О’zbekistonning eng yangi tarixini о’qitish


Download 21.92 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1134584
Bog'liq
О’zbekistonning eng yangi tarixini о’qitish va о’rganish tizimining tashkil etilishi


О’zbekistonning eng yangi tarixini о’qitish va о’rganish tizimining tashkil etilishi.
Mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan о’tmish voqeligi xususida tarixiy adolat qaror topdi, tarixni ilmiy va xolisona о’rganish imkoniyati yuzaga kelib, 2020-2021 о’quv-yilidan boshlab oliy ta’lim tizimiga ―О’zbekistonning eng yangi tarixi» fani kiritildi.
О’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tarixini chuqur о’rganish juda dolzarb vazifa ekanini, bugungi tinch-osoyishta kunlarning qadriga yetish, mustaqilligimizni mustahkamlash haqida tо’xtalar ekan, о’sib kelayotgan yosh avlod istiqlolimiz tarixini chuqur о’rganishi, bunday kunlarga osonlik bilan erishilmaganini tushunib, anglab yetishi zarurligini doimo ta’kidlagan edi . О’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli о’rganish dolzarbligi tufayli 2012-yil 27-yanvarda О’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-1694) bilan О’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida О’zbekistonning eng yangi tarixi bо’yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etilgan edi. Jamoatchilik kengashi va uning ishchi organi bо’lgan muvofiqlashtiruvchi Markaz о’zining 5 yillik faoliyati davomida istiqlolning dastlabki chorak asrida amalga oshirilgan ishlar aks etgan turli mavzulardagi monografiyalar, tо’plamlar va ilmiy jurnallarni nashr etish ishini boshqarib, ularning ilmiy-uslubiy va metodologik mazmunini muvofiqlashtirib bordi.
2016-2017-yildan mustaqil О’zbekiston о’zining yangi rivojlanish pallasiga kirdi. Oldingi-yillarda amalga oshirilgan tub-ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi о’laroq ijtimoiy hayotda sodir bо’layotgan tub о’zgarishlarni yangicha talqin qilish tarixiy zaruratga aylandi.
О’zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va о’qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, о’quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar о’quvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirishdi.
О’zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli о’rganishni tashkil etish, О’zbekistonning eng yangi tarixi bо’yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bо’lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qо’shgan о’zbek xalqining tarixiy о’tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yо’l qо’ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;
* demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning “о’zbek modeli” mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni saqlash bо’yicha keng kо’lamli ishlarni, hozirgi dunyoda О’zbekistonning roli va о’rnini chuqur о’rganish va yaqqol ochib berish;
* ilmiy, о’quv, о’quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda О’zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi О’zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog’liq holda kо’rib chiqishni ta’minlash;
Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling