Ozgʻinlik, sabablari, profilaktikasi, zararli taʼsirlari. Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Shernazarov Farrux Azimov Amirjon Azimova Sarvinoz Namozov Alisher Annotatsiya


Download 32.68 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi32.68 Kb.
#1475865
  1   2   3   4
Bog'liq
Ozgʻinlik T


Ozgʻinlik, sabablari, profilaktikasi, zararli taʼsirlari.
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti
Shernazarov Farrux
Azimov Amirjon
Azimova Sarvinoz
Namozov Alisher

Annotatsiya: Anoreksiyaning asosida inson ruhiyatidagi jarohatlar yotadi. Uni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri esa vazn ortishidan qattiq qoʻrqishdir. Organizmning oʻta zaiflashib ketishini oʻylamay ozgʻinlik sari intilish, oʻzining tana vaznidan qoniqmaslik asabiy anoreksiya deb ataladi. Bu ogʻir psixologik va fiziologik holat boʻlib, tana vaznining katta qismi yoʻqotilishi bilan kechadi. Bu ruhiy holat asosan oʻsmirlik davrida paydo boʻladi. Bunda odam ozish maqsadida ongli ravishda qatʼiy tarzda ovqatdan bosh torta boshlaydi.


Kalit so’zi: Ozgʻinlik, sabablari, profilaktikasi, zararli taʼsirlari.
Asabiy anoreksiya sindromi bir qator ruhiy-asab xastaliklarida uchraydi. Masalan, nevrozlar, pisixopatiya, nevrozga monand shizofreniya, organik neyroendokrinopatiya kabilar shular jumlasidan. Nevroz anoreksiyasi deb ataluvchi alohida kasallik ham mavjud. Bu oʻsmirlikdagi oʻtish davrida endokrin bezlar ishidagi oʻzgarishlar oqibatida shaxs rivojlanishidagi alohida patologiya sifatida koʻzga tashlanadi.
Ruhiy anoreksiya koʻpincha 14-18 yoshdagi yoshlarda kuzatiladi. Biroq ayrim 20-28 yoshlilarda ham xastalikning ilk bosqichini kuzatish mumkin. Xastalikka koʻproq qizlar chalinadi. Umuman ayollar va erkaklar oʻrtasidagi koʻrsatkich 1:10 nisbatga toʻgʻri keladi. Soʻnggi 10 yillikda ushbu kasallikka duchor boʻlganlar soni birmuncha oshdi.
Bu kasallikning vujudga kelishida biologik omillar bilan bir qatorda psixogen omillar ham ishtirok etadi. Irsiy moyillik kamdan kam uchraydi. Faqat 2-5 foiz bemorlarning onasi ham oʻsmirlik vaqtida shunday xastalikni boshdan kechirgan boʻlib chiqadi.
Bu qanday jarayon?
Anoreksiyaning asosida inson ruhiyatidagi jarohatlar yotadi. Uni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri esa vazn ortishidan qattiq qoʻrqishdir. Bu hissiyot miyaga shu qadar chuqur oʻrnashib oladiki, bemor oʻz tanasini notoʻgʻri qabul qila boshlaydi. Tassavvurida yaratib olgan ideal qomatga oʻxshashga tirishadi, unga oʻxshamasligidan tushkunlikka tushadi. Bunday holatlarda atrofdagilarning — ota-ona, shifokor, doʻstu dugonalarning fikrlari hech qanday ahamiyat kasb etmay qoʻyadi. Aslida atrofdagilar oʻsmirning semizligini yuziga solishi, tengdoshlarining mazah qilishi, unga laqab qoʻyishi kabi ruhiy iztirobga soluvchi vaziyatlar kasallik rivojlanishiga turtki boʻladi.

Bemorlar asta-sekin toʻyimli taom va mahsulotlardan bosh torta boshlashadi. Ular asosan xarakteriga koʻra koʻpincha aniqlik va tartib-intizomni xush koʻruvchi, qaysar, bir maqsad sari qatʼiy intiluvchi, boshqalarni tan olmaydigan, xudbin odamlar hisoblanadi. Bolaligida ular onasiga juda bogʻlangan boʻlib, undan ayrilishni koʻtarolmaydi. Ularda arzimagan narsaga dod-voy qilib talvasaga tushish kabi odat ham uchrab turadi.


Bunday holatda ishtaha yoʻqolmaydi, ammo ovqatdan voz kechish ochlikka qarshi ayovsiz kurash bilan birgalikda kechadi. Ota-onasi ovqat yeyishga majburlashsa, ular taomni yashiradi yoki tashlab yuboradi. Baʼzan esa oʻzlarini majburlab qayt qilishadi. Ichni boʻshashtiruvchi yoki yuvuvchi dorilarni qabul qilib, isteʼmol qilgan ovqatlarini hazm qilmay chiqarib yuborishadi.
Bundan tashqari bemorlar toʻxtovsiz mashqlar bilan shugʻullanadilar, jismoniy kuch talab qiluvchi ishlarni jon deb bajaradilar, yugurish, gimnastika, fitnes bilan shugʻullanadilar. Qizlar belini tortib turadigan kiyimlar kiyishga, belbogʻlar taqishga ruju qoʻyadilar.



Download 32.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling