A Mavzu: Oila – Vatan timsoli. Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 23.03 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi23.03 Kb.
#1407458
  1   2
Bog'liq
Vatan-tugusi-fanidan-dars-ishanma


Aim.Uz



26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Baltayeva Gulbahorning 5a- sinfda Vatan tuyg‘usi fanidan ”Oila – Vatan timsoli” mavzusida o‘tkazadigan


OCHIQ DARS ISHLANMASI


Vatan tuyg‘usi. 5a
Mavzu: Oila – Vatan timsoli.
Darsning maqsadi:
1. Ta’limiy: O‘quvchilarga oila Vatan ichidagi kichik vatan ekanligini, jamiyatning rivojida oilaning roli katta ekanligini tushuntirish;
2. Tarbiyaviy: O‘quvchilarni oilani, Vatanni e’zozlaydigan oilaparvar, vatanparvar inson qilib tarbiyalash;
3. Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning oila va Vatan haqidagi bilimlarini yanada oshirish;


Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar, plakat, I.A.Karimovning ”Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asari, kompyuter, proyektor.


Foydalaniladigan metod: savol-javob, baxs-munozara, aqliy hujum, xotira mashqi.


Darsning borishi: a) Tashkiliy qism;
b) Otilgan mavzuni takrorlash;
d) Yangi mavzu bayoni;

Tashkiliy qism: salomlashish, davomat;


O‘tilgan mavzuni takrorlash:


1.“Vatan” so‘zining ma’nosini ayting.
2. Vatanparvar ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?
3. Vatan haqida she’r bilasizmi?
4. ”Vatan” so‘ziga ma’nodosh qanday so‘zlarni bilasiz?


Yangi mavzu bayoni:

Ma’lumki, oila va Vatan so‘zlari arab tilidan olingan. Oila nikoh va qarindoshlik asosida birgalikda yashashni bildirsa, Vatan tug‘ilib o‘sgan makon degan ma’nolarni bildiradi. Oilaning huquqiy asosi bu nikohdir. Nikoh bu muqaddas rishtadir. Rivoyat qilishlaricha, yer yuzidagi birinchi oila Odam Ato va Momo Havo


tomonidan qurilgan ekan. Dunyodagi turli tilda gaplashuvchi millatlar manashu oiladan tarqalibdi. Inson o‘z oilasida o‘zini erkin his etadi. Shu bois ham xalqimiz ”O‘z uyim- o‘lan to‘shagim” - deydi. Oila Vatan ichidagi kichik vatan bo‘lib, u jamiyatning asosini tashkil qiladi. Bu haqda yurtboshimiz o’zining ”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida: ”Bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”-deb yozadi. Go’dak ilk bor o’zbek tilini, vatan tuyg’usini ona aytgan alladan o’rganadi. Shu bois o’zbek tilimizga ona tili, tug’ilib o’sgan joyimizga ona Vatan deymiz. Yurtumizda Yurtboshimiz tomonidan 1998- yil ”Oila yili”, 2012-yil ”Mustahkam oila” yili, 2014-yil ”Sog’lom bola ” yili deb e’lon qilindi. Tarixdan ma’lumki, tarbiyali oiladan tarbiyali farzandlar yetishib chiqadi. Bunga misol qilib A.Navoiy, Bobur, Mirzo Ulug’bek, Abdulla Avloniy, A. Qodiriy, A.Oripov kabilarni aytish mumkin. Chunki odatda bolaning qanday inson bo’lishi avalo oilaviy muhitga bog’liq. Agar oilada tinchlik, o’zaro mehr-oqibat bo’lmasa, urush-janjal ko’p bo’lsa, bunday oilada voyaga yetgan bola ham urushqoq, hasadgo’y, yolg’onchi bo’lib o’sadi. Chunki qush uyasida ko’rganini qiladi. Tarbiya uch shaklda bo’lishi mumkin: oila tarbiyasi, ustoz tarbiyasi, jamiyat tarbiyasi. Lekin inson kamoli uchun eng muhimi oila tarbiyasidir. Chunki asosiy bilimlar, ya’ni kiyinish madaniyati, ovqatlanish, muomala madaniyati, ekologik, estetik, tibbiy va huquqiy madaniyat avvalo oilada shakllanadi. Mamlakatimizda oilani mustahkamlash yo’lida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Qarshi shahrida o’rnatilgan ”El-yurt tayanchi” haykali oilani, oilaviy qadriyatlarni ulug’lashning yana bir amaliy ifodasidir.
Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. Oila so’zining ma’nosini ayting?

  2. Jamiyatning asosini nima tashkil qiladi?

  3. “El-yurt tayanchi” qayerda o’rnatilgan?

Uyga vazifa : Yangi mavzu bayoni bilan tanishib kelish.



Download 23.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling