Paskal dasturlash tili va uning alifbosi


Download 107.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi107.04 Kb.
#1150173
Bog'liq
Laboratoriya ishi № 11



Laboratoriya ishi №11 
PASKAL DASTURLASH TILI VA UNING ALIFBOSI 
Har qanday dasturlash tili kabi Paskal dastutlash tili ham o’zining alifbosiga ega bo’lib, 
u quyidagilardan iborat. Lotin alifbosining 26 ta harfi.
*** Arifmetik amal belsglari: +(qo’shish), - (ayirish), * (ko’paytirish), : (bo’lish),
*** Munosabat belgilari: = (teng), <> (teng emas), < (kichik), <= (katta emas), > (katta),
>=(katta emas):
*** Maxsus belgilar: . (nuqta), , (vergul), ; (nuqtali vergul), ‘(apostrof), “” (qo’shtirnoq), ! 
(undov), ? (so’roq), % (foiz), $ (dollar belgisi), @ (tijorat belgisi), & (ampersand),
(bo’shliq ekranda tasvirlanmaydi ), [ ], { }, ( ), (turli qavslar).
Matiqiy amallar: AND (“VA” – mantiqiy ko’paytirish amali),
OR (“YOKI” – mantiqiy qo’shish amali) 
NOT (“EMAS” – maniqiy inkor amali) 
Dastur tuzishda quyidagilar qo’llaniladi:
Konstantlar (o’zgarmaslar) - dastur ishlashi davomida qiymati o’zgarmaydigan 
miqdorlar.
O’zgaruvchilar – dastur ishlashi davomida qiymati o’zgaradigan miqdorlar.
Algebragik ifodalar – arifmetik amallar bilan bog’langan o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar 
va funksiyalar.
Operatorlar – dasturlash tilining biror tugallangan amalini berish uchun mo’ljallangan 
buyrig’i.
Funksiya va protseduralar – o’z nomiga ega bo’lgan alohida dastur qism(blok)lari. 
Ularga asosiy dasturdan murojaat etiladi.
Nishonlar – dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorni ko’rsatadi. Paskalning 
buyruq va ko’rsatmalari modul deb ataluvchi TPU kengaytmali maxsus fayllardan joylahgan. 
Ularga misol qilib system (sistem), crt (sierti), graph (graf) modullarni keltirish mumkin. 
Modullarning har biri ma’lum yo’nalishdagi buyruq va ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. 
Masalan: system moduli Paskalning standart (asosiy) buyruqlarini crt moduli ekran va 
klaviyatura bilan ishlashga (ekranni tozoalash, ekranda bir nechta alohida oyna hosil qilish) 
graph moduli esa grafik holatda ishlashga mo’ljallnagan buyruq va ko’rsatmalarni o’z ichiga 
oladi. Dasturda modullar zaruratga qarab ishlatiladi. Biror modul tarkibiga kirgan buyruqdan 
foydalanish uchun dastur boshida shu haqida ko’rsatma berilishi kerak bo’ladi.
Paskal tilidagi dasturlar quyidagi tuzilishga ega:
Programm dastur nomi; (majburiy emas);
Uses (Modullar ro’yxati)
Label (Nishonlar ro’yxati)
Const (Konstantlar (o’zgarmas miqdorlar )ni tavsiflash) 
Var (o’zgaruvchilarni tavsiflarsh) 
Protsedura va funksiyalar
Begin (Asosiy qism)
End
Label, Const, Var, Begin, End – paskal tilining maxsus so’zlari bo’lib – label – nishon, const 
(constant - konstanta) - o’zgarmas miqdor, var (variable) – o’zgaruvchilarni tavsiflash,
begin – boshlanish, end – tamomlash, manolarini anglatadi.



Download 107.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling