isyonlar qilgan bo‘lsa-da, butunlay mustaqil bo‘lish unga nasib etmadi. SHunga qaramasdan, ko‘pchilik olimlarning e’tirof etishlaricha, u Xorazmni mustaqil davlat bo‘lishi uchun asos yarata oldi. YA’ni, Otsiz Anushtegin-Xorazmshohlar sulolasi nafaqat bir viloyat, balki ulkan mintaqada ham siyosat yurgizishi va dongdor siyosiy kuchlar bilan raqobatlasha olishi mumkinligini amalga ko‘rsata oldi. CHunki Otsizning asosiy maqsadi va siyosatining asosi Xorazmda o‘z hokimiyatini mustahkamlash edi. O‘zining uzoq yillik humronligi davrida (u 29 yil davlatni boshqargan) Otsiz Bag‘dod xalifalari bilan aloqalarini mustahkamlashga intilib, Sulton Sanjarga qarshi kurashda Bag‘dod xalifasini ittifoqchi qilishga ham harakat qilib ko‘rdi.
  • 1171-1172 yillarda qoraxitoylarning katta qo‘shini Xorazmshohning o‘lponni o‘z vaqtida to‘lamayotganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qiladi. Elarslonning buyrug‘i bilan Sirdaryodagi katta to‘g‘onlar ochtirilib, Xorazm poytaxti yaqinidagi yo‘llar suvga bostirildi. Bu qoraxoniylar qo‘shini yurishini qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) talon-taroj qilishdan saqlab qolindi. Ammo, qoraxitoylarning bu yurishi davrida Elarslon kasallikdan vafot etdi (1172 y). SHundan so‘ng uning o‘g‘illari Aloviddin Takash va Sultonshoh Mahmud o‘rtasida uzoq yillar toj-taxt uchun kurash bordir. Aloviddin Takash 1172 yilning dekabrida qoraxitoylar malikasi CHen Tiyon yordamida rasman taxtga o‘tirgan bo‘lsa-da, aka-ukalar o‘rtasida kurash davom etdi. CHunonchi, 1174 yilda Sultonshoh Mahmudning onasi Turkon xotun Nishopur hukmdori Oy-Aboga qimmatli sovg‘alar yuborib, Takashga qarshi ittifoq taklif qildi. O‘sha yili Gurganjdan 20 farsah uzoqlikdagi Subvurni shahri ostonasida Oy-Abo qo‘shinlari Alovuddin Takash qo‘shinlari bilan to‘qnashdi. Bu jangda Takashning qo‘li baland kelib, Oy-Abo asir olindi va qatl etildi. Turkon xotun va Sultonshoh Kaspiy dengizining sharqiy sohilidagi Dehistonga qochdilar.
  • Xorazmshoh Takash 1193 yilning dekabrida Marv shahrini fath etib, shahar va uning atroflariga katta o‘g‘li Nosiriddin Malikshohni voliy etib tayinladi. Bag‘dod xalifasi Nasr (1180-1225 yy) va G‘arbiy Saljuqiylar sultoni Tog‘rul II o‘rtasidagi nizolardan foydalanib, Takash qo‘shinlari 1194 yilning mart oyida Tog‘rul II ga qarshi urush ochdi va uni mag‘lub etib Hamadon shahrini egalladi.
  • Xorazmshohning tobora kuchayib borayotganligidan xavfsiragan xalifa Nasr qo‘shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyun oyida Takash qo‘shinlari xalifa qo‘shinlarini engdi. SHu tariqa Afg‘oniston va Eronning katta qismi Xorazmshohlar qo‘liga o‘tdi va Xorazm davlati hududlari birdaniga ikki baravar kengaydi. Xorazm davlati endi Bag‘dod xalifasiga tegishli joylar va G‘uriylar bilan chegaradosh bo‘lib qoldi. Ammo, ko‘p o‘tmasdan xalifa Nasr bilan Takash munosabatlari yana yomonlashganligi tufayli Xorazmshoh Iroqi Arab va xalifalik poytaxti Bag‘dodni bosib olishga qaror qildi. Lekin bu yurish paytida Takash kasallanib, 1200 yil iyul oyida Xorazm bilan Nishopur orasidagi SHahriston shahrida vafot etdi.
  • Davlat boshqaruvi va siyosiy tizim. Harbiy boshqaruv. Xorazmshohlar davlatida markaziy boshqaruv idorasi «al-majlis ul oliy al faxri at-toji» deb nomlangan bo‘lib, uni vazir boshqargan. Vazir – mamlakatda sultondan keyingi eng yuqori mansabdor shaxs bo‘lgan. Vazir sultonning bosh maslahatchisi bo‘lib, bevosita unga bo‘ysungan. Vazir rasmiy marosimlarda, davlatlararo aloqalarda, mustamlakalar bilan olib boriladigan mo‘zokaralarda xorazmshoh nomidan ishtirok etib, sulton va rayiat (fuqarolar) o‘rtasida vositachilik qigan. Barcha davlat amaldorlari, jumladan, amirlar, beklar va harbiy boshliqlar vazirga bo‘ysungan. Vazirning vazifalari qo‘yidagilardan iborat bo‘lgan:
  • - ashob ad-davanin yoki devonxonalar amaldorlarining boshlig‘i. YUqori mansabli amaldorlarini ishga tayinlagan yoki ishdan bo‘shatgan;
  • - davlat amaldorlariga nafaqalar (arzak) va moddiy yordam (mavajib) joriy etish ishlarini boshqargan;
  • Bosh hojib yoki ulug‘ hojib (hojibul-kabir) – oliy hukmdor shaxsi bilan bog‘liq masalalar, marosimlar, marosimlarning nazorati bilan aloqador ishlarga javobgar bo‘lgan. Ular sultonning eng zarur topshiriqlarini bajarganlar hamda hukmdorga doimiy ravishda hamrohlik qilganlar. Ular vazirlik devonining daftarlari, undagi yozuvlar, arxivlar, moliya sohasidagi kotiblar va amaldorlarning hatti-harakatini nazorat qilgan.
  • Ustozdor – xorazmshohlar saroyida xizmatkorlarga bosh bo‘lib, otxonalar, oshxonalar, novvoyxonalar, sharobxonalar xo‘jaligini boshqarar edi. Oliy hukmdorning birinchi chorlashidayoq ustozdor etib kelib, sulton topshiriqlarini boshqa xizmatkorlarga etkazar edi. Ustozdor saroyning barcha chiqimlarini amalga oshirgan. Saroy mansablarining barcha xarajatlari ham uning zimmasida bo‘lgan. Ustozdor xazinadan chiqadigan barcha sarf-xarajatlar uchun doimiy ravishda sultonga hisobot byerib turgan.
  • Amiri-oxur (miroxo‘r) – sayischi, sulton otxonalari boshlig‘ining lavozimi. U sultonga qarashli minib yuriladigan otlarga egalik qilgan. Miroxo‘rlar harbiy yurishlarda ham faol ishtirok etganlar.
  • Amiri-shikor – sulton ovlarini tashkil etuvchi va boshqaruvchisi lavozimi.
  • Tashtdor – sulton hammomlari va hovo‘zlarining boshlig‘i. Uning qo‘l ostida bir necha g‘ulom bo‘lgan. Tashtdorlar sultonga juda yaqin odamlar bo‘lgan. Ayrim sultonlar tashtdorlarga malik unvonini ham byerishgan. Ayrim tashtdorlar hatto o‘n ming askarlarga boshchilik qilib, harbiy yurishlarga ishtirok etganlar, ba’zilari esa sultonning shaxsiy elchisi vazifasini ham bajargan.
  • SHarobdor – sulton sharobxonasining boshlig‘i. SHarobxonada turli sharoblar tayyorlash bilan birga shirin ichimliklar tayyorlash uchun shakar ham saqlangan. SHarobdorlar amirlar orasidan tayinlanib, uning qo‘l ostida bir nechta g‘ulomlar bo‘lgan.
  • CHingiziylar davlatining tashkil topishi va O‘rta Osiyoni bosib olishi.
  • Siyosiy tarix. O‘rta asrlarning manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, XII asr oxiri-XIII asr boshlarida mug‘ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari bo‘lib o‘tadi. YOzma manbalarda mug‘ullar menu(menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618-908 y.y.) solnomasida tilga olinadi. Aksariyat manbalarda mug‘ullarning birlashuv jarayonlari Temuchin nomi bilan bog‘lanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Temuchin 1155 yilda tug‘ilgan bo‘lib, boy mug‘ul zodagoni Esugay Bahodirning o‘g‘lidir.
  • “YAsoq” lar. Xon hokimiyati va davlat boshqaruvi. 1203 yildayoq mug‘ullar davlatida hali bir tizimga ega bo‘lmagan qonunlar to‘plami vujudga kelib, u o‘z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihatlar) larni jamlagan edi. “Buyuk yasoqlar” yoki CHingizxon yasoqlari (mug‘ullar – zasoq, yosun) “qoida”, “qonun” degan ma’noni anglatadi. YAsoqlar to‘la holatida 1206 yilgi mug‘ul zodagonlari qurultoyida qabul qilinib, 1218 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va 1225 yilda so‘nggi marta tahrir qilinadi. Juvayniy ma’lumotlariga ko‘ra, yasoqlar uyg‘ur yozuvida tumorlarga (o‘rog‘li qog‘ozlarga) yozilgan bo‘lib, “YAsoqlarning buyuk kitobi” (“Yasanomai buzurg”) deb nomlangan. Bu qog‘oz o‘ramlari nisbatan obro‘li bo‘lgan shahzodalarda saqlangan. YAsoqlarning asl nusxasi bizgacha etib kelmagan. Uning ayrim qismlari qisqartirilgan holda Juvayniy, Rashididdin, Vassaf, Ibn Batuta, Abul Faraj, Makriziy asarlarida uchraydi.
  • Rahmat

Download 111.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling