Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti


Download 0.53 Mb.
bet1/2
Sana05.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1275456
  1   2
Bog'liq
OZIQ OVQAT KIMYOSI

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI FAKULTETI


B21-06u-OO2-GURUH TALABASI: O’RINOV ISOQJON
OZIQ-OVQAT KIMYOSI FANIDAN MUSTAQIL ISH
TOSHKENT-2023
Mavzu:Biologik faol moddalar
Reja:
1)Biologik faol moddalar.
2)Vitaminlar.
3)Ularning vazifasi va klassifikatsiyasi
Biologik faol moddalar
Biologik faol moddalarni bioorganik kimyo, farmatsevtik kimyо, biologik kimyo va boshqa fanlar o’rganadi. Bu yo’nalishning intensiv rivojlanishiga sabab hozirgi zamon tekshirish usullari bunda konformasion strukturalarni, molekulyararo ta’sirlarni, murakkab aralashmalardan moddallar ajratilishi, endogen biologik faol moddalar xossalari va ksenobiotiklar xossalari ko’pgina muhim fizik-kimyoviy hayot faoliyatini o’rganishga sababchi bo’lmоqdа. Eng muhimi, molekulyar, xujayra va tizimlar darajasida biologik faol moddalar ta’sir mexanizmlari tadqiq qilinmoqda. Izlanish natijasida rejalashtirilgan xossalarni namoyon qiladigan moddalar ham sintez qilindi. Kombinator kimyo robotlashtirilgan skrining bilan birgalikda yangi dorivor moddalar olish uchun muhim ahamiyat topmoqda. Supromolekulyar komplekslar sintez qilinmoqda, yangi fizik va fizik-kimyoviy usullarning kashf etilishi (rentgenostruktur analiz va boshqa.
Biologik faol moddalar organizmda barcha hayotiy jarajonlar normal kechishida muhim rol o'ynaydi.Biologik faol maddalarning eng katta qismini vitaminlar o'rin oladi. Inson organizmida muhim biologik moddalar bor.Inson organizmning o'sishiga uglevod, Lipid va mineral moddalarning almashnuvida bevosita ishtirok etadi. Yana bir biologik faol moddalardan biri siklik nukleotidlar hisoblanadi.Ular tashqaridan hujayraga keladigan xabarlar (gormon,neyromediatorlar va boshqalar uchunvositachilik) rolini bajaradi.Ular siklaza fermentlari yordamida sintezlanib faolliklari esa har xil effektorlar jumladan gormonlar orqali boshqariladi.Biologik faol moddalar oqsillar,nuklein kislotalar,gormonlar,vitaminlar va boshqalar tarkibiga kiradi.Biologik faol maddalar organizm hayotida muhim ahamiyatga ega.
Vitaminlar
Vitaminlar-tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur bo'lgan muhim organik birikmalardir.Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydirmoddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal bolishi togrisida gi malumotlar qadimgi Xitoy
kitoblarida,keyinchalik esa Gippokrat asarlarida qayd etilgan. Vitaminlarni ilmiy nuqtai nazardan organish XVIII asrlardan boshlangan.Vitaminlarni organishga ingliz vrachi Lind,fransuz fiziologi Majandi,rus vrachi Lunin,Eykman,Funk va boshqalar katta hissa qoshdilar. Organizm ozi vitamin sintez qilmaydi,zarur vitaminni tashqi muhit yani oziq ovaqlardan oladi. Organizmda vitamin yetishmasa gipovitaminoz,umunan yetishmaganda esa avitaminoz kasalligi kelib chiqadi.Vitaminlaming umumiy xossalari XIX asrning oxiriga kelib odam va hayvon organizmiga doimo ovqat bilan oqsil, yog1, karbonsuv va mineral tuzlar tushib turishi aniqlandi. Shu bilan birga moddalar almashinuvida kamchiliklar va kasalliklar paydo bo'lishi m a’lum edi. Demak, ovqat bilan organizmga tushadigan asosiy ovqat mahsulotlaridan boshqa yana bir narsa yetishmasligi aniq bo'lib qoldi. Ana shu ovqat mahsulotlarining tarkibida yetishmaydigan moddani 1880-yilda rus olimi N.I. Lunin eksperiment orqali ko'rsatib berdi.
Polyak olimi K.Funk esa unga "vitamin"lar, ya’ni "hayot aminlari" deb nom berdi. Vitaminlar — bular organizmning hayotiy faoliyati, ko'­payishi, o'sishi uchun kerakli, kimyoviy tarkibi jihatidan har xil past molekulali moddalar guruhidir.
Vitaminlar uchun xarakterli belgilar quyidagilar:
— vitaminlar odam organizmida sintezlanmaydi, shuning uchun ular ovqatlar bilan organizmga tushishi kerak. Ayrimlari (B6, B 12, pantoten va folein kislotasi) ichak mikroflorasi yordamida sintezlanadi, boshqalari organizmda (masalan, nikotin kislota triptofandan) sintezlanadi. Ammo bu jarayonlar organizmning bu vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi;
— bular plastik materiallar yoki energiya manbayi bo'lib xizmat qila olmaydi. Bularga organizmning ehtiyoji uncha katta emas, bir kecha-kunduzda mg larda (masalan, С — 0,07 g; B, - 0,002 g; B12 - 0,000003 g) bo'ladi;
— vitaminlar organizmga juda kam miqdorda ovqat bilan tushib, biokimyoviy jarayonlarga ta ’sir qiladi. Ko'pginavitaminlar fermentlarning faol guruhiga (koferment) kirib, ularning ta’sir qilishini aniqlaydi;
— vitaminlaming ovqatlar bilan kam miqdorda (yoki yomon hazm bo'lishi) organizmga tushishi moddalar almashinuvini va fiziologik funksiyalami buzadi, hatto kasalliklarni (avitaminoz va gipovitaminoz) keltirib chiqaradi.Vitaminning asosiy manbai osimliklar hisoblanadi.Vitaminlarning hosil bolishida mikroorganizmlar katta rol oynaydi.Viyaminning biologik ahamiyati moddalar almashinuvida rostlovchi tasir etishdan iborat.Vitamin organizmda bolayotgan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi,organizmning oziq moddalarni ozlashtirishiga tasir korsatadi,hujayralarning normal osishida va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi.
Vitaminlarning vazifasi va klassifikatsiyasi
Vitaminlarning vazifasi organizmda juda katta ahamiyatga ega. Vitaminlarning klassifikatsiyasi Vitaminlar 2 katta guruhga bo'linadi:
1) suvda eriydigan vitaminlar; 2) yog‘da eriydigan vitaminlar.
Bunday klassifikatsiya fiziologo-biokimyoviy ahamiyatga ega: yog'da eruvchi vitaminlar odam organizmida yig'ilishi mumkin, shuning uchun qisqa vaqtli (defitsit) yetishmaslik qandaydir yaxshi bo'lmagan hodisaga olib kelmaydi. Ovqatlar bilan yog'da eruvchi vitaminlarni ko'proq qabul qilish ularning konsentratsiyasi organizmdagi lipidlarni m e’yoridan orttirib, ayrim hollarda yaxshi bo'lmagan o'zgarishlarga yoki funksional buzilishlarga (gipervitaminoz) olib kelishi mumkin. Organizmda suvda eruvchi vitaminlar amalda yig'ilmaydi, shuning uchun ularning ta ’siri katta emas. Suvda eruvchi vitaminlaming ratsionda kam miqdorda bo'lishi yoki bo'lmasligi moddalar almashinuvida maxsus buzilishlarni juda tez keltirib chiqaradi.Qator moddalar (orot, pangamat
kislota, xolin, karnitin, U vitamin) organizm uchun katta ahamiyatga ega bo'lsa-da, lekin barcha vitaminlarga xos bo'lgan xarakterli xossalarga ega emas, shuning uchun ular vitaminlarga o'xshash moddalarga kiritiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling