Oziq-ovqat sanoati uchun uskunalarni tanlash


Download 1.02 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1595963
Bog'liq
Oziq-ovqat sanoati uchun uskunalarni tanlash


Oziq-ovqat sanoati uchun uskunalarni tanlash
Butun yil davomida iste'mol qilish maqsadida albatta, qishloq xo'jaligi mahsulotlari qayta ishlov beriladi. Ma'lumki har doim inson organizmi uchun turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek xilma-xil shifobaxsh moddalar va darmon-dorilar zarur bo'ladi. Aynan shunday holatdan kelib chiqib, asosan, yoz oylarida (kuzda ham) yetishtiriladigan meva, poliz va sabzavot mahsulotlariga ishlov berib konservalar tayyorlanadi. Mazkur jarayonni “Konservalash” deb ataladi. Koservalashdan maqsad, mahsulotlarni tarkibidagi vitamin, oqsil, karbonsuv va qand moddalari, mineral tuz va organik rasioniga bunday mahsulotlarni kiritish muhim ahamiyatga ega.
Konservalash jaryoni fizik, mikrobilogik va kimyoviy usullarda olib boriladi. Fizik usullarning o'zi besh xil:
1. Yuqori harorat (issiq)da qizdirib sterillash (turli mikroorganizmlarni zararsizlan tirish). Bu sanoat miqyosida olib boriladi.
2. Yuqori me'yordagi qand va tuz bilan qayta ishlab, yuqori bosim ostida quritish.
3. Nisbatan past haroratda muzlatish.
4. Nurlar bilan ta'sir etish.
5. Har xil filtrlar vositasida tozalash.
Mikrobiologik usul bilan konservalash jarayoni odatda mahsulotlarda, sut kislotasi va spirt (alkogol) moddalari to'planishiga asoslangan. Kvasheniye, tuzlash, vino tayyorlash va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Konservalashda ko'pincha kimyoviy usuldan ya'ni antiseptik moddalar bilan ishlov berishdan foydalaniladi. Buning uchun mahsulotlar sifat sorbin va benzoy kislotlari bilan ishlov berilib, ular tarkibidagi turli mikroblar bartaraf etiladi. Lekin mahsulotlarda tabiiy holda boradigan bir qator biokimyoviy jarayonlar davom etaveradi.
Har qanday yuqori haroratda ham ta'kidlash kerakki, mahsulotlardagi tirik to'qima (hujayra)larda hayotiy jarayonlar to'xtamaydi. Juda yuqori haroratda biologik to'qima protoplazmasi quyuqlashadi, fermentlar faoliyati sustlashadi, hujayra shirasi boshqa komponentlar bilan aralashadi va xakazo. Natijada, mahsulotlarning kimyoviy tarkibi o'zgaradi, xususan, gidrolitik jarayonlar oqibatida moddlarning oksidlanishi mumkin. Bunda mahsulot rangi, mazzasi, hidi o'zgaradi.
219-guruh talabasi Tog`ayev Anis


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling