O’zbekistonning ma`muriy-hududiy tuzilishi reja


Download 37.25 Kb.
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi37.25 Kb.
#1100581
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)


O’ZBEKISTONNING MA`MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
Reja:
1. Ma`muriy-hududiy tuzilish
2. O’zbekiston Respublikasining hududiy tuzilishi
3. Qoraqalpoqiston Respublikasining huquqiy holati
MA`MURIY HUDUDIY TUZILISH TUSHUNCHASI
Davlat tuzilishi deganda davlatning siyosiy va ma`muriy hududiy tuzilishi, uning bo’laklari, uning markaziy organlari, bu organlarning joylardagi mahalliy organlari, bu organlar bilan o’zaro aloqalari xususiyati tushuniladi.
Milliy davlat tuzilishi deganda, davlatning tuzilishi, uning ma`muriy-hududiy bo’linishi, davlat bilan uning tarkibiy qismlarining o’zaro munosabatlari, davlat va uning tarkibiy qismlarining huquqiy holati, ularning vakolatlari tushuniladi.
Davlat tuzilishiga va uning shakliga uch narsa ta`sir etadi:
§ Muayyan davrda jamiyat va davlat oldida turgan iqtisodiy vazifalar va siyosiy maqsadlar;
§ Davlatdagi millatlarning soni va o’zaro munosabatlari;
§ Davlat hududining katta yoki kichikligi.
Milliy davlat tuzilishi ma`lum principlar asosida amalga oshiriladi. Ular:
§ Millatlarning suverenligi va teng huquqliligi;
§ Millat va elatlarning ozod rivojlanishi;
§ Baynalminallik, millatlarning hamkorligi va do’stligini ta`minlash.
O’zbekiston Respublikasining hududiy tuzilishi
O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar shuningdek Qoraqalpoqiston Respublikasidan iborat.
O’zbekiston Respublikasining davlat tuzilish jamiyatimizning siyosiy tashkillashtirilishida muhim o’rin tutadi va mustaqillikning real ifodasi hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bilan belgilangan hududiy tashkillashtirishdir. Ushbu masala davlatning tarkibiy qismlarga bo’linishini, bir butun davlat bilan uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatini bu qismlarning har birini huquqiy holatini qamrab oladi.
Ma`muriy-huquqiy bo’linma - bu ma`muriy-huquqiy tuzilish tizimining mustaqil tarkibiy qismi bo’lib, bunda davlatning vazifalari va asosiy funkciyalariga muvofiq tarzda davlat apparati mahalliy organlarining strukturasi tuziladi va faoliyati amalga oshiriladi.
Ma`muriy huquqiy bo’linmalar deganda, har bir davlatning joylardagi huquqiy bo’laklari tushuniladi.
Ma`muriy hududiy bo’linish ikki xilda namoyon bo’ladi:
Download 37.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling