Prinsipiga doir mantiqiy masalalarni yechish
Download 119.03 Kb. Pdf ko'rish
|
5-MAVZU
5-§.ENG YOMON HOLNI KO`RISH VA DIRIXLE PRINSIPIGA DOIR MANTIQIY MASALALARNI YECHISH USULLARI Bu turdagi masalalarni yechishda talab etilayotgan tasdiq eng yomon (noqulay) holat uchun to`g`ri ekanligi isbotlansa, u holda qolgan boshqa barcha hollar uchun u albatta doimo o`rinli bo`lishiga asoslanadi. Shuning uchun bunday masalalarni yechishda eng muhimi- bu eng yomon holatni to`g`ri aniqlashdan iborat bo`ladi. 1- masala. Xaltada 6 ta oq va 3 ta qora shar bor. Xaltadan eng kam sondagi nechta sharlar olinganda, ular orasida, albatta: 1) hech bo`lmaganda, bitta oq shar; 2) hech bo`lmaganda, bitta qora shar; 3) hech bo`lmaganda, bitta oq va bitta qora shar bo`ladi. Yechish. 1) Ravshanki bu erda eng yomon hol biz xaltadan doimo qora sharlarni tortib olishimiz bo`ladi. Bunda 3 ta sharni tortib olganimizdan keyin ham biz oq sharni tortib ololmaymiz. Lekin 4 ta sharni tortib olsak, u holda bu 4 ta sharlardan hech bo`lmaganda bittasi oq shar bo`ladi. 2) Bu erda eng yomon hol biz haltadan doimo oq sharni tortib olishimiz bo`ladi. Bunda 6 ta sharni tortib olganimizdan keyin ham biz qora sharni tortib ololmaymiz. Lekin 7ta sharni tortib olsak, bu 7 ta sharlardan hech bo`lmaganda bittasi qora shar bo`ladi. 2-masala. Xaltada bir xil o`lchamdagi 10 ta qo`ng`ir rang va 10 ta qora rang paypoqlar bor. Xaltadan nechta paypoqni olgandan so`ng, ular orasida bir juft bir xil rangdagi paypoqlar bo`ladi? Yechish. Bu holda eng yomon hol biz xaltadan turli rangdagi paypoqlarni olishimiz bo`ladi. Bunda 2 ta paypoqni olganimizdan keyin ham biz bir xil rangdagi paypoqlarni ola olmaymiz (bunda biri qo`ng`ir rang ikkinchisi qora rang paypoq bo`ladi). Lekin 3-olishda qanday rangdagi paypoqni tortib olishimizdan qat’iy nazar, bu 3 ta paypoqlar ichida bir xil rangdagi bir juft paypoq bo`ladi. Download 119.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling