«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida A. Sultonov 2010-2016-yillarda qariyb 20 milliard dollarlik katta kapital qo‘yilmalar kiritilganiga qaramasdan, suyuq uglevodorod va tabiiy gaz qazib olish kamaygan


Download 20.36 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi20.36 Kb.
#1499589
Bog'liq
ish


«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida – A.Sultonov – 2010-2016-yillarda qariyb 20 milliard dollarlik katta kapital qo‘yilmalar kiritilganiga qaramasdan, suyuq uglevodorod va tabiiy gaz qazib olish kamaygan.
Shu bilan birga, bu borada xomashyo import qilish 1,3 barobar ko‘paygan. Yirik va hayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish muddatlari doimo barbod qilinmoqda. 40 ming kishi ishlaydigan «O‘ztransgaz» kompaniyasi tizimida muddati o‘tgan debitor qarzdorlik 14 foizga oshgan.
Nima sababdan, G‘ulom Inomovich, siz ilgari o‘zingiz rahbarlik qilgan «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi ishlar ahvoliga sustkashlik bilan yondashyapsiz? Nima sababdan ushbu tarmoqdagi ishlar doimiy ravishda izdan chiqmoqda? Qishloq xo‘jaligiga fosforli o‘g‘itlarni to‘liq yetkazib bermaslik va ularning tanqisligi uchun shaxsan kim javob beradi? Oxirgi 10-yilda mineral o‘g‘itlarning narxi necha barobar o‘sgan?
Tabiiy savol tug‘iladi: o‘g‘itning tannarxi necha marta kamaygan? Afsuski, bunday haqli savollarga javob yo‘q. Bundan kim zarar ko‘ryapti? Albatta, dehqon va fermerlarimiz.
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida 67 ming kishi, jumladan, qo‘shtirnoq ichidagi «pul yig‘uvchi»lar mavjud bo‘lsa-da, nima sababdan ulkan debitor qarzdorlikning tagiga yetib bo‘lmaydi? Ko‘mir qazib olish tarmog‘i, ta’bir joiz bo‘lsa, «yonboshlaganicha yotibdi».
Sizga uch yil oldin xodimlar shtati haddan tashqari kengayib ketgan, jumladan, qarindoshchilik asosida ishga olish va juda yuqori ish haqi belgilash avj olgan o‘nlab loyiha guruhlari faoliyatini puxta o‘rganib chiqib, tartibga solish topshirilgan edi. Nima uchun topshiriqni oxirigacha bajarmadingiz?
Siz va sizga bo‘ysunuvchi rahbarlardan bugun ana shu savollarga javob berishingizni talab qilaman. Shu bilan birga, birinchi yarim yilda asosiy e’tiborni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratish zarur:
birinchi – Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha yaqinda tasdiqlangan dasturni so‘zsiz amalga oshirish uchun Q.Sanaqulov va A.Farmonovning shaxsiy javobgarligini ta’minlash shart. Bir-ikki foiz miqdordagi o‘sish sur’atlari bilan chegaralanib qolish mumkin emas. 
Shu munosabat bilan G‘.Ibragimov qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi fabrikalar qurishga doir topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishni tezlashtirishi zarur;
ikkinchi – nafaqat joriy yilda, balki yaqin 3-5-yilda foydalanishga topshiriladigan barcha strategik muhim obyektlarni o‘z vaqtida ishga tushirish darkor;
uchinchi – neft-gaz mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, importni keskin kamaytirish va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmini oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar kompleksini taqdim etish zarur.

2010–2016-yillarni o‘z ichiga olgan davrda Vatanimiz mustaqilligining shonli yigirma yilligini nishonlash arafasida xalqimiz demokratik hayot qurish borasida bosib o‘tgan yo‘lni sarhisob qilish va istiqbol uchun yangi vazifalarni belgilash ehtiyoji tug‘ildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» ana shu ijtimoiy ehtiyojga javob beruvchi strategik va dasturiy ahamiyatga molik hujjat bo‘lib, adolatli va farovon jamiyat sari odimlab borishimizning yangi bosqichini boshlab berdi. Unda davlatimiz rahbari jamiyatimizning istiqbolli taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash barobarida, bu boradagi muhim vazifalarni hal etishda ellikdan ziyod qonunchilik tashabbusi tarzidagi takliflarni bayon etdi. Xususan, birinchidan, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish yo‘nalishida Konstitutsiya va boshqa qonunlarga 7 ta qo‘shimcha va o‘zgartirish; ikkinchidan, sud-huquq tizimini isloh etish sohasida 3 ta yangi qonun, 2 ta yangi tahrirdagi qonun, 1 ta dastur va amaldagi qonunlarga 5 ta qo‘shimcha va o‘zgartirish; uchinchidan, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash xususida 4 ta yangi qonun va amaldagi qonunlarga 3 ta qo‘shimcha va o‘zgartirish; to‘rtinchidan, O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha amaldagi qonunlarga 5 ta qo‘shimcha va o‘zgartirish; beshinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasida 3 ta yangi qonun, 1 ta dastur qabul qilish hamda 2 ta qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirish; oltinchidan, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish yo‘nalishida 12 ta yangi qonun, 3 ta yangi tahrirdagi qonun va amaldagi qonunlarga 3 ta qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bu fikrmulohazalari ushbu davrdagi islohotlarning, jumladan huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyati va xususiyatlarini har tomonlama yoritib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2010–2016-yillarni o‘z ichiga olgan davrda 53 ta qonun, 2 ta kodeks va 100 ta amaldagi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida, shundan 15 tasi bo‘yicha yangi tahrirda qonunlar qabul qilindi
Download 20.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling