O’zbekistonning sharqiy hududlari ilk temir davri arxeologiyasi. Reja: O’zbekistonning sharqiy hududlari ilk temir davrining o’rganilishi


Download 15.64 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi15.64 Kb.
#1203179
Bog'liq
3-SEMINAR


S3. O’zbekistonning sharqiy hududlari ilk temir davri arxeologiyasi.
Reja:
1. O’zbekistonning sharqiy hududlari ilk temir davrining o’rganilishi
2. O’zbekistonning sharqiy hududlari ilk temir davrining moddiy manbalari
3. O’zbekistonning sharqiy hududlari ilk temir davrining o’ziga xos xususiyatlari
Chust va Eylaton madaniyati, Dalvarzintepa - mil. av. VIII-VII asrlar, Burg’ulik madaniyati, Nurtepa, O’ratepa (Mugtepa) Xo’jand, Farg’ona vodiysi hududlari, Qadimgi Choch va Ustrushona. Xorazm temir davri arxeologiyasi. Farg’ona vodiysi hududlarining ilk temir davri arxeologiyasi. (Chust va Eylaton madaniyati). Farg’ona vodiysi tarixining qadimgi davrlariga kelsak, yozma manbalarning cheklanganligi tufayli bu yerda arxeologik manbalar birlamchi ahamiyatga ega. Qadimgi Farg’onaning arxeologik jihatdan tadqiq etilishi holati yuzasidan shuni aytish mumkinki, qadimgi va o’rta asr shaharlari, ularning topografiyasi, fortifikasiyasi va umuman moddiy madaniyati o’rganishda arxeologlarimiz muayyan yutuqlarga erishmoqdalar. Asosiy e’tibor eski mozor qo’rg’onlar, qishloq manzilgohlari va shahar tipidagi qarorgohlarni o’rganishga qaratilgan edi.
 Chust yodgorligi asosan eradan avvalgi ikkinchi ming yillikning oxiri – birinchi ming yillikning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu manzilgohlar ichida eng mashhuri va yaxshi o’rganilgani Chust makonidir. Bu yodgorlik Chust shahridan ikki kilometr shimolda, G’ovasoy sohilida joylashgan ko’hna tepalik, ya’ni ko’hna kent, qishloq xarobasidir. Xalq tilida Buonamozor nomi bilan yuritiladigan bu manzilgoh dastlab 1950 yilda arxeolog M.E.Voronsev tomonidan tadqiq qilingan. 1951–61 yillarda arxeolog V.I.Sprishevskiy tomonidan o’rganildi. So’ngra 1974–82 yillarda Yu.A.Zadneprovskiy rahbarligida qidiruv ishlari olib borildi. 1982-84 yillarda B. Matbabayev tomonidan davom ettiriladi.
ADABIYOTLAR

  1. Анарбаев А.А. Ахсикент - столица древней Ферганы. Ташкент, 2013.

  2. Асқаров А.А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. Тошкент, 2015.

  3. Бердимуродов А.Э. Индиаминова Ш. Буюк ипак йўли. Тошкент, 2017.

  4. Бердимуродов А.Э., Токао Уно, Рахимов К.А. Добусияда ўтказилган археологик тадқиқотлар ҳақида. Археологические исследования в Узбекистане 2006-2007 года. Вып. -6. - Ташкент, 2009.

  5. Жабборов И. Антик маданият ва маънавият хазинаси. Т. "Ўзбекистон", 1999.

  6. Кдырниязов О.-Ш. Жанубий Оролбўйи шаҳар маданияти тарихи (VII-XV асрлар) // Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертация Афтореферати. Самарқанд, 2018.

  7. Турабеков М. Оборонителние сооружения древних поселений и городов Согд Нукус, "Каракалпакстан", 1990.

  8. Беленицкий А.М. Бентович И.Б, Большаков О.Г. Средневековый город Средней Азии. Л. 1973.

  9. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса. Т. 1982.

  10. Древнейшие государства Кавказа и Средняя Азия в раннем железном веке. Средняя Азия в античную эпоху Археология СССР с древнейших времен до средневековья Отв.ред. Г.А. Кошеленко. М. 1985.

  11. Древний и средневековый город Восточного Мавераннахра Отв.ред. д.и.н. Ю.Ф.Буряков. Т.1990.

  12. Исамиддинов М.Х., Сулайманов Р.Х. Ерқўрғон. Т. "Фан" , 1984.

  13. Исамиддинов М.Х. Сополга битилган тарих. Т. "Фан", 1993.

  14. Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры Самаркандского Согда. Ташкент, 2002.

  15. Кабиров Ж. Сагдуллаев А . Ўрта Осие археологияси. Т. 1990

Download 15.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling