O‘zbekistonRespublikasi Suvxo‘jaligivazirligi Surxondaryoviloyatisuv omborlaridanfoydalanish boshqarmasi yig‘ilish bayoni


Download 27.49 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi27.49 Kb.
#1579428
Bog'liq
2022 yil 15 iyundagi bayonnoma


O‘zbekistonRespublikasi
Suvxo‘jaligivazirligi
Surxondaryoviloyatisuv
omborlaridanfoydalanish
BOSHQARMASI


YIG‘ILISH BAYONI



O‘zbekistonRespublikasi
Suvxo‘jaligivazirligi
Surxondaryoviloyatisuv
omborlaridanfoydalanish
BOSHQARMASI


YIG‘ILISH BAYONI

_____________________________________________________________________________

2022-yil“___” __________ _______–sonli


Qumqoʻrgʻon t.
Raislik qildi: I. Xolboyev - Boshqarma boshlig`i
Qatnashdilar: F.Abduraimov - Boshqarma boshliq o’rinbosari

hamda boshqarma boshqaruv apparati xodimlari




O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining 2022-yil 15-iyundagi 01/10-46- sonli yig’ilish bayoni haqida

Yig’ilish raisi boshqarma boshligʻi I.Xolboyev kun tartibidagi masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining 2022-yil 15-iyundagi 01/10-46-sonli yig’ilish bayonini yigʻilish ishtirokchilariga oʻqib eshittirdi.


Vazirlikning ushbu yig’ilish bayonida irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda vazirlik tasarrufidagi respublika va tizim tashkilotlari tomonidan yosh xodimlar uchun yotoqxonalarni tashkil etish va kelgusida bajariladigan dolzarb vazifalar va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 1-martdagi “Quyi bo’g’inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-145-sonli ijrosini ta’minlash maqsadida hurmatli vazirimiz Sh.R.Xamrayev tomonidan vazir o’rinbosarlari va boshqarma boshliqlariga topshiriq va ko’rsatmalar berilgan. Ushbu topshiriqni bajarishda sustkashlikka yo’l qo’yayotgan xodimlarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo’lgan choralar ko’rishi aytilgan .
Yigʻilish raisi I.Xolboyev O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining 01/10-46 -sonli yigʻilish bayoni mazmun-mohiyatini yigʻilish qatnashchilariga tushuntirdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib boshqarma xodimlari tomonidan taklif va fikr- mulohazalarni inobatga olib yig’ilish


QAROR QILADI:

1. O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirliginig 2022-yil 15-iyun 01/10-46-sonli yig’ilish bayoni ijro uchun qabul qilinsin.


2. Boshqarma boshliq o’rinbosari F.Abduraimov va kadrlar va maxsus ishlar boʻyicha katta inspektor V.Kondratenko va bosh xisobchi v.v.b. M.Choriyevga;
uch kun muddatda boshqarmada yosh xodimlar uchun yotoqxonani tashkil etish va kadrlar tayyorlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish hamda monitoringini yuritish;
besh kun muddatda boshqarmada faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan ishlash tizimini yanada jadallashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni belgilash;
bir hafta muddatda yosh mutaxassislarning samarali mehnat qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini ko’rish;
har hafta yakuni bilan oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganlik holati hamda yosh xodimlar uchun yotoqxonalar tashkil etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma’lumotlarni Amu-Surxon irrigatsiya tizimlar havza boshqarmasiga taqdim etib borish;
ikki hafta muddatda uzoq masofadan qatnab ishlayotgan xodimlar uchun tashkil etilgan “Suvchilar uyi”ni tegishli jihozlar bilan ta’minlash;
har oy yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar(hisobot, fotoalbom, boshqalar)to’g’risida Amu-Surxon irrigatsiya tizimlar havza boshqarmasi raxbariyatiga batafsil axborot kiritib borish vazifalari topshirilsin.
3.Mazkur yig’ilish bayoni ijrosini nazorat qilish boshqarma boshliq o’rinbosari F.Abduraimov zimmasiga yuklatilsin.

Yig’ilish raisi: I.Ch.Xolboyev
Baj: N.Mirzayev
Tel: 90 075 70 06
Download 27.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling