O’zbekistonning ma`muriy-hududiy tuzilishi reja


§ siyosiy-hududiy bo’linish


Download 37.25 Kb.
bet2/2
Sana19.01.2023
Hajmi37.25 Kb.
#1100581
1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)


§ siyosiy-hududiy bo’linish;
§ ma`muriy-hududiy bo’linish.
Ma`lum davlat hududida siyosiy jihatdan alohida davlat mavjud bo’lsa, bunday davlatning hududiy bo’linishi murakkab hisoblanib, u siyosiy-hududiy bo’linishga ega bo’lgan davlat deyiladi.
Agar davlat faqat ma`muriy-hududiy bo’laklardan iborat bo’lsa, bunday davlat ma`muriy-hududiy bo’linishga ega davlat deyiladi.
O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilish jarayoni dastlab ikki bosqichda o’tkazildi. Birinchi bu – O’rta Osiyo milliy davlat chegaralanishi bo’lib u davlat tarixiga ma`muriy-hududiy rivojlantiruv degan nom bilan kirib keldi (1924-1925 yillar).
Ikkinchi bosqich – oblast`, uezd, volst, qishloq soveti shakllaridagi to’rt bo’qinli ma`muriy bo’linishdan – okrug, rayon, qishloq soveti shakllariga o’tish orqali amalga oshirildi. 1930 yildan boshlab okrug ma`muriy birligi oblast` ma`muriy birligi bilan almashtirildi.
O’zbekiston davlati o’z mustaqilligiga konstitusiyaviy, tinch yo’l bilan erishdi. Uning ma`muriy-hududiy tuzilishi ham barcha davlat organlari institutlari singari o’zining konstitusiyaviy kafolatlariga egadir. Bu to’qrisida Respublikamiz Konstitutsiyasining yuqorida ko’rsatilgan 16 bobi 68-moddada tasdiqlangan.
Qoraqolpoq’iston Respublikasining huquqiy holati
Qoraqalpog’iston Respublikasi suveren bo’lib, O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpoq’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasini o’zi tasdiqlaydi. O’zining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini o’zi mustaqil hal qiladi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini o’zi belgilaydi. Davlat hokimiyati tizimini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga taqsimlanishi asosiga quradi, O’zbekiston Respublikasi siyosatiga mos holda o’z mustaqil siyosatini yurgizadi. Qoraqalpoqiston Respublikasi hududi bo’linmas daxlsizdir. Bu millatning o’z eriga o’z boyliklariga o’zi egalik qilishidir. Bu tenglararo teng bo’lish, keng dunyo minbariga chiqish, xalqaro munosabatlar o’rnatish huquqidir. Koraqalpoqiston Respublikasi davlat tili qoraqalpoq va o’zbek tilidir.
Bu millatning o’z taqdirini o’zi belgilashi va farzandlari istiqbolini o’zi yaratishi, hal qilishidir. Bular O’zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza qilinadi.
Qoraqalpoqiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi singari ishlab chiqilib, umumxalq muhokamasiga qo’yilgan, so’ngra xalq erkin-irodasini hisobga olib, qabul qilingan. Koraqalpoqiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga aslo zid emas. Chunki Qoraqalpoqistonning O’zbekiston tarkibiga suveren davlat bo’lib kirishiga rozilik bildirgan xalq Qoraqalpoqiston Konstitutsiyasining ham O’zbekiston Konstitutsiyasiga zid bo’lishini aslo istamaydi. Chunki bu konstitusiyalar umuminsoniy qoyalar-tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va mamlakatlararo do’stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng uluq qoyalarga xizmat qiladi. Mana shu yangidan bunyod etilgan Qoraqalpoqiston suveren Respublika va mustaqil O’zbekiston Respublikasi xalqlarining abadiy birligi va qon-qarindoshliginiQKoraqalpoqistonning yangi qabul qilingan Asosiy qonuni ham tasdiqlaydi va Qoraqalpoqiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshdan-oyoq ana shunday olijanob manfaatlar ruhi bilan suqorilgandir.
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo’lganidan qat`iy nazar, hamma uchun tengdir va bu bilan u Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda mustahkamlanib qo’yilgan huquq va erkinliklarga ega buladi. huningdek, u ma`lum burchlarni bajarishga majburdir. hu ma`noda O’zbekiston Respublikasi qonunlarining Koraqalpoqiston Respublikasi hududida ham majburiyligi, ayni vaqtda, Koraqalpoqiston fuqarolari uchun ham majburiydir.
O’zbekiston Respublikasining hozirgi ma`muriy-hududiy bo’linishi respublikaning ishlab chiqarish kuchlar ahvolini, ularning joylashish xarakterini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi.
Viloyat respublika ma`muriy-hududiy tizimidagi yuqori bo’qinidir va eng yirik bo’linma sifatida alohida o’rin tutadi. Hududiy tizimining qolgan bo’qinlari - tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul, viloyatning tarkibiy qismlari, ichki bo’qinlari bo’lib, shu tariqa u muhim tashkiliy funkciyani bajaradi. Chunki u orqali respublika davlat vakillik hokimiyat organi va boshqaruv idoralari bilan aloqa boqlashning butun tizimi amalga oshadi. Bunday holat viloyat quyi turuvchi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga nafaqat rahbarlik qilishini, balki ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtirishni anglatadi.
Tuman-qishloq joylardagi iqtisodiy xo’jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita rahbarlik qilishning muhim bo’qinidir. O’zbekistonning ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan, yangi tabiiy resurslarni o’zlashtirish hamda aholi sonining o’sishi bilan ma`muriy-hududiy bo’linmalarining chegarasi, o’zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo’qinlari hisobiga ro’y beradi.
O’zbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika itoatidagi (Toshkent shahri), viloyat, Qoraqalpoqiston Respublikasi va tuman itoatidagi shaharlarga bo’linadi.
Qishloq, ovul, shaharcha - respublika ma`muriy-hududiy tizimidagi eng quyi bo’qinidir.

Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi — Oʻzbekiston hududining maʼlum qismlarga boʻlinishi.


Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishih.t.ga bagʻishlangan. Konstitutsiyaga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat" (68-modda). Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi maʼmuriyhududiy boʻlinishi mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishi, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriyhududiy tizimidagi yuqori boʻgʻindir va eng yirik boʻlinma sifatida alohida oʻrin tutadi. Hududiy tizimning qolgan boʻgʻinlari — tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki boʻgʻinlaridir. Qishloq joylaridagi iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiymadaniy hayotga tumanlar orqali bevosita rahbarlik amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika boʻysunuvidagi, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman boʻysunuvidagi shaharlarga boʻlinadi. Respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, maʼmuriy markaz boʻlgan shahar (Toshkent shahri) kiradi. Viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, kommunal xoʻjaligi, davlat uyjoy fondi, rivojlangan ijtimoiymadaniy muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari mavjud boʻlgan hamsa aholisi 7 ming kishidan kam boʻlmagan va uning 2/3 qismini ishchi, xizmatchilar, ularning oila aʼzolari tashkil etgan shaharchalar, aholi punktlari kiradi. Qishloq, ovul, shaharcha — respublika maʼmuriy-hududiy tizimidagi eng quyi boʻgʻinlar. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yoʻl staitsiyalari va boshqalar muhim obʼyektlar yaqinida joylashgan hamda, qoida tariqasida, kamida 2 ming aholisi boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
"Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriyhududiy tuzilish, toponimik obʼyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida"gi qonun (1996-yil 30 avgust)da viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish tartibi belgilangan.

Aholining milliy tarkibi – Muayyan hudud yoki mamlakatda yashovchi aholining millatlar boʻyicha tarkibi. aholining milliy tarkibiga haqidagi maʼlumotlar aholi roʻyxati oʻtkazish va statistik roʻyxat olib borish yoʻli bilan aniqlanadi. Etnik statistika rivojlanmagan davlatlar, regionlarda esa aholining til birligiga, diniga qarab millatlarga, etnik guruhlarga ajratiladi.


Dunyo aholisining milliy tarkibini aniq bilish juda mushkul, chunki dunyoning koʻp qismlarida assimilyatsiya (qorishish) va konsolidatsiya (milliy jipslashish) jarayonlari keng tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda oʻtkazilgan roʻyxatlarda milliy tarkibi nisbatan toʻla yoritiladi. Baʼzi hollarda esa millatlar haqida maʼlumot toʻla koʻrsatilmaydi. Shuningdek, davlatlar boʻyicha kabul qilingan etnik terminologiyada ham farq mavjud. Masalan, ingliz, fransuz, ispan tilida soʻzlashuvchi koʻpgina mamlakatlarda „Millat“ tushunchasi doimo „Davlat“ tushunchasi bilan tenglashtiriladi va „millat“ atamasi davlatga mansublik – fuqarolikni bildiradi. Shuning uchun koʻp manbalarda etnik guruxdar – xalqlar haqida maʼlumotlar uchraydi. Dunyoda qariyb 3 ming xalq roʻyxatga olingan va ular turli qitʼalarda istiqomat qiladi.
Yevropa mamlakatlari aholining milliy tarkibiga boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi: 1) bir millatli davlatlar. Bu davlatlarning har birida asosiy millat 90 % va undan ortiqroq qismni tashkil etadi. Bu guruhga Polsha, Germaniya, Vengriya, Daniya, Shvetsiya kabi 20 dan ortiq mamlakat kiradi; 2) koʻp millatli davlatlar. Bu davlatlarga Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shveytsariya kabi mamlakatlar kiradi. Ularda asosiy millat bilan birga boshqa millatlar ham istiqomat qiladi va aholi tarkibida salmoqli oʻrinni egallaydi; 3) oraliq davlatlar. Bunday davlatlarda milliy masalaga oid muammolar toʻla hal qilinmagan. Oz sonli xalqlar va millatlarni majburan assimilyatsiya qilish siyosati amalga oshiriladi (Ispaniya, Irlandiya).
Osiyo koʻp millatliligi boʻyicha boshqa qitalardan ajralib turadi. Bu qitʼada bir millatli davlatlar juda kam. Ularga Yaponiya, Koreya va ayrim arab davlatlari – Yaman, Saudiya Arabistoni, Iordaniyani kiritish mumkin. Ayrim xalqlar bir necha davlatlar tarkibida qolib ketgan. Masalan, afgʻonlar (Afgʻoniston bilan Pokistonda), panjoblar (Pokiston bilan Hindistonda), kurdlar va boshqa
Afrika qitasi aholining milliy tarkibiga koʻra 3 etnik oblastga boʻlinadi:

  1. Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Afrika. Bu rayonlarda oʻzaro yaqin arablar va barbarlar yashaydi;

  2. Sharkiy va Gʻarbiy Sudan. Bu yerlarda fulbe, volof, gvineyaliklar, gurlar, xausa, ibo kabi xalqlar yashaydi;

  3. Tropik va Janubiy Afrikada madaniyati, urf-odati va tili oʻzaro yaqin boʻlgan bantu xalqdari yashaydi.

Amerika qitʼasi aholisining milliy tarkibida koʻpchilikni (95 %) Yevropadan koʻchib borgan xalqlar va ularning aralashuvidan vujudga kelgan guruhlar yashaydi. U yerda millatlar qaysi davlatda yashasa, shu davlat nomi bilan ataladi (amerikaliklar, kubaliklar va hokazo).
Avstraliya va Okeaniya aholisini etnik tarkibga koʻra ikki qismga ajratish mumkin:

  1. Avstraliya va Yangi Zelandiyada inglizlar va Yangi zelandiyalik inglizlar istiqomat qiladi.

  2. Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya o.larida aholi etnik qabila-qabila boʻlib yashaydi. Bu xalqlar umumiy nom bilan papuaslar deb ham ataladi.Oʻzbekiston ham koʻp millatli davlat. Respublikada 120 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Asosiy millat – oʻzbeklar (aholining 71,4 %); shuningdek ruslar (8,3 %), Tojiklar (4,7 %), Qozoqlar (4,1 %), Tatarlar (2,4 %), Qoraqalpoqlar (2,1 %) ham yashaydi (1989)


Download 37.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling