Plastmassa konstruksiyalar. Qishloq va suv xo`jaligi qurilishlarida plastmassa konstruksiyalar. Plastmassa haqida umumiy ma’lumotlar. Ularning afzalligi va kamchiligi


Download 22.67 Kb.
bet1/3
Sana28.01.2023
Hajmi22.67 Kb.
#1135874
  1   2   3
Bog'liq
Plastmassa konstruksiyalar. Qishloq va suv xo`jaligi qurilishlarida plastmassa konstruksiyalar. Plastmassa haqida umumiy ma’lumotlar. Ularning afzalligi va kamchiligi


Plastmassa konstruksiyalar. Qishloq va suv xo`jaligi qurilishlarida plastmassa konstruksiyalar. Plastmassa haqida umumiy ma’lumotlar. Ularning afzalligi va kamchiligi

Plastmassa konstruksiyalar. Plastmassalar va ularning turlari. Qurilishda qo‘llaniladigan plastmassalardan yuk ko‘taruvchi va o‘rab turuvchi konstruksiyalar tayyorlanadi. Materiallarning asosini organik birikmalar, kimyo sanoatining chiqindilari tashkil qiladi. Asosiy element - polimerlardir. Polimer bu "polimeros" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib "poli"- ko‘p, "meros" - jismdemakdir. Qurilishda qo‘llaniladigan plastmassalarga shisha plastiklar, serg‘ovak plastmassalar, organik shisha, viniplast va yog‘och plastiklar kiradi. Qo‘llaniladigan plastmassalar quyidagi afzallik va kamchiliklarga ega.


Afzalliklari:
1. Kimyoviy va ishqorli ta’sirlarga chidamli.
2. YUksak mustahkamlik ko‘rsatkichlariga ega.
3. Biologik ta’sirlarga chidamli.
4. Istalgan forma (ko‘rinish) berish mumkinligi.
5. YUksak elektr himoya qilish sifatlari.
6. Oson ishlov berish mumkinligi.
7. Elimlangan va payvandlangan elementlar tayyorlash mumkinligi.
Kamchiliklari:
1. Kuchlar ta’sirida deformatsiyalanuvchanligi.
2. YOnuvchanligi.
3. Vaqt o‘tishi bilan issiqlik va quyosh nurlari ta’sirida eskirishi.
4. YUzasining tez tirnaluvchanligi.
Plasmassa materiallarining yuqorida qayd qilingan kamchiliklari tarkibiga antistat, ingibator va boshqa kimyoviy birikmalar qo‘shish yo‘li bilan bartaraf qilinadi.
Plastmassalar tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar. Issiqlik ta’sirda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas plastmassalar.
Plastmassalarning tarkibi quyidagi asosiy moddalardan iboratdir.
1. Asosiy modda - sentetik smollalar;
2. To‘ldiruvchilar;
3. Buyoqlar;
4. G‘ovaklik va ko‘pik beruvchi moddalar.
Smolalar 2 xil bo‘lib issiqlik ta’sirida o‘zgaruvchan (termaplastik) va issiqlik ta’sirida o‘zgarmas (termoreaktiv) deb ataladi. Termoplastik smolalar - har xil turdagi plyonkalar (polietelen va hakoza), varaqli materiallar (organik shisha, viniplast, serg‘ovak plastiklar) va ularni biriktirish uchun elimlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi.

Download 22.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling