Pedagogical Sciences: Problems


Download 68.92 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi68.92 Kb.
#1798649
  1   2
Bog'liq
tarbiyaviy-jarayonni-va-tarbiyaviy-tadbirlarni-tashkil-etishda-zamonaviy-pedagogik-texnologiyalar



Kokand State Pedagogical Institute Innovative Approaches in Teaching Pedagogical Sciences: Problems and Solutions

Volume 4 | KSPI Conference 1 | 2023 Pedagogik fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar





TARBIYAVIY JARAYONNI VA TARBIYAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR




Muxayyo Xudaybergenovna Baybayeva
Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.n.


Maftuna Alikulova


Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti 4 kurs 401 gurux talabasi

Tarbiyalanayotgan barkamol avlodda ya’ni bo‘lajak mutaxassislarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish ko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Talabalarning ma’naviy-axloqiy shakllanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va biri ikkinchisini taqozo qiladigan yaxlit ta’lim-tarbiya ishlarini muntazam va izchil ravishda bajarishni talab etadi. Tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning aniq va mukammal tizimi, yaxlit tizimli yondashuvgina ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning mavjudligi bir xil ishni ortiqcha takrorlayvermaslikka, talabaga nisbatan biri ikkinchisiga to‘g‘ri kelmaydigan qarama-qarshi ta’sirlarning oldini olishga, bo‘lajak mutaxassislarga bir xil talablar qo‘yish va yaxlitlik bilan ta’sir o‘tkazishga imkon beradi [4].


Shuningdek davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev “Agar mendan sizni nima qiynaydi deb so’rasangiz , farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman ” degan oltinga teng fikrlarni aytib o’tganlar .
Tarbiyaning maqsadi - ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanishi, yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Tarbiya jarayoni shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi faoliyat jarayonidir. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya jarayoni yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirshga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxsni, yuksak ma’naviy-axloqli, yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassisni tarbiyalash maqsadi ta’lim-tarbiya ishlarining mazmunini belgilaydi.[5] Ta’lim-tarbiyaning maqsadi
va mazmuni tarbiyaviy vazifa shaklida ifodalanadi, aniqlanadi. Tarbiyaviy jarayon, tarbiyachi yoki tarbiyaning texnik va boshqa



vositalari, ta’lim-tarbiyaning shakl-usullari tarbiya texnologiyasi deb ataladi. Pedagogik amaliyotda tarbiya texnologiyasi yordamida aniq ifodalangan tarbiyaviy vazifani tarbiyalanuvchi o‘zlashtirib, egallab oladi. Tarbiyachi boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik rolini bajaradi.


  1. Oliy ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish talabalar tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini kafolatlovchi yondoshuv hisoblanadi. Bizga yaxshi ma’lumki, «ta’lim texnologiyasi» tushunchasi talim jarayonining mohiyati, uning bosqichlari,o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida kechadigan ta’limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat qiladi. [9]

«Pedagogik texnologiya» tushunchasi esa o‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya’ni, ta’lim hamda tarbiya jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur. Biroq so‘nggi yillar mobaynida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va pedagogik faoliyatni uyushtirish jarayonida ulardan foydalanish mavzusida yaratilgan manbalarning deyarli barchasida ta’lim jarayonining texnologiyalashtirish muammosi uchun asosiy ob’ekt tarzida qabul qilinganligining guvohi bo‘ldik. Holbuki, barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo‘lsak, tarbiya jarayonini
tashkil etishga nisbatan yangicha yondoshuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim

pedagogik vazifadardan biri ekanligini yanada chuqurroq anglaymiz. [7]


]Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish-aniq maqsadga va ijtimoiy g‘oyaga asoslangan hamda talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik-psixologik faoliyatning tashkiliy texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir. [2] Ta’lim jarayonidan farqli o‘laroq, tarbiya, jarayonini texnologiyalashtirishda ushbu jarayonning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati yo‘q. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, talaba va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish zarurligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini loyihalashtirishning asoslari qatoriga:

    1. tarbiyaviy tadbir mavzusiga doir materiallarni yig‘ish;

    2. tarbiyaviy tadbirning maqsadi va vazifalarini belgilash;

    3. tarbiyaviy tadbirning mazmunini ishlab chiqish;

    4. tarbiyaviy tadbirning shakli, metodlari va vositalarini tanlash;

    5. tarbiyaviy tadbirni tashkil etish va o‘tkazish (davomiyligi) vaqtini belgilash, 6) tarbiyaviy tadbir ssenariysini ishlab chiqish;

  1. talabalar faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, ularning faollik darajalarini norasmiy (talabalarni bu haqida xabardor qilmasdan) baxolash;

  2. loyihani amaliy faoliyatda qo‘llash;[8]

  3. tarbiyaviy tadbirni amaliy jixatidan tashkil etish jarayoni;

  4. tarbiyaviy tadbirning o‘tkazilish holati (samarali yoki samarasiz, muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz tashkil etilganligi)ni muxokama qilish va yakuniy xulosa chiqarish kiradi. Oliy o‘quv yurtlari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning aksariyati tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan “Tarbiyaviy ishlar rejasida belgilangan tadbirlarni o‘tkazishga majburman” qabilida yondoshib kelganlar. Ularning asosiy e’tibori o‘zlari rahbarlik qilayotgan guruh talabalarini avvaldan tayyorlangan ssenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdek, “Oliy maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza bo‘lib qolishga yo‘l qo‘ymaslik” tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga qaratilgan edi. [5]

Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan bunday yondoshuvlardan voz kechish maqsadga muvofiq. Zero,

tayyor senariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning asosiy sub’ektlari bo‘lgan talabalar faol ishtirokchi va tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi tarzida ko‘zga tashlanadilar. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga zamin hozirlaydi.


Xususan: 1) tlabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan salbiy munosabat yuzaga keladi;

  1. talabalarda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining shakllanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;

  2. talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lmay, balki guruhning oliy maktab jamoasi oldida “soxta obro‘” orttirishi uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi xulosaning qaror topishi uchun imkon yuzaga keladi




Download 68.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling