Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni quyidagi sõzlarini keltirib õtishimiz mumkin


Download 42.4 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi42.4 Kb.
#1347464
Bog'liq
Sh.Jabborova


Hozirgi kunda boshlanğich talim tizimining asosiy vazifalaridan biri ôquvchilarni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalash dolzarb mavzu qilib olingan . Kelajak uchun poydevorni aynan boshlanģich ta'limdan qurmoģimiz lozim. Biz õquvchilarga mustaqil fikrlash, õzligini anglash, bilimlarni chuqurroq egallashda ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizni õrgatishimiz , yuksak axloqiy fazilatlar kabi tuyģularda tarbiyalashimiz zarur.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni quyidagi sõzlarini keltirib õtishimiz mumkin:

" Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimiz kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bõlgan, bugungi va ertangi kunimizni hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga gurur va iftixor baģishlaydi" deya ta'kidlab õtganlar. Albatta , bu gaplar bejiz emas, bolani kelajakda qay darajada õqishi, yurish-turishi, õzini tutishi, qaysi kasb egasi bõlib yetishib chiqishida ham boshlanģich ta'limni õrni beqiyos.

Pedagogik yangiliklarni yaratish ularni amaliyotda qõllash va rivojlantirish bilan shuģullanadigan fanga pedagogik yangilik deyiladi. Pedgog inson darsini qiziqarli va samarali bõlishida yangiliklardan , interfaol metodlarda,

Didaktik õyinlardan va zamonaviy arktexnologiyalaridan , innovatsion texnologiyalardan oqilona foydalana olishni bilishi kerak.shunda õquvchilar darsga qiziqishi, õqishga bõlgan muhabbati oshib boradi. Shu bilan birga õqituvchi barcha bolalarni õziga jalb qila olishi va ularni raģbatlantirishi turli xil õyinlar izlab topishi, bolalar bilan turli xil ekskursiyalar tashkil qilishi, ularni xar biriga e' tiborli bõlishi kerak

Vatanimiz yigit- qizlarini XXI asr talablariga tõliq javob beradigan , har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish maqsadida õquv jarayoniga axborot- kamunikatsiya va internet texnologiyalarini keng joriy qilish bõyicha amaliy ishlar davlat dasturlarida kõrsatilib qõyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda. Ularda quyidagi vazifalar sifatida belgilab qõyilgan:

Soģlom bolani shakllantirishda ta' lim- tarbiya , sport va maktabgacha ta' lim muassasalari tarmoģini kengaytirish, ularni proffessor õqituvchilar bilan ta' minlash, boshlanģich talimni sifatli ta' minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini oshirish.

Boshlanģich sinflari uchun darsliklarni multimedia shaklida ishlab chiqish õqitishning õyinli shakllaridan foydalanishni kengaytirish kerakligi takidlab ötilgan.

Rivojlangan davlatlar ta' lim sohasida bõlayotgan ijobiy jihatlarini e'tiborga olgan holda ta' lim samaradorligini oshirish uchun texnologiyalardan foydalanish davr talabiga aylangan. Maktablarda aqliy õsishning õsib borishi, bolalarni õqishga chuqqurroq kirib borishiga intilishiga yana bir sabab darslardagi texnologiyalardan mohirlik bilan qõllash ekanligidir.

Hozirgi kunga nazar tashlasak ilmiy ishlar yaratayotgan olimlar, ulmolar, vazirlar ham õz õzidan olim bõlib yoki vazir bõlib qolmagan, ularni kelajakka , õqishga bõlgan muhabbat tuyģusini kõngillariga solgan oddiy muallim

Õzbekiston kelajagi buyuk davlat, bunday hur vatanga munosib farzand bõlish har bir yigit qizning burchi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev yoshlarga barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda . Yosh avlodimiz uchun juda kõp tanlovlar bolmoqda .

Bunday tanlovlar õzi nima uchun kerak ? Kabi savollar tuģilishi tabiiy. Turli xil tanlovlar orqali biz yosh avlod õrtasida õqishga bõlgan raqobatni rivojlantirishimiz mumkin. Vaxolangki, raqobat bor joyda õsish bor deganlaridek, har bir õquvchi qiziqadi, intiladi, muvaffaqiyat sari olģa qadam tashlaydi. Shu kabi tanlovlarda juda kop õquvchilarimiz qatnashib, prezident stipentiyasi, Navoiy nomidagi stipentiya, zulfiyaxonim laurenti kabi yutuqlarga ega bôlishmoqda. Shu õrinda Imom Buxoriyni oltinga teng nasixatlarini keltirib õtamiz: " Agar bu dunyoda yaxshi yashashni istasang Savdogar bôl, agar u dunyoda yaxshi yashashni istasang ibodat qil, agar ikki dunyo yaxshi yashashni istasang ilm ol , bilim õrgan!"

Taraqqiyotning tamal toshi ham , mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm fan , talim va tarbiyadir .

Sh. Mirziyoyev aytganlaridek " Maktabda õqiyish metodikasi õzgarmas ekan talim sifati ham, muhit

Xam õzgarmaydi. Maktab shunday dargohki direktordan sinf raxbarigacha yuksak masuliyat va yuqori darajadagi javobgarlikni talab qiladi. Bu yillar davomida kõrinmaydigan ammo natijasi yaqin 10- 15 yilda butun mamlakat qiyofasini tubdan õzgrishiga asos bõladigan qudratli manbadir.

Ta' lim - barcha orzular kalitidir.


Download 42.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling