Oziq ovqat mahsulotlarida zararkunandalik qiluvchi hasharotlar va ularga qarshi kurash


Download 10.17 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi10.17 Kb.
#1567021
  1   2   3
Bog'liq
oziq ovqat mahsulotlarida zararkunandalik qiluvchi hasharotlar va ularga qarshi kurash

Mavzuning dolzarbligi

  • Qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligini pasaytiradigan omillardan biri zararli hasharotlardir. SHuning uchun o`simliklarni zararkunandalardan himoya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalaning muhimligini O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 31 avgustdagi 2 chaqiriq 3 sessiyasida "Qishloq xo`jalik ekinlarini zararkunanda, kasallanish va begona o`tlardan himoya qilish" to`g`risida qabul qilingan qonun ham tasdiqlaydi.
  • Qishloq xo`jalik ekinlarini hasharotlardan to`g`ridan-to`g`ri himoya qilish, mahsulotni saqlab qolish, ularning tarqalishi, zarar keltirish me`yorlarini, bioekologiyasini umumiy va qishloq xo`jalik entomologiyasi o`rganadi.

Mavzuning maqsadi

  • Qishloq xo`jalik entomologiyasi fanining asosiy vazifasi hosilni zararkunanda hasharotlar ta`siridan saqlab qolishdan iborat bo`lib, u o`simliklarning zararkunandalarga chidamliligi, navning xossalari, agrotexnika darajasi, almashib ekishdagi o`rni, agrobiologik omillarni va kurash choralarini o`rganishdan iboratdir.
  • Shuning uchun qishloq xo`jalik etnomologiyasi umumiy biologiya, fiziologiya, mikrobiologiya, zoologiya, tuproqshunoslik, o`simlikshunoslik, urug`chilik va sellektsiya, umumiy dehqonchilik, agroximiya, paxtachilik, o`simliklarni himoya qilish fanlari bilan uzviy bog`liq.
  • Har yili zararkunanda hasharotlar qishloq xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Ularga qarshi kurash olib borilmagan taqdirda hatto bir yoki ikki turdagi zararkunanda, o`simlikshunoslikning ma`lum sohasida 50-60% va ayrim hollarda undan ham ko`proq zarar etkazishi va sohani iqtisodiy samarasiz qilib qo`yishi mumkin. Xalqaro tashkilot, ya`ni zararkunandalarning keltirilgan zararini hisoblab, har yili faqat hasharotlardan keltirilgan zarar dunyo hosildorligini 20% gacha kamaytirgan.

Bug`doy nematodasi

  • Bug`doy nematodasi
  • Nematodalar tabiatda keng tarqalgan organizm bo`lib, ular orasida tuproq va suv havzalarida erkin yashaydigan turlari ko`pchilikni tashkil etdi. Ko`pchilik erkin yashovchi nematodalar odamda mikroskop kattalikda bo`lib 0,8-1,0 mm, ayrim turlari 2-3 sm.gacha keladi. Nemotodalar orasida 3000 dan ortiq turlari odam, hayvon va o`simliklarda parazitlik qiladi. Ko`pchilik parazit nemotodalar erkin yashovchi turlarga nisbatan yirik, ba`zan 1,0 metrgacha etadi, hatto 8,0 metrgacha (komlolotlar yo`ldoshi paraziti – Placentonema gugantissima) etadi. Nematodalaridan ba`zi birini ko`rib chiqamiz.

Download 10.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling