Пайдо булиш жойига караб: Интракардиал (функционал, органик), Экстракардиал


Download 14.04 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi14.04 Kb.
#139024
Bog'liq
Ikp3 nazorat



Назорат саволлари:

 

  1.  Юрак шовкинларини канака турларини биласиз?

Пайдо булиш жойига караб: Интракардиал (функционал, органик), Экстракардиал (перикард, плевроперикард ишкаланиш шовкини)

Пайдо булиш вактига караб: Систолик, Диастолик

 

  2. Органиқ шовқинарни классификацияси?

Keltirib chiqaruvchi sabab qaytmas bo'lganligi uchun organik shovqinlar doimiy bo'ladi;

Tana holatini o'zgartirganda va nafas olganda o'zgarmaydi yoki aksincha kuchayadi;

Ко'pincha davomiy;

Aksariyat hollarda aniq eshitish nuqtasidan uzoqqa uzatiladi;

Ко'pincha dag'al;

Yurakni organik kasalliklari belgilari va miokardni keskin gipertrofiyasi hamda bo'shliqlarining dilatatsiyasi bilan kechadi.

 

  3. Шовқинларни  хосил бўлиш механизми?

Ma'lumki, bir xil teshikka ega bo'lgan nayda torayish hosil qilinsa shu joydan suyuqlik oqib o'tganida shovgin paydo bo'ladi. Bu shovqin toraygan qismdan yuqoridagi suyuqlikning turbulent oqimi nayni tebranishlarga olib kelishi bilan bog'lig. Shovqinning kuchi ko'proq ikki omilga bog'lig: suyuqlik harakati tezligi va tomir teshigining torayish darajasi. Suyuqlikning harakatlanish tezligi qancha katta bo'Isa, shovqin shunchalik yuqori bo'ladi. Tezligi kamayib borgan sari shovqin pasayib yo'qolishi mumkin.
  4. Юрак фаолияти фазасига  караб юрак шовкинлари булинади…

 Систолик шовкин ва Диастолик шовкин
  5. Систолик ва диастолик шовкинларни фарки?

Sistolik shovqіn yurakning sistolasi vaqtida paydo bo'lib I tonga mos keladi yoki u bilan bir vaqtda yuzaga keladi hamda eshitilishi bo'yicha quyidagi so'zlarmi eslatuvchi tovushlardan iborat, «В-u-u-sh-sh — tup», «Ch-sh-sh-sh - uр», «Тu-u-sh-sh - tup», «Sh-sh- sh-sh - tup»;

Diastolik shovqinlar yurakning diastolasi vaqtida yuzaga kelib II tonga mos keladi yoki u bilan birga раydo bo'ladi. Таxminan quyidagi so'zlarni eslatuvchi tovushlar eshitiladi «Вu- tush-sh», «Ви- tish-sh», «Ви— ch-sh-sh».

 

  6. Митрал клапан етишмовчилигида кандай шовкин эшитилади?
 

  7. Митрал клапан стенозида кандай шовкин эшитилади?

 

  8.  Аортал клапан етишмовчилигида кандай шовкин эшитилади?

 

  9. Аортал клапан стенозида кандай шовкин эшитилади?

 

  10.Функциональных шовкинларни келиб чикиш сабабларини санаб  беринг.

Qорqоqchalar faoliyatini turli sabablarga ko'rа (yurakning ayrim organik kasalliklarida ham) yuzaga kelgan o'zgarishlarida. Ularning nisbiy yetishmovchiligi yoki eshikchalarining nisbiy torayishi.

Kamqonlikdagi shovqinlar (qon yopishqoqligining pasayishi)

Dinamik shovqinlar yurakda organik o'zgarishlar bo'Imagan holda qon oqimining tezlashishi (tireotoksikoz, yurak nevrozi, isitmalash).

 

  11.Органиқ    ва  функционал  шовқинларни  қандай  бир  биридан  фарқлаш мумкин?  

Organik shovqin

Keltirib chiqaruvchi sabab qaytmas bo'lganligi uchun organik shovqinlar doimiy bo'ladi;

Tana holatini o'zgartirganda va nafas olganda o'zgarmaydi yoki aksincha kuchayadi;

Ко'pincha davomiy;

Aksariyat hollarda aniq eshitish nuqtasidan uzoqqa uzatiladi;

Ко'pincha dag'al;

Yurakni organik kasalliklari belgilari va miokardni keskin gipertrofiyasi hamda bo'shliqlarining dilatatsiyasi bilan kechadi.

Funksional shovqin

Ular doimiy emas, shuningdek bemor tanasining turli holatlarida, jismoniу yuklamadan so'ng va nafas olish hamda chigarish bosqichlarida yuzaga kelishi va yo' golishi mumkin;

Хarakteriga ko'ra ular yumshoq va puflashga o'xshash ovozga ega (organik shovqinlar odatda qo'pol);

Davomiyligi gisqa;

Chegaralangan sohada eshitiladi va tananing boshqa yuzalariga uzatilmaydi;

Odatda, yurak chegaralari va tonlari o'zgarishi bilan birga kuzatilmaydi;

Aksariyat hollarda sistolik bо'ladi.
  12.Перикард    ишкаланиши    шовкинини       интракардиал   шовкинлардан  

     кандай фарқлаш мумкин?  

Sistola va diastola bilan doimo ham monand emas, ko'p hollarda muntazam eshitiladi va ba'zan sistola yoki diastola vaqtida kuchayishi mumkin;

Qisqa vaqt mobaynida yurak faoliyatining turli fazalarida: sistola yoki diastola vaqtida eshitilishi mumkin;

Yo'qolib yana pаydo bo"lishi mumkin;

Qордоqchalarning yaxshi eshitilish nuqtalariga to'g'ri kelmaydi, odatda yurakning mutlaq bo'g'iqlik sohasida, uning asosida, to'shning chap qirg'og'i uchinchi - to'rtinchi qovurg'alar oralig'ida yaxshi eshitiladi, joylashishi doimiy bo'Imaydi, kun davomida o'zgarib turishi mumkin;

Hosil bo'lish joyidan boshqa tomonlarga yaxshi uzatilmaydi;

Yurak ichi shovqinlariga nisbatan tekshiruvchi qulog'iga yaqindan seziladi;

Ко'krak qafasiga stetoskop bosilganda va bemor tanasi oldinga egilganda perikard varaqlari bir-biri bilan jipslashib turgani uchun shovqin yaxshi eshitilishi mumkin.
  13.Курикда томирларни кандай узгаришларини куриш мумкин?
 

  14.Артериал пульс нима?

Arteriya ichi bosimi ritmik tebranishlari sababli tomirdagi ritmik kengayish

 

  15.Пальпация килиш мумкин булган артерияларни санаб беринг.

Chakka arteriyasi; Uyqu arteriyasi; Yelka arteriyasi; Son arteriyasi; Tizza osti arteriyasi; Oyoq panjasi orqasi arteriyasi; Orqa katta boldir arteriysi; Bilak arteriyasi

 

  16.Пульсни асосий хусусиятларини санаб беринг.

Puls ritmi; Puls tezligi; Puls tarangligi; Puls kattaligi; Puls tòlaligi; Puls shakli

 

  17.Венный пульс нима?

Yurak faoliyati bilan bogliq bolgan venalarning davriy kengayishi va pasayishu vena pulsi deb ataladi

 

  18.Венный пульсни норма ва патологиядаги таснифи?
 

  19.Артериал босим нима?

Arterial bosim - qon tomir tizimi faoliyatini хarakterlovchi muhim ko'rsatkichlardan biti hisoblanadi. Qon bosimi ko'rsatkichi yurakdan vaqt birligida otilayotgan qon hajmi hamda tomirlar qarshiligi bilan belgilanadi. Qon yurak hosil qiladigan tomirlardagi bosimlar ta' sirida harakatlanganligi tufayli uning eng yugori ko'rsatkichi yurakdan (chap qorinchada) qoning chiqish jоyida, undan sal pastrog'i mos ravishda arteriyalarda, kapillyarlarda, eng pasti esa venalarda va yurakka kirish joyida (o'ng bo'lmachadan) bo'ladi. Bosim yurakdan chigishda, aortada va yirik arteriyalarda nisbatan kam farg qiladi (5-10 mm sim. ust. ga). Chunki ushbu tomirlarning diametri kattaligi tufayli ularning gidrodinamik qarshiligi juda past. Xuddi shunday, yirik venalar va o'ng bo'lmachadagi bosim ham sezilarli farq qilmaydi. Eng past qon bosimi kichik tomirlar ya'ni arteriolalar, kapillyarlar va venulalarda qayd etiladi.
  20.Систолик, диастолик ва пульс босими нима?

Sistolik arterial bosim qon bosimining yugori ko'rsatkiіchi yurak siqilib qonni arteriyalarga haydash vaqtidagi bosimni ko'rsatadi. Bu sistola vaqtida haydalgan qon arteriya devorlari hamda arterial tizimni to'ldirib turgan qon miqdori tomonidan qarshilikka uchrashi bilan tushuntiriladi. Arteriyalarda bosim ko'tariladi va ular devorining birmuncha kengayishi kuzatiladi.

Diastolik bosim gon bosimining past kо'rsatkichi yurak mushaklari bo'shashishi vaqtidagi arteriyalardagi bosimni ko'rsatadi. Diastola davrida arterial bosinm pasayadi va arteriya devorlari elastik gisqarishi hamda arteriolalar qarshiligi hisobiga u aniq bir darajada saqlab turiladi. Shu tufayli qon harakatlanishi arteriola va kapillyarlar bo'ylab davom etadi. Diastolik bosim- bu arteriyalardagi eng past bosimdir. Demak, arterial bosim ko'rsatkichi yurakdan aortaga (zarb hajmiga) haydalayotgan qon miqdoriga va periferik qarshilikka proporsionaldir.

Sistolik va diastolik arterial bosim o'rtasidagi farq puls bosimi deb ataladi va me'yorida и 30-60 тm sim. ust. ga teng.
  21.АБ ўлча қандай усулларини биласиз?

Bevosita: manometrga naycha bilan birlashtirilgan igna yoki kanyula arteriyaga kiritiladi

Bilvosita: 1) auskultatsiya

2) paypaslash

3) ossillografiya


Download 14.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling