O’zbekistonda meteorologiya xizmati


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1166933
  1   2
Bog'liq
Taqdimot



O’ZBEKISTONDA 
METEOROLOGIYA XIZMATI
BAJARDI: MANNAPOVA MOHIRA
TEKSHIRDI: MAHMUDOV QOBILJON


REJA:
1.O’ZBEKISTONDA GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI.
2.O’ZBEKISTONDA GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR.


1.O’ZBEKISTONDA GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI MARKAZI -
OʻZGIDROMET RESPUBLIKAMIZDA GIDROMETEOROLOGIYA SOHASIDAGI 
MUAMMOLARNI HAL QILISH UCHUN MAXSUS VAKOLAT BERILGAN DAVLAT 
ORGANIDIR.
GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI MARKAZINING VAZIFALARI QATORIGA 
GIDROMETEOROLOGIK KUZATUVLAR DAVLAT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA 
TAKOMILLASHTIRISH, IQTISODIYOT TARMOQLARINI GIDROMETEOROLOGIK 
TAʼMINLASH, ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI OLIB BORISH, OB-HAVO, DARYOLARDAGI 
SUV MIQDORI, IQLIM OʻZGARISHINI QISQA MUDDATLI VA UZOQ MUDDATLI 
PROGNOZLASHNI TAKOMILLASHTIRISH KIRADI.


O’ZGIDROMET BMT BOʻGʻINLARIDAN BIRI — JAHON METEOROLOGIYA 
TASHKILOTINING (JMT) AJRALMAS QISMI BOʻLIB, UNING ASOSIY MAQSADI OB-HAVO VA 
IQLIMNI KUZATISH, DAVLATNING METEOROLOGIK, GIDROLOGIK VA BOSHQA 
KUZATUVLARI BOʻYICHA MAʼLUMOTLARNI YIGʻISH VA ALMASHISHDA HAMKORLIK 
QILISHDAN IBORAT. 1967-YILDAN BERI TOSHKENT MARKAZIY OSIYO, YAQIN SHARQ VA 
ROSSIYANING OSIYO QISMIDAGI DAVLATLARDA METEOROLOGIK MAʼLUMOTLARNI
TOʻPLAYDIGAN, OB-HAVO XARITALARI VA PROGNOZLARINI TAYYORLAYDIGAN VA 
TARQATUVCHI 29 TA MINTAQAVIY METEOROLOGIYA MARKAZLARIDAN BIRI HISOBLANADI. 
BU BUTUNJAHON OB-HAVO KUZATUVI TIZIMIDA OʻZGIDROMETNING MAS’ULIYATLI 
SOHASIDIR. OʻZGIDROMET TUZILMASI ATROF-MUHIT HOLATINI KUZATISH UCHUN 400 
DAN ORTIQ PUNKTLARNI OʻZ ICHIGA OLADI. RESPUBLIKA HUDUDIDA 1921-YILDAN 
BOSHLAB METEOROLOGIK, GIDROLOGIK VA AGROMETEOROLOGIK KUZATISHLAR OLIB 
BORILADI. SUV HAVZALARI, HAVO, TUPROQ HOLATINING EKOLOGIK MONITORINGI 1972-
YILDAN BOSHLAB OLIB BORILADI.



TOSHKENTDA METEOROLOGIK
KUZATISHLAR 1867-YILNING DEKABR OYIDAN 
BOSHLAB OLIB BORILADI. 1870-YIL MART 
OYIDAN BOSHLAB „TURKESTANSKIE
VEDOMOSTI“ (TOSHKENT) GAZETASIDA OB-
HAVO VA METEOROLOGIK KUZATISHLAR 
TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR EʼLON
QILINADI. 1873-YILDA TOSHKENT 
ASTRONOMIK VA FIZIKA OBSERVATORIYASI 
ISHLAY BOSHLADI. 1876-YIL SENTABRDA 
TOSHKENT OBSERVATORIYASI 
METEOROLOGIYA STANSIYASI OCHILDI VA 
HOZIRDA HAM FAOLIYAT KOʻRSATMOQDA.


20-ASR BOSHLARIGA KELIB OʻZBEKISTON HUDUDIDA 11 TA GIDROMETEOROLOGIYA
STANSIYALARI TASHKIL ETILGAN. OʻZBEKISTON GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATINING 
RASMIY TUGʻILGAN KUNI 1921-YIL 7-MAY. 1931-YILDAN GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI 
HAM METEOROLOGIK, HAM GIDROLOGIK KUZATISHLAR OLIB BORADI. 1992-YILDAN 
GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI 
HUZURIDAGI GIDROMETEOROLOGIYA BOSH BOSHQARMASI (BOSHGIDROMET) 
MAQOMINI OLDI. 2004-YIL APREL OYIDAN BOSHLAB BOSHGIDROMET OʻZBEKISTON
RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI 
MARKAZIGA (OʻZGIDROMET) AYLANTIRILDI. 2017-YIL 1-IYUNDAN GIDROMETEOROLOGIYA
XIZMATI MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI 
TIZIMIGA OʻTKAZILDI. 2019-YIL 10-APRELDAN OʻZGIDROMET FAVQULODDA VAZIYATLAR 
VAZIRLIGI TIZIMIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TIZIMIGA 
OʻTKAZILDI.


GIDROMETEOROLOGIYA KO’PGINA KUZATUV 
TARMOKLARI TASHKI L ETADI. RESPUBLIKADA 47 
METEOROLOGIK, 10 GIDROLOGIK, 1 SUV BALANSI, 
5 KOʻL, 3 QORKOʻCHKI, 14 AVIATSIYA 
METEOROLOGIK STANSIYALARI, 1 ZONAL
AVIAMARKAZ, 1 BALANDLIK MATEOMAJMUA, 2 
ATROF MUHIT MONITORNIGI STANSIYASI, 87 
AGROMETEOROLOGIK KUZATISH PUNKTLARI, 
VILOYATLARDA QISHLOQ XOʻJALIGI EKINLARINI 
DOʻLDAN HIMOYA QILISH XIZMATI (57 PUNKTGA 
EGA; DOʻLDAN HIMOYA MAYDONI 741 MING GA) 
ISHLAYDI (2001).



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling