Poklik iymondandir Eshimova Nodira Islom poklik uzra barpo qilingandir


Download 1.17 Mb.
Sana14.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1267531
Bog'liq
Ergasheva Mahbuba

Poklik iymondandir

Eshimova Nodira

Islom poklik uzra barpo qilingandir

  • Islom to‘laligicha poklik dini deyiladi. Bu mavzuni ochib berish, yanada tushunarli va ta'sirliroq bo‘lishi uchun bir voqeani ko‘z oldimizga keltirishimizni istar edim. Mana, inson bu foniy dunyoda umrini yashab bo‘lganidan keyin, oxiratga safar qilish chog‘ida mayitni yuvish marosimi bor. Yuvib, poklab, xushbo‘ylantirib, oppoq matoga o‘rab, yelkamizga ko‘tarib, yer bag‘riga qo‘yamiz. Bir necha kun ichida shishib, yorilib, chirib tuproqqa aylanib ketadigan insonga bo‘lgan munosabat. Mana, birgina vafot etgan insonga dinimizning munosabati.

Islom poklik uzra barpo qilingandir

  • Ana endi, inson tug‘ilganidan boshlab, to vafot etgungacha bo‘lgan davri tamomiy poklikdan iboratdir. Mana, bolaning tug‘ilishidan boshlab, uni yuvintirish, cho‘miltirish, sochini olishi-yu, yemoq-ichmog‘i, yashash sharoitining hammasi poklikdir. Shuning uchun payg‘ambarimiz Muhammad alayxissalom: «Islom poklik uzra barpo qilingandur», deb marhamat qildilar.

Alloh pok insonlarni yaxshi ko‘radi

  • Alloh taolo ham Qur'oni Karimning Tavba surasi 108-oyat shunday marhamat qiladi:
  • «Unda poklanishni yaxshi ko‘radigan erlar bor. Alloh poklanuvchilarni yaxshi ko‘radi».
  • Demak, tozalikni, poklikni yaxshi ko‘rgan insonni Alloh taolo ham yaxshi ko‘radi. Dinimizning shiori – shu. Demak, poklik – dinning shiori. Qur'onda ko‘rsatilgan ko‘rsatma ham poklikka, Payg‘ambar alayhissalom hadisi shariflarining ham juda katta qismi inson har jihatdan pokiza bo‘lishi zarurligiga dalolat qiladi.

Alloh bandasining qalbi va amaliga qaraydi

  • Mana endi biz poklik masalalarini bayon qilishda nimaga murojaat qilamiz? Albatta, dinimiz hukmlariga, Qur'oni Karimga, hadislarga, sahobai kiromlarning qavllariga, odatlariga.
  • Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bir muborak hadisi shariflarida aytadilarki: «Alloh taolo sizning sur'atingizga, mol-u dunyongizga qaramaydi. Alloh sizning qalbingizga va qiladigan amallaringizga qaraydi».
  • Nima uchun qalbga nazar soladi deganda, qalb – iymonning vatani. Iymon poklik bor joyda bo‘ladi, iymon bor joyda poklik bo‘ladi. Bu ikki narsa bir-birini to‘ldiradi.

Rasullulloh sunnatini bugun dunyo e'tirof etmoqda

  • Poklik haqida so‘z ketganida, qo‘lni yuvish – sunnat. Yaqin kunlardan beri boshimizda turibdi, dunyo xalqlarining musibati. Ko‘zga ko‘rinmas bir virus dunyo xalqlarini tahlikaga solib qo‘ydi. Hammani notinch qildi, hamma tomonni parokanda qildi, qancha odamlar qurbon bo‘ldi. Mana shunday dardni yengib o‘tishda shifokorlar, tabiblar nimani tavsiya qilyapti? Tez-tez qo‘lni yuvishni.

Mashinadan axlat tashlash musulmonning ishimi?

  • Mamlakatimizning 94 foizini musulmonlar tashkil qiladi. Xalqimizga qanday soha bo‘lishidan qat'i nazar nopoklik yarashmaydi. Mana, o‘zim guvoh bo‘lgan oddiy misol: bir kishi yo‘lda ketayotib mashinasidan bir qopcha axlat tashlab yubordi.
  • Bu musulmonning ishimi? Yoki bizning milliy qadriyatlarimizda shu narsa bormidi? Ota-bobolarimiz bunaqa nopoklikni ko‘rmagan. Lekin biz qayerdan oldik?
  • Inson og‘zidan tupuk chiqishi tabiiy jarayon. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yerga tuflaganda ustini tuproq bilan bekitib ketishlikni ta'lim berganlar.

Poklik – Iymonning ustunidir

  • Ramazon oyi – poklik oyi. Ertalabdan to kechgacha pok bo‘lib ro‘za tutamiz – jismimiz poklanyapti. Ro‘za tutyapman, Alloh ko‘rib turibdi, deb insonning qalbi sayqallanyapti. Birovga aziyat yetkazib qo‘ymayin, deb insonlar tilini asrayaptilar. Ko‘zini noma'qul narsalarni ko‘rishdan saqlayapti.

Poklik – Iymonning ustunidir

  • Poklik – iymonning ustunidir. Ustun bo‘lsa, imorat mustahkam turadi. Shuning uchun biz XXI asrda yashab, yuksak ma'naviyatni da'vo qilayotgan ekanmiz, mana shunday ne'matlarga munosib muomala qilish – inson sifatida, mo‘min-musulmon sifatida burchimiz va vazifamiz ekanligini unutmasligimiz kerak.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling