Prezentatsiya 101-guruh Folklorshunoslik va shevashunoslik Amirova Sevinch


Download 77.62 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi77.62 Kb.
#1491191
Bog'liq
Amirova 12

PREZENTATSIYA

101-guruh Folklorshunoslik va shevashunoslik Amirova Sevinch

  • Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma’naviy-axloqiy tarbiya – yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o’zaro bog’liq vazifani shart qilib qo’yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar. Ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko’rmishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablami ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o’z xatti-harakatlarini yo’naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya’ni boshqa kishilarga talab qo’ya bilishi va ulaming xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog’liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish.
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; ta’lim-tarbiya ishiga o’quvchi shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; ma’naviy-axloqiy tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog’lab olib borish; o’quvchilaming faolligi; jamoada tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi; oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; o’quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish; o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish.

Bugungi kunda oliy o’quv yurtlarining vazifasi jamiyat uchun nafaqat bilimli, malakali mutaxassislami, balki shu bilan birga ma’naviy va axloqiy barkamol avlodning tarbiyasi uchun mas’ul pedagog-murabbiylami yetishtirishdan iboratdir. Bunday mas’uliyatli maqsadni amalga oshirishda oliy o’quv yurtlarida

o’qitiladigan fanlaming o’zi yetarli emas. Talabalami har tomonlama yetuk ziyoli,

  • madaniyatli va yuksak ma’naviyatli tarbiyachilar bo’lib yetishishlari, ulami insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklardan, san’at asarlaridan iloj boricha keng bahramand

O’tmishda yashab o’tgan ulug’ ajdodlarimiz Abu Nasr Forobiy, . Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Muso Xorazmiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Al Buxoriy, At Termiziy, Mirzo Ulug’bek,Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi allomalaming ilmiy va ma’naviy merosidan yoshlami keng bahramand qilib borish, shuningdek yaqin o’tmishda yashab ijod qilgan Abdulrauf

  • Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy kabilaming ta’lim-tarbiyaga oid asarlarini, ularda ilgari surilgan g’oyalar, pedagogik fikr va qarashlami zamonaviy ta’lim-tarbiya mazmuniga bog’lash natijasida yaxshi samaraga erishish mumkin

Kuzatuvlarimizda shu narsa aniq bo’ldiki, pedagogika oliy o’quv yurtlarida talabalami estetik tarbiyalash borasida o’ziga yarasha muammolar bilan birga keng imkoniyatlar ham mavjud. Ayniqsa, musiqa san’atiga doir to’garaklar, badiiy ijodga qiziquvchi yoshlami o’z atrofiga uyushtirgan havaskorlik dastalari shular jumlasidandir.

  • Hozirgi kunda juda kam bo’lsa-da, oliy o’quv yurtlarida ashula, raqs, milliy cholg’u sozlarini o’rganish, millliy cholg’u, vakal cholg’u dastalari, xor ijrochiligi, drama, raqs, maqomchilar ansambli kabi to’garaklar faoliyat ko’rsatayotgani shundan dalolat beradi. Talabalar o’qishdan keyingi paytlarda ana · shunday to’garaklarga qatnashadilar.

O’zbek xalqi jahon tarixiy taraqqiyotiga o’zining qadimiy ilm-fani, adabiyoti, san’ati va madaniyati bilan ulkan hissa qo’shgan buyuk millatdir.

Milliy tiklanish juda keng, chuqur, murakkab tarixiy jarayon bo’lib, u millatimiz hayotining hamma sohalarini – iqtisodiyotini, siyosatini, ma’naviyatini, ilm fan, til tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me’morchilikni ham, inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham qamrab oladi.

Xususan, milliy madaniyatda musiqa yuksak tuyg’ular, zavq-shavqli g’oyalar olamini ochib beradi. Odamlarni ma’naviy jihatdan boy, sof barkamol qiladi.

  • Bola hali qo’liga qalam ushlashni, o’qib yozishni bilmagan vaqtdayoq musiqani his qila oladi. Ko’pincha shu dastlabki taassurotlar musiqaga bo’lgan munosabatlarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Shuning uchun umumiy ta’lim maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida musiqa ta’limiga ham e’tibor berilgan. Musiqa, avvalo, bolalarning his-tuyg’ularini mayinlashtiradi.
  • Musiqa asarlarini his etish kabi ularda ko’pgina insoniy fazilatlarni uyg’otadi. Albatta, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda adabiyot, tarix, sport va boshqa sohalar katta o’rin tutadi. Binobarin, nazm va musiqa doimo yonma-yon yashaydi. Tabiat ta’surotlari ostida tug’iladi, qolaversa, bog’cha va maktabda shakllanib boradi. Musiqa darslari o’quvchilarni faqatgina nafosat jihatdan emas, balki keng ma’noda ma’naviy-axloqiy jihatdan ham tarbiyalaydi. Avloddan- avlodga o’tib kelayotgan, ne-ne zamonlar zayliga bardosh berib, xalqning orzu-armonlari, o’y – intilishlarini mujassam etgan kuy – ko’shiqlarimiz, maqomlarimiz barcha turdagi maktablar, pedagogika institutlari dasturlaridan kengroq joy olsa yaxshi bo’lar edi.
  • E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 77.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling