O`zbekistonda ilk o`rta asrlar davlatchiligi tarixi


Download 41.63 Kb.
bet1/2
Sana24.11.2023
Hajmi41.63 Kb.
#1796798
  1   2
Bog'liq



O`zbekistonda ilk o`rta asrlar davlatchiligi tarixi (V -VII acrlar)
Reja:
1.Eftalitlar davlatidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyat va ularning idora tizimi.
2.O‘rta Osiyoda Turk xoqonligi davlatining vujudga kelishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyati.
3.Markaziy Osiyoda arab xalifaligi davlatining tashkil topishi.
Tayanch tushunchalar
IX-XII asrlarda Arab xalifaligi xukmronligiga karshi milliy ozodlik kurashlarining kuchayishi va bir kancha maxalliy sulolar vakillari boshchiligida davlatlarning yuzaga kelishi. Xurosonda Toxiriylar davlatning vujudga kelishi va davlat mustakilligiga intilishi. Toxiriylar ma’muriy bulini shva boshqaruv tizimi
Adabiyotlar:

  1. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T.: “SHarq”, 1998 y.

  2. Karimov I. Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi so‘zlagan nutqi. “Xalq so‘zi”, 1997 yil, 21-oktyabr.

  3. Karimov I. Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag‘ishlangan marosimda so‘zlagan nutqi. “Xalq so‘zi”, 2007 yil, 30-avgust.

  4. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T.: “SHarq”, 2001 yil.

  5. O‘zbekistonning yangi tarixi. Konseptual metodologik muammolar. T.: “Akademiya”, 1998 yil.

  6. Alimova D., Rtveladze E. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi. (ocherklar). T.: “SHarq”, 2001 yil.

  7. O‘zbekiston tarixi konsepsiyasi. “O‘zbekiston tarixi” 1999 yil, 1-son.

  8. Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi. T.: “CHo‘lpon”, 1998 yil.

  9. Ibrohimov A. Bizkim, o‘zbeklar. T.: “SHarq”, 1999 yil.

  10. Alimova D. O‘zbekiston mustaqilligining 15 yilligida tarixi fani. “O‘zbekiston tarixi”, 2006 yil, 4-son, 25-30 betlar.

V asrga kelib siyosiy maydonga eftaliylar sulolasi chiqadi. Ular to VI asrning ikkinchi yarmiga qadar mintaqa siyosiy hayotida etakchiliq qiladilar.


Eftaliylar kimlar? Ularga oid qator ma’lumotlarni biz xitoy, hind, fors, arman, suriya, lotin manbalaridan topishimiz mumkin. SHuni qayd etib o‘tish lozimki ularning hammasida ham eftaliylar atamasi uchramaydi. Sababi har bir til va yozuvning o‘z xususiyatlari bo‘lishida. Masalan, xitoy manbalarida eftaliylar ida, eda, idan, idyan atamalari ostida kelishini kuzatish mumkin1. Suriya va lotin manbala­rida esa eptal, abdal; arman yozuvlarida idal, tetal, xeptal; arab va fors mualliflari nazdida haytal, yaftal, xetal; hind manbalarida huna2 va hokazo.
Xitoylik mualliflar eftaliylarni turkiy tilli xalqlar (tukyue) bilan bog‘liq ravishda ta’riflab, ularning yuechji yo uyg‘ur qabilalariga tegishli ekanini ham aytib o‘tadilar3. Vizantiyalik Tarixchilar, masalan, Prokopiy (VI asr), «ular (ya’ni eftaliylar) xunlardandir, tanalari (esa) oq», deb masalaga aniqlik ham kiritib o‘tadi. Oq xuna, ya’ni eftaliylar haqida ma’lumotlar hind manbalarida ham bor. Paxlaviy yozuvida bitilgan «Bahman-YAsht»dagi sosoniylarning eftaliylar va boshqlalar bilan munosabatiga doir quyidagi tarixiy tasdiqlar e’tiborni tortmay qolmaydi: «(Erondagi) podshohlik va oliy hokimiyat eroniy bo‘lmagan qulvachchalarga, ya’ni xion, turk, haftal (eftal), tibetliklar... qo‘liga o‘tdi»5. Ko‘rinib turganidek, eftaliylar to‘g‘ridan-to‘g‘ri turkiy shajaraga bog‘lanayapti. Ba’zi bir tadqiqotlarda esa ularning kelib chiqishini eroniy xalqlar bilan bog‘lashga urinish hollari ham uchrab turadi2. Vazifamiz bo‘lmagani uchun bu erda biz Turkiston xalqlarining mazkur davr etnogenezi masalasiga to‘xtab o‘tishni lozim topmaymiz. Ammo bizga ma’lum va IXtiyorimizda bo‘lgan biron-bir manbada eftaliylarning eroniy xalqlar jumlasiga kirgani yo bo‘lmasa sho‘nga biron ishorani uchratganimiz yo‘q. Buning ustiga yuqorida tilga olingan «Bauman-YAsht»da lo‘nda qilib eftaliylar eroniy emas, deb yozib qo‘yilgan. SHu bilan birga biz boshqa bir masalaga diqqatni jalb etmoqchimiz. Xitoy manbasidagi quyidagi guvohlikka e’tiborni qarataylik: «Idan (eftaliylar) sulolasi Xan sulolasi davridan ma’lum Katta YUechji avlodidan. Daxya (Baqtriya) bu Tuhola (Tohariston) demakdir. (Bu erlik) hukumdorning nomi Iede (Eftal, eftalan, eftalit) bo‘lgan. (Keyinchalik) uning avlodlari (bu) nomni davlat nomiga aylantirib yuborganlar. Urf-odatlari tukyuelar-nikvday (turklarnikiday)»1. SHu qabildagi dalillarni o‘zida jo etgan bir qator boshqa manbalar tahili shunday xulosaga olib keladiki, eftaliylar Turkiston mintaqasida yashab kelgan qadimiy urug‘ vakillaridan shakllangan sulola bo‘lib, V asrda tegishli sharoit tug‘ilishi bilan siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritishga erishganlar.
Bilamizki, so‘nggi kushoniylar davrida davlatning siyosiy, iqtisodiy va tashqi munosabatlardagi ta’siri zaiflashib borgan. Ajab emas, bunday dolatdan norozi va aksincha, tashqi munosabatlardagi faollikdan manfaatdor mamlakat siyosiy va savdo doiralari eftaliylarning oliy hokimiyatga intilish harakatlarini qo‘llab-quvvatlaganlar. Zero, mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lida to‘xtab qolmasligi uchun qat’iy siyosatchiliq faoliyati zarurligi barchaga ayon narsa. Ana shu tarixiy vazifani uddalash V asrning ikkinchi yarmida efta­liylar yo xitoylik Tarixchilar tili bilan aytganda eftal (Eftalan) avlodlari bo‘yniga tushgan. Ular oliy hokimiyatni qo‘lga kiritgach, o‘z sulolalarini (ehgkumatlarini) bobolari nomi bilan bezaganlar. Bo‘nga o‘xshash hollarni biz mintaqa tarixida ko‘plab uchratishimiz mumkin: Somon-somoniylar, Saljuq-saljuqiylar, Temur-temuriylar va hokazo. Eftaliylar atamasi shu sulola asoschisi eftalan nomidan kelib chiqqanini vizantiyalik Feofan ham yozgan. SHuni ham qat’iy tasavvur qilish mumkinki, VI asrda ashinaliylardan mag‘lubiyatga uchraganlaridan keyin ham eftaliylar xonadoni o‘z doirasidagi faoliyatni davom ettiravergan. Eftaliylar sulolasining VII asrda ham barhayotligini shundan bilsa bo‘ladiki, xitoy manbalariga ko‘ra, 605—617 yillar oralig‘ida ular Xitoy hukmdori saroyiga o‘z elchilarini yuborib turganlar. Aftidan, bu eftaliylarning davlat tepasida turgan vakrtarida-gi Xitoy bilan o‘rnatgan o‘zaro sulolaviy aloqalarning davomi bo‘lishi kerak. Nafaqat Piro‘z, balki uning akasi Xurmo‘zd (457— 459) ham eftaliylar yordamida taxtni qo‘lga kiritgani ma’lum. Eftaliylar va sosoniylar o‘rtasidagi bu kabi munosabatlar sababini tushunish qiyin emas. CHunki Xurmo‘zd va Piro‘zlar o‘z vaqtida taxt vorisi sifatida Sosoniylar davlatining sharqiy viloyatlarini (Seyistondan Marg‘iyonagacha bo‘lgan hudud) boshqarganlar (Xurmo‘zd 420—457 yillari; Piro‘z 457—459 yillari). SHu munosabat bilan ular qo‘shni o‘lka siyosiy, savdo doiralari bilan yaqindan muomalada bo‘lganlar. Bu yaqinlik qay daraja bo‘lganligini shundan ham bilib olsa bo‘ladiki, sosoniylarning mazkur hududlarini boshqargan taxt vorislari «Kushon hukumdori» unvoniga ega bo‘lganlar. Bu ma’lum vaqt muqqaddam kushoniylar egalik qilgan viloyatlar ustidan xukmronlik va qolganlariga da’vogarlik degani bilan barobar. SHu erda Xitoy manbalarida sosoniylarning kelib chikdshini yuechjilar bilan bog‘lashga doir xollarni eslab o‘tish foydadan holi bo‘lmaydi. Mazkur guvohiklar, hatto afsonavor bo‘lganda ham, sosoniylarning Turkiston bilan yaqinligi ko‘zga tashlanib turgan hol. Buning isbotini Xurmo‘zd va Piro‘zning eron taxtiga chiqishlarida eftaliylar ko‘rsatgan yordam orqali ham ko‘rish mumkin. Faraz kd[tish mumkinki, bu siyosiy tadbirdan nafaqat eftaliylar, balki mintaqa savdo-iqtisodiy doiralari ham manfaatdor bo‘lganlar. Aftidan, mo‘ljalga ko‘ra, SHarqiy Turkistondan Rim saltanatigacha bo‘lgan ulkan hududni yaxlit iqtisodiy-savdo makoniga aylantirish asosiy maqsad bo‘lgan. O‘z o‘rnida Piro‘z eftaliylarning yuksalib borishini vaqtinchalik deb bilib, ular kuchidan eron taxtiga kelish uchun foydalangan bo‘lishi kerak. Ammo eftaliylar qudrati oshib, tez orada ular sosoniylarga ham ta’sir o‘tkazishini anglagan Piro‘z eftaliylarga qarshi jangga kiradi. Dastlabki to‘qnashuvlardayok, eftaliylar tomonidan asirga olingan Piro‘zni Vizantiya hukumdori o‘rtaga tushib, tutqunlikdan ozod qilishga erishadi3. SHo‘nga qaramay Piro‘z yana eftaliylarga qarshi harbiy yurish uyushtiradi. Bu safar qo‘lga tushgan Piro‘z o‘ttiz xachir kumush dirham evaziga qo‘yib yuboriladi2.
Kushoniylar davridagi kabi eftaliylar zamonida ham saltanat yakka hukumdor tomonidan boshqarilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra taxt otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa o‘sha taxtga o‘tirgan3. Demak, ana shu nomzodni aniqlab taqdim etadigan qandaydir bir kengash ham mavjud bo‘lgan. Bu kengash sulolaning mo‘‘tabar namoyandalari hamda saltanat arkonlaridan iborat bo‘lgan bo‘lsa ham ehtimoldan holi emas. Eng muhimi eftaliylar davrida davlatimiz qonunlar asosida boshqarilganini alohida ta’kidlash lozim. Rumlik Prokopiy (VI asr) «Eftaliylar davlat-ni qonunlar asosida boshqaradilar» deb yozarkan, ushbu qonunlar turkiy tuzuklar bo‘lgani shubhasizdir4.
Ajdodlarimizning so‘nggi ming yil ichidagi harbiy mahorat bobidagi tajribasi eftaliylar davrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ular lashkarining asosini otliq askarlar tashkil etib, o‘z davrining eng qudratli harbiy kuchlaridan hisoblangan. Bo‘nga dalil sifatida sosoniylarning Vizantiya bilan birga efta­liylarga qarshi chiqadi va mag‘lubiyatga uchrashlari hamda ashinaliylarning sosoniylar bilan birgalikda eftaliylarni engishlariga doir guvohliklar xizmat qilishi mumkin. Qarang-a, eftaliylar harbiy qudrati nechog‘liq bo‘lgan.
Mintaqa shaharlari tarixida V asr oxiri — VI asr boshlari katta jonlanish yillari bo‘lgani ma’lum. Ayniqsa, kichik shaharlarning tezlik bilan o‘sib borishi, hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘nlarning yuzaga kelishi va ko‘payishi Xorazm, So‘g‘diyona, SHosh va Baqtriya viloyatlarida keng kuzatiladi. Bunda iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. O‘ylaymizki, mintaqamizning an’anaviy iqtisodiy imkoniyatlari (dehonchiliq, sun’iy sug‘orish, chorvachiliq, bog‘dorchiliq, hunarmandchilik va boshqalar) bu davrda xam o‘z ravnaq yo‘lida to‘xtamaganligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Manbalarda bu borada hech bir yo‘qotish bo‘lmagani haqida guvoxhiklar etarli.
Eftaliylar davrida mintaqada so‘g‘dcha, xorazmcha, buxorocha, eftaliycha yozuvlar mavjud bo‘lganini qayd etish lozim. Eftaliy yozuvi haqida xitoy-lik Syuan szan shunday yozgandi: «YOzuvlaridagi asosiy harflar soni yigirma beshta bo‘lib, ular yordamida iboralar, so‘zlar yasaydilar. Sahifaga xatni eniga tushiradslar, chapdan o‘ngga farab o‘qdydilar». Diniy e’tiqodlar borasida ham xilma-xillikni ko‘rish mumkin. Ulkan saltanat ahli zardushtiylik, qadimiy e’tiqodlardan Siyovush, Anahita, Mitraga, buddaparastlik (asosan SHimoliy Hindistonda) kabi dinlarga sig‘ingan. SHu bilan birga o‘lkada Moniy va Mazda (mazdakiylik) ta’limotlari ham tarqab borgan.
Eftaliylarning tashqi aloqalari, yuqorida ta’kidlanganidek, eron bilan g‘oyatda keskin kechgan. Buning sabablaridan biri sosoniylarning ham G‘arb va SHarq, o‘rtasida savdo aloqalarida etakchi o‘rinni egallashga qaratilgan urinishlarida edi. Sosoniylarning eftaliylarga o‘lpon to‘lashi Piro‘zning o‘g‘li Kubod (Kavod) xukmronligi yillarida ham davom etadi. SHu bilan birga qulay sharoit tug‘ildi deguncha eftaliylar sosoniylarning ichki ishlariga aralashishga harakat qilganlar. Masalan, 496 yili taxtdan ag‘darilib tashlangan Kubod qochib eftaliylar oldiga boradi. Suriyalik Ieshu Stilitning yozishicha, u «ko‘zida yosh bilan har kuni (eftaliylar xukmdoridan) lashkar bilan qo‘llab-quvvatlashni iltimos qilardikim, to... yana davlat boshqaruvini qo‘lga olsam» deb4. Xaqiqatan, eftaliylar yordamida Kubod 499 yili yana eron taxtiga o‘tiradi. Eftaliylar sosoniylarni o‘zlariga qaram qilib olganlaridan so‘ng ularning imkoniyatlaridan Vizantiyaga qarshi kurashda foydalanmokchi ham bo‘ladilar. CHunonchi, eftaliylarning Vizantiyaga qarshi 502 yildagi yurishi sosoniylar ishtirokida amalga oshirilgan.
Eftaliylarning Xitoy bilan munosabatlari aso­san, savdo-sotiq orqali amalga oshirilib, bunda yuqorida aytilganidek, Buyuk ipak yo‘lining shimoliy va janubiy yo‘nalishlarining mintaqamiz orqali o‘tishi katta ahamiyat kasb etgan. Eftaliylarning Markaziy Hindiston, evropaning eng sharqiy viloyatlari bilan ham yaqin aloqalarda bo‘lganlari ma’lum.
SHunday qilib, V—VI asrlarda mamlakatimizda, umuman, mintaqada yuz yildan ortiq davr davomida eftaliylar sulosi xukmronlik qiladi. Davlatni boshqarishda ular o‘tmish dongdor sulolalardan qolishmaganlar. Aksincha, so‘nggi kushoniylar zamonida bosh-boshdoqlik yo‘liga kirgan mamlakatni qaytadan birlashtirib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar va tashqi aloqalar taraqiyotini an’anaviy yuksak darajada tutib turish ishiga bosh-qosh bo‘lganlar.

Download 41.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling