Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi" nomli kitobi chop etildi


Download 21.63 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1461028
Bog'liq
falsafa mustaqil ish 1


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti 006_Guruh talabasi
Rahmonova Sarvinozning Falsafa
Fanidan yozgan Mustaqil ishi

Mustaqil ish mavzusi: SH.Mirziyoyevning Yangi O’zbekiston strategiyasi asarining mazmun va mohiyati

Bajardi: Rahmonova Sarvinoz
Tekshirdi: Sagdullayeva Dilbar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi” nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessansni qurish boʻyicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.


Kitob muqaddima, 7 boʻlim va xotimadan iborat.
Boʻlimlar quyidagicha nomlangan:
“Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”;
“Xalqparvar davlat”;
“Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish”;
“Adolatli ijtimoiy siyosat”;
“Maʼnaviy taraqqiyot”;
“Xavfsizlik va tashqi siyosat”;
“Oʻzbekiston va umumbashariy muammolar”.
Mamlakatimizda 2021 yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi davomida davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi birinchi navbatda Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi elektorati o‘rtasida keng muhokama qilindi. O‘z navbatida, saylovoldi uchrashuvlarida Taraqqiyot strategiyasi o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazildi. Shu ma’noda, o‘tgan yil 9-sentyabridan – 5 noyabriga qadar davom etgan ushbu jarayonni “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining birinchi bosqichi sifatida qayd etish mumkin. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “El-yurtimiz biz boshlagan xalqchil islohotlarga bugun xayrixohlik va qat’iy ishonch bilan qarab, ularning hosili va samarasini tezroq ko‘rishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, saylov jarayonida uni o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik”.
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz tanlanmagan. Bu nom avvalo mazkur Taraqqiyot strategiyasi – 2017 yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi.
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng ko‘lamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda.
Yetti ustuvor yo‘nalish – inson qadrini ta’minlash timsoli
O‘z navbatida, yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu bosqich 2021 yilning 6 noyabridan – 29 dekabrigacha davom etdi. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida bayon etilgan yangi g‘oya va tashabbuslar saylovchilar, butun xalqimiz bildirgan taklif, fikr hamda mulohazalar bilan umumlashtirilishi va takomillashtirilishi hisobiga yanada sayqal topdi. Natijada uchta hujjat:
birinchidan, Prezidentimizning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni;
ikkinchidan, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi;
uchinchidan, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi loyihalari ishlab chiqildi.
Xususan, agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shildi. Shunday qilib, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutilgan.
Bu – bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar”.
Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan. Misol uchun, Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi.
Kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida bir qator konsepsiya va dasturlar, 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Binobarin, yangi hujjat – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” endi Yangi O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil amalga oshirib boriladi. Xalq fikridan sayqal topgan Taraqqiyot strategiyasi Har uchala hujjat loyihasi o‘tgan yil 30 dekabr kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Shu tariqa “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining uchinchi bosqichi 2021 yil 30 dekabridan – jamoatchilik muhokamalari yakuniga yetgan sana, ya’ni 2022 yil 15 yanvarigacha bo‘lgan davrni qamraydi.
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ma’no-mohiyati haqida so‘z borganda, uning quyidagi uchta darajada namoyon bo‘ladigan tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.
Birinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning milliy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradiki, Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – oliy qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda.
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda. Yanada sodda qilib aytganda, O‘zbekistonda har bir fuqaroning qadrini yuksaltirish va farovonligini oshirish zarurligiga urg‘u berilmoqda. Eng asosiysi, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”dagi 7 ustuvor yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g‘oya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi.
Inson qadrini joyiga qo‘yishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yo‘llar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko‘plab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor.
Ikkinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning mintaqaviy darajadagi ahamiyati.
Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradiki, Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – oliy qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda.
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda. Yanada sodda qilib aytganda, O‘zbekistonda har bir fuqaroning qadrini yuksaltirish va farovonligini oshirish zarurligiga urg‘u berilmoqda. Eng asosiysi, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”dagi 7 ustuvor yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g‘oya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi.Inson qadrini joyiga qo‘yishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yo‘llar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko‘plab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor.
Ikkinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning mintaqaviy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarda Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida yaqin qardoshlikni qadrlash, qo‘shni mamlakatlar bilan manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishish bo‘yicha muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Uchinchisi – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning xalqaro (global) darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy
va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish, xususan, iqlim, ekologiya, terrorizm, korrupsiya, migratsiya, kambag‘allik kabi global muammolarni hal etish borasida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish haqida so‘z borgan.
Ya’ni, O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish bilan bog‘liq ibratli amaliyotni izchil davom ettirish lozim. Bunda O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash, BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish ayniqsa ulkan ahamiyat kasb etadi.Taraqqiyot strategiyasida, shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish, BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari ko‘rsatib berilgan.Shu nuqtai nazardan, “Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi”ning nafaqat nomlanishi, ayni chog‘da unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uyg‘un va hamohangdir.Dastlab Harakatlar strategiyasida, endilikda esa Taraqqiyot strategiyasida ham O‘zbekiston bajarishni o‘z zimmasiga olgan BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq milliy dasturi belgilab berildi.Boshqacha aytganda, O‘zbekiston tashqi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘zining BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanishi, bu boradagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati, yanada muhimi, ibratli tajribasini butun dunyoga ko‘rsata oldi. O‘z navbatida, Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi ushbu muhim taraqqiyparvar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi ishlab chiqilyapti. Qolaversa, 35 yildan buyon Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya amal qilmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti taqdim etgan Taraqqiyot strategiyasi xalqaro hamjamiyatning rivojlanish tendensiyalariga, butun dunyoning taraqqiyot trendlariga to‘la mos keladi.
Xalqaro darajada: “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mavzusida gibrid shaklida xalqaro forum o‘tkazish lozim. Ayni yo‘nalishda turli siyosiy-diplomatik tadbirlar tashkil etilishi ham ayni muddaodir.

Xulosa qilib aytganda, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ni hayotga izchil tatbiq etish jarayonlari ancha ilgari – Shavkat Mirziyoev ikkinchi marta O‘zbekiston Prezidenti lavozimini rasman bajarishga kirishgan sanadan boshlangan. Shundan so‘ng orada o‘tgan 80 kun mobaynida 6 ta qonun, Prezidentning 7 ta farmoni va 17 qarori qabul qilingan.
Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling