O‘zbekistonning siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar hamda sovetlarning partiya organlariga qaramligi


Download 1.35 Mb.
Sana09.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#264184
Bog'liq
o zbekistonning siyosiy hayotidagi o zgarishlar hamda sovetlarning 031120192326

O‘zbekistonning siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar hamda sovetlarning partiya organlariga qaramligi

10-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 23-mavzu

Reja:

  • O‘zbekistonda siyosiy rahbariyatning o‘zgarishi.
  • Xalqning moddiy ahvolidagi ijobiy siljishlar.
  • Sovetlar va jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanganligi.

O‘zbekistonda siyosiy rahbariyatning o‘zgarishi.


O‘sha davrda sovet jamiyatining siyosiy tizimiga partiya, turli darajadagi Sovet organlari, kasaba uyushmalari, komsomol (yoshlar tashkilotlari) kirardi. Tizimning asosiy ustuni partiya hisoblangan.

1959-yil 15-martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga Sharof Rashidov (1917 – 1983) saylandi. U bu lavozimda umrining oxirigacha samarali faoliyat ko‘rsatdi.


Sharof Rashidov

U 1950 – 1959-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi sifatida o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi. U iste’dodli tashkilotchi va mohir rahbar edi.


Sh.Rashidov rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirishda muayyan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi.

1966-yildagi zilziladan so‘ng Toshkentni Toshkent metropolitenining qayta tiklash ishiga u ko‘p kuch-quvvat qurilishi va g‘ayratini sarfladi. Toshkent metropoliteni qurilishi uning tashabbusi bilan boshlangan. Metropolitenning birinchi navbati (9 ta bekat) 1977-yil noyabrda ishga tushirildi.

1959 – 1970-yillarda Yodgor Nasriddinova, 1970 – 1978-yillarda Nazar Matchonov, 1978 – 1983-yillarda Inomjon Usmon Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.


Inomjon Usmon Xo‘jayev

1959 – 1961-yillarda Orif Alimov, 1961 – 1971- yillarda Rahmonqul Qurbonov, 1971 – 1984-yillarda Normuhammadi Xudoyberdiyev O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimida mehnat qildilar.

Xalqning moddiy ahvolidagi ijobiy siljishlar.


XX asrning 60 – 80-yillarida avvalgi davrlarga nisbatan xalqning turmush darajasi nisbatan yaxshilandi, uning moddiy ahvolida ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.

Shahar va qishloq aholisi, xususan, qishloqlarda yashovchi o‘zbek oilalari yangi uy-joylar qurdi. Xonadonlarda televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinalari hamda yengil avtomobillar paydo bo‘lgan.

O‘zbek xalqining to‘y-hashamlari ham dabdabali o‘ta boshladi. Biroq bu davrda ham ma’naviyatga kuchli zarar yetkazilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston iqtisodiyoti Markaz manfaatlariga to‘la bo‘ysundirilgan.

KPSSning rahbarlik roli va hokimiyatning joylardagi siyosiy organlari.


Sovet jamiyatida davlat boshqaruvi organlari turli darajadagi Sovetlar bo‘lgan. Oliy Sovetdan boshlab qishloq sovetlarigacha bo‘lgan organlar mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishlari kerak edi. Aslida esa bunday bo‘lmagan.

1977-yil 7-oktyabrda qabul qilingan SSSRning yangi Konstitutsiyasi milliy respublikalar huquqini rasmiy chekladi va Markazga keng vakolatlar olib berdi.

Bu konstitutsiya KPSS MK Bosh sekretari va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi Leonid Ilich Brejnev (1906 – 1982) rahbarligida tayyorlandi va mamlakatda rivojlangan sotsialistik jamiyat qurish nazariyasini ilgari surdi.


Leonid Ilich Brejnev

Sovetlar va jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanganligi.

O‘zbekistonda ham xuddi butun Ittifoqda bo‘lgani singari mehnatkashlar deputatlari tuman, shahar, viloyat Sovetlari hamda respublika Oliy Soveti ikkinchi darajali masalalarni ham partiya komitetlaridan ruxsat olmasdan hal qila olmas edi.

Sovet hokimiyati davrida partiya nomenklaturasi (partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar) deb atalgan tartib-qoida mavjud bo‘lgan.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling