Paxtaobod tumani X
Download 48.5 Kb.
|
Xizmatingiz buyuk - biz uchun! Maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar: Oliy Kengash, Qurolli Kuchlar, Mudofaa 14- yanvar
- Biringiz o’g’ilsiz, biringiz yorsiz, Biringiz inimsiz, ishda hamkorsiz. Og’irimiz yengil qilib doimo, Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz. Mu
XIZMATINGIZ BUYUK – BIZ UCHUN! SOLIYEV DILSHOD SOHIB O’G’LI Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti 13-2 O’HQ-21 guruh talabasi Tel: (93) 451-14-30 Annotatsiya: Mamlakatimizda 14- yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayramimiz tarixi va hozirgi kunda harbiy sohadagi yangiliklar hamda harbiy xizmatchilarimizga yaratilayotgan imkonyatlaring qay darajada olib borilayotganligi. Kalit so’zlar: Oliy Kengash, Qurolli Kuchlar, Mudofaa 14- yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog’liqdir: 1991- yilning 31- avgust kuni «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o’zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi bayonot esa Milliy Qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 1991- yil 6- sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992- yil 3- iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992- yilning 14- yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko’ra davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993- yil 29- dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14- yanvar – Vatan himoyachilari kuni» 1deb belgilandi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o’tkaziladi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondonining Vatan himoyachilariga yo’llagan tabrigi chop etilib, unda Qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi. Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. . Biringiz o’g’ilsiz, biringiz yorsiz, Biringiz inimsiz, ishda hamkorsiz. Og’irimiz yengil qilib doimo, Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz. Muhtojlik sezamiz himoyangizga, Va lek chidolmaymiz kinoyangizga. Yer va ko’kka sizni ishonmay, Doim aylanurmiz hamsoyangizga. 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi2 asosida Qurolli Kuchlar qurilishi borasidagi rejalarga muvofiq, qo‘shinlarni modernizatsiya qilish va eng yangi qurol-yarog‘ va texnika, jumladan, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyotlar, bronetank qurollari, artilleriya tizimlari, aloqa vositalari, alohida va guruh bo‘lib himoyalanish vositalari bilan qayta qurollantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirildi. Ta’kidlash joiz, Qurolli Kuchlarimizni shakllantirish jarayonida eng jiddiy muammolardan biri — bu kadrlar masalasi edi. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida harbiy ta’lim sohasini tubdan isloh etishga kirishildi. Bir qator yangi oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda harbiy xizmatga salohiyati yetarli, ahdi qat’iy, shijoatli, mard va jasur Vatan himoyachilarini tayyorlashga kirishildi. Qurolli Kuchlari akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Harbiy tibbiyot akademiyasida 32 yo‘nalish hamda mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda. Natijada mudofaa va xavfsizlik tuzilmalari safini milliy kadrlar bilan to‘ldirish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, muddatli xarbiy xizmatga chaqirish bir yilda bir marta tashkil etilib, uni o‘tash muddati bir yil qilib belgilanganligi, serjantlar tarkibining sezilarli darajada kengaygani, safarbarlik rezervi xizmati joriy etilgani milliy armiyamiz qiyofasini va mazmun-mohiyatini tubdan o‘zgartirib yubordi. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o‘tash tizimini takomillashtirish borasida ko‘rilgan bu kabi chora-tadbirlar Qurolli Kuchlarni chaqiriluvchilar bilan to‘ldirishni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi, ularning jismoniy va intellektual rivojlanish darajasi oshdi, qolaversa, keng jamoatchilik o‘rtasida harbiy xizmatning obro‘-e’tibori tubdan yuksaldi. Milliy armiyamizda o‘z burchini o‘tab qaytgan fuqarolarning keyingi faoliyati ham davlatimizning doimiy e’tiborida. Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda ularga alohida imtiyozlar belgilangani, ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatilayotgani ana shular jumlasidandir. Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar qobiliyatini har tomonlama mustahkamlash maqsadida bugungi kun talabidan kelib chiqib harbiy-ma’muriy okruglar tuzildi. Harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy turar-joylar qurish, mavjud turarjoy fondini ta’mirlash, zamonaviy harbiy shaharchalarni qurish va rekonstruksiya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2016 – 2025 yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturiga ko‘ra har yili 900 dan ziyod harbiy xizmatchi turar-joy bilan ta’minlanmoqda. Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tasarrufida zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlangan, malakali tibbiy xodimlar faoliyat olib borayotgan yigirmadan ortiq davolash-profilaktika muassasalari, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan ko‘p sonli tibbiyot punktlari, shu bilan birga harbiy sanatoriyalar va boshqa maxsus harbiy-tibbiyot muassasalari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining sog‘ligini saqlash va mustahkamlash yo‘lida faoliyat olib borishmoqda. Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, mudofaa sohasining takomillashtirilishi, ushbu sohaga berilgan e’tibor natijasida bugungi O’zbekiston yoshlari Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishni nafaqat fuqarolik burchi sifatida, shu bilan birga eng yuksak maqomdagi mutaxassislik sifatida qabul qilmoqdalar. Keyingi paytlarda Qurolli Kuchlarga muddatli harbiy xizmatga chaqirish tanlov asosida o‘tkazilayotganligi buning yaqqol isbot-dalilidir. Armiya saflariga xizmatga kelgan yoshlarimiz bu yerda faqat harbiy mutaxassislikni egallash bilan cheklanayotganlari yo‘q. Ham jismonan, ham ma’nan chiniqib qat’iy irodaga va hayotiy pozitsiyaga ham ega bo‘lmoqdalar. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling