Prezidentimiz bitmas-tuganmas xazina tuhfa etdi


Download 14.52 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi14.52 Kb.
#1118735
Bog'liq
шер
SERTIFIKAT, SERTIFIKAT, SERTIFIKAT, SERTIFIKAT, приватный финансовый ордер 03984 от comlamenon1974, Facts about telegram messenger, 1mavzu, 3, 6-amaliy mashgulot, 4-MI (1), Tеrmоelektrik hоdisаlаr. alisher, Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy funksiyalari, 1-ma’ruza amaliy mashg’uloti topshirig’i(1), 11-oʻzbek test, 2 5307754952725104500

“Prezidentimiz bitmas-tuganmas xazina tuhfa etdi”, deydi bo‘kalik uchinchi sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 27-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubovaning ushbu she’ri bir necha kunda butun tuman aholisining yuragidan chuqur joy olishga ulgurdi. Katta-kichik barchaning kunu tun xirgoyi qilib yuruvchi sevimli qo‘shig‘iga aylandi.
Besh tashabbus
Besh tashabbus kashf etildi, Yaratildi yetildi. O‘qildi Gulistonda, Ish boshlandi Bo‘stonda.
I. Bizda teatr, san’at, Ko‘p asrlik madaniyat. Musiqa hamda rasm, Xalqimiz qilar ta’zim. Adabiyot bosh mavzu, Bobolar qilgan orzu. Ular qoni bor tanda, She’r yozaman shu onda.
II. Yoshlar hamrohi sport, Shaxmat-shashka, tennis kort. Mana ochildi “Humo”, Lol qoldi butun dunyo. O‘zbek qiz-o‘g‘lonlari, Xalqimiz polvonlari. Ularni qo‘llaydi el, Kuraklari ko‘rmas yer.
III. Kompyuter bor har uyda, Goh kunduzi, goh tunda. Internetni yoqamiz, Keng olamga boqamiz. Bu ham bir ajib tuzoq, Kirib ketmangiz uzoq. Afsus qilasiz keyin, Chiqish juda ham qiyin.
IV. Bo‘kaga keldi karvon, Bular ne deb el hayron. Nurli eshiklar ochildi, Xalqqa ziyo sochildi. Sovg‘a qilindi minglab kitob, Charaqlab ketdi oftob. Jo‘shib ketdi yuraklar, Aytildi ko‘p tilaklar.
V. Endi onalar ishlar, Bekor qolmas yoz-qishlar. Bizlar qo‘llab turamiz, Faxrlanib yuramiz. Ular safida onam, Kam bo‘lmasin deb bolam. Men ham o‘qib bilay der, Elga xizmat qilay der. Yurtboshim bo‘ling omon, Siz doimo xalq tomon. Yurtimiz tinch, el totuv, Kimlargadir bu orzu. Sizda Temurning qoni, Siz chin O‘zbek o‘g‘loni. Besh tashabbus bo‘lsa jam, Yurtda bo‘lmas hech kim kam!
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 27-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubovaning ushbu she’ri bir necha kunda butun tuman aholisining yuragidan chuqur joy olishga ulgurdi. Katta-kichik barchaning kunu tun xirgoyi qilib yuruvchi sevimli qo‘shig‘iga aylandi.
Havaskor yosh shoiraning qalb kechinmalari qisqa fursatda nafaqat Bo‘ka tumani, balki Toshkent viloyati aholisi o‘rtasida ham bu qadar mashhur bo‘lib ketishining sababi bor, albatta. Chunki bu shunchaki qofiyalangan misralar yoki maddohlik emas, she’r Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida ayni paytda Bo‘ka tumanida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangani va misli ko‘rilmagan ulkan bunyodkorlikka nisbatan tuman aholisining yurak so‘zlari ifodasi ekani bilan ahamiyatlidir.
Fazilat Yoqubovaning beshta muhim tashabbusga bag‘ishlangan mazkur she’ri ilk bor 1 iyun kuni Prezidentimizning Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasiga tashrifi chog‘ida yangragan edi. Davlatimiz rahbari o‘shanda Fazilatga yaxshi ta’lim-tarbiya, ijodiy muhit va sharoit yaratib bergani uchun uning otasiga avtomobil sovg‘a qilinishini aytgan edi. Bo‘lajak yosh shoiraning o‘ziga esa uyida kutubxona ochib, “Fazilat” deb nomlashni taklif qilgandi.
Yakunlanayotgan hafta avvalida Fazilatning otasi Hikmatilla Yoqubovga Prezidentimiz sovg‘asi – “Kobalt” avtomobili topshirildi. Tantanali marosimda Yoqubovlar oilasi a’zolari, xususan, yosh iqtidor egasi Fazilatxon, otasi Hikmatilla aka, onasi Feruza opa va oilaning to‘ng‘ich farzandi Shahzoda bilan suhbatlashdik.
– Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus qishlog‘imizga, qishloq odamlari hayotiga tom ma’noda yangi ruh olib kirdi, – deydi Hikmatilla Yoqubov. – Odamlarning, ayniqsa, yoshlarimizning dunyoqarashi tubdan o‘zgardi. O‘qituvchi sifatida ishonch bilan aytishim mumkinki, bugungi kunda kitobxonlik va sport ular hayotining ajralmas qismiga aylandi. Farzandlarimdan qiyos. Katta qizim Shahnoza 6-sinfga, kichigi Fazilat 3-sinfga o‘tayapti. Ikkisi ham she’r yozadi, mutolaa jonu dili. Prezidentimiz taklifiga binoan uyimizda "Fazilat" kutubxonasini tashkil qilayapmiz. Kutubxonamizga Yoshlar ittifoqi 2 mingta, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ham 2 mingta, xalq ta’limi vaziri, tumanimiz hokimi va boshqa ko‘plab rahbarlar 100 tadan kitob sovg‘a qilishini aytdi. Taxminimcha, "Fazilat" – eng boy oilaviy kutubxonalardan biri bo‘ladi. Gapning lo‘ndasini aytganda, 5 ta muhim tashabbus yoshlarimizning har tomonlama sog‘lom va bilimli avlod bo‘lib kamol topishiga xizmat qilishiga ishonaman.
Fazilat Yoqubova barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qiydi. Hikmatilla akaning ta’kidlashicha, Fazilat 4,5 yoshidan opasi Shahzodaga qo‘shilib maktabga qatnay boshlagan. Avvaliga ota-onasi uni maktabdan qaytarishga harakat qilgan, ammo uddasidan chiqa olmagach, bo‘lajak yosh shoiraning tanlovini qo‘llab-quvvatlagan. O‘sha paytlarda Fazilat opasi yordamida darsliklardagi she’rlarni, shuningdek, maktabda o‘tadigan bayram tadbirlarida o‘qilgan, hatto televizorda aytilgan she’rlarni ham yod olgan. Shularning ta’siridanmi, hali o‘qish va yozishni bilmasdan turib she’r to‘qishni mashq qila boshlagan. Ayni paytda uning Vatan, ona, tinchlik, do‘stlik va turli bayramlarga bag‘ishlab yozgan she’rlari maktabda o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘qib kelinadi.
– Otam maktabimizda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, onam esa tikuvchilik sexida ishlaydi, – deydi Fazilat. – Opam 6-sinfga, men esa 3-sinfga o‘tayapmiz. Maktabimizda turli fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan sinflar bor. Opam ikkimiz matematika faniga ixtisoslashtirilgan sinfda o‘qiymiz. Matematikani qanchalik yaxshi ko‘rsam, adabiyotni, she’riyatni ham shuncha yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf bobomlarning va, albatta, Shahzoda opamning "Baxtli bolalik", "Ustozim" she’rlarini sevib o‘qiyman.
Opa-singil Shahzoda va Fazilat Yoqubovalar bilan suhbatimiz qizg‘in kechdi. Yosh iqtidor sohibalarining qayd etishicha, Prezidentimizning Bo‘ka tumaniga tashrifi, tumanda 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ularning iqtidori namoyon bo‘lishi, ayniqsa, o‘qib-izlanishlari uchun munosib sharoit yaratilishiga zamin bo‘ldi.
– Oilamizga Prezident sovg‘asi – "Kobalt" avtomobili topshirildi, – deydi Fazilat. – Bu sovg‘a hammamizni, ayniqsa, otamni cheksiz quvontirdi. Oilaviy baxtimizga sababchi bo‘la olganimdan xursandman. Ammo bilasizmi, Prezidentimizning menga atalgan eng katta sovg‘asi hali oldinda. Ayni paytda uyimizda Yurtboshimiz taklifiga asosan "Fazilat" kutubxonasi tashkil etilmoqda. Bu sovg‘a men, oilam, maktabimiz va bo‘kalik yoshlar uchun bitmas-tuganmas xazina bo‘ladi.
Fazilatga kutubxona va mutolaa bilan bog‘liq savollarimiz javobsiz qoldi. Barcha savollarga qisqa qilib: "Qolganini "Fazilat" kutubxonasiga kelsangiz gaplashamiz", dedi. Demak, suhbatimiz davomi va keyingi manzil – "Fazilat" kutubxonasi!
Download 14.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling