O‘zbekistonda monolit betonni tutgan o‘rni


Download 0.86 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1017741
  1   2   3
Bog'liq
O‘ZBEKISTONDA MONOLIT BETONNI TUTGAN O‘RNI


O‘ZBEKISTONDA MONOLIT BETONNI TUTGAN O‘RNI
So‘nggi paytda O‘zbekistonning ko‘chmas mulk bozori monolit qurilish texnologiyasi bo‘yicha yangi qurilgan uylar bilan to‘lmoqda. 
Odamzod o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida, qurilish uchun turli qurilish materiallaridan foydalangan. Biroq bugungi kungacha eng ishonchli inshootlardan biri bo‘lib temir -betondan qurilgan yaxlit imoratlar hisoblanadi. Monolit qurilish texnologiyasi tasodifan kashf etildi, XIX asrning 60-yillarida fransuz Jozef Mone o‘zining dala hovlisini armatura bilan beton bortlardan foydalangan holda qurar ekan. XX va XXI asrning tutashgan nuqtasida esa g‘ishtli uylar o‘z o‘rnini, yomg‘irdan so‘ng qo‘ziqorinlar kabi o‘sib chiqqan, panelli uylarga bo‘shatdi. Ushbu panelli uylar vaqt talabiga binoan, xonadonlarning narxi osmon bo‘lmagan holda, uylarni tez qurish kerak bo‘lgan paytda paydo bo‘ldi. Tabiiyki, vaqt o‘tishi bilan “tez, sifatli, ommabop” mashhur uchligida barcha tarkibiy qismlar muhim ekanligi hamda sifatda murosalarga yo‘l qo‘yish mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli, g‘ishtli va panelli uylar o‘rnini monolit uylar egalladi.
O‘zbekistonda monolit uylar ommaviy ravishda nisbatan yaqinda qurilishni boshladi. Shu paytdayoq, me’morchilik shakllarini yaratishda nihoyatda kamtarin bo‘lgan panelli uylar monolit uylarga birinchilikni berishi ma’lum edi. Bunda monolit qurilishning katta qismini, me’morning xayolini aslo cheklamaydigan yechimlar tashkil qiladi. Uylarning o‘zi ham yuqori darajali issiqlik, namlik o‘tkazmaydigan xususiyatlarga ega bo‘lib, tashqi ta’sirlarga bardoshli hisoblanadi.
Aynan shu sababdan, yangi uylar bozori so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda monolit uylar bilan to‘lib bormoqda. First Development Group developerlik kompaniyasidan Parkent Plaza 3 turar joy majmuasining misolida bunday konstruksiyaning xususiyatlari nimada ekanligini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Monolit uy…
Bu uy qurishning maxsus texnologiyasi bo‘lib, unda tashqi devorlarning hammasi, bino karkasi (sinchi)ning o‘zi va tomlari ham betondan quyiladi, shu tariqa ulangan va payvandlangan joylarsiz yaxlit konstruksiya hosil bo‘ladi.
Yunon tilidan tarjima qilinganda monolit “yaxlit tosh, palaxsa” degan ma’noni anglatadi. Temir-betondan qurilgan uylar, mustahkam bo‘lib, uzoq vaqt xizmat qilganligi tufayli mazkur ta’rifni to‘kis oqlaydi. Bunday uylarning asosiy masallig‘i – armatura va beton. Bir qarashda bari juda odidiy tuyulsada, ushbu texnologiya ko‘pgina nozik jihatlarga ega.
Monolit uylarning bir nechta turi bor. Masalan, Parkent Plaza 3 turar joy majmuasi monolit karkasli (sinchli) texnologiya asosida qurilib, unda karkas (sinch) asosiga poydevorda butun binoning o‘ziga xos “skelet”iga aylanadigan beton ustunlar o‘rnatiladi. Mazkur ustunlar orasiga beton bilan quyiladigan devorlar teriladi.
Majmuaning qurilishida faqatgina Rossiyadan keltirilgan yuqori sifatli armatura va butun dunyoda opalubkalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri hisoblangan, nemis kompaniyasi Peri Gmbh’ning opalubkalari ishlatilgan.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling