Poliduragay chatishtirish deb ataladi. Masalan: No‘xatning doni sariq, tekis, gultojbargi qizil aabbcc


Download 386.36 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi386.36 Kb.
#1271500
  1   2   3
Bog'liq
biologiya A1


Mavzu: Poliduragay chatishtirish
Uch, to‘rt va undan ko‘p turg‘un belgilari bilan tafovut qiladigan formalami chatishishiga poliduragay chatishtirish deb ataladi.

Masalan: No‘xatning doni sariq, tekis, gultojbargi qizil (AABBCC) bo`lgan navi, doni yashil, burishgan, gultojibargi oq (aabbcc) rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa, F1, duragaylarining doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil (AaBbCc) rangda bo‘ladi.

Agar F1, duragaylari o'zaro chatishtilsa, u holda F2 duragay 8 xil gameta hosil qiladi. Bular quyidagilardan iborat: 1) ABC, 2) ABc, 3) AbC, 4) Abc, 5) aBC, 6) aBc, 7) abC, 8) abc.
Gametalar chatishtirilishidan quyidagicha duragaylar xosil bo'ladi:
Quyidagi jadvalga qarang:

Odam qon guruhlari:
Odamda qon guruhlarining 4 turi mavjud bo'lib, bu eritrositlar va plazma tarkibidagi oqsillarga nisbatan aniqlangan.

  • I guruh – eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo'lmaydi, plazmada agglutinin α va β bo'ladi.

  • II guruheritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin β bo'ladi.

  • III guruh – eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglutinin α bo'ladi.

  • IV guruh – eritrotsitlarda agglutinogen A va B bo'lib, plazmada agglutinin umuman bo'lmaydi.

Irsiyatda esa qon guruhlari esa quyidagicha irsiylanadi:

Mavzuga doir masala va uning tahlili:
Monogeterozigot Aa, digeterozigot AaBb va trigeterozigot AaBbCc organizmlarda qancha turdagi gametalar hosil bo‘lishini aniqlang.
Yechish:
Har qanday genetik masalani yechishni gametalarni aniqlashdan boshlash kerak. Buning uchun avvalo gametalar sofligi qonunini bilish lozim: gametada har bir juft allellardan faqat bittasi bo‘ladi. Gametalar turlarining umumiy soni 2^n ga teng; n – allellar juftlarining soni.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling