Professional ta’lim tizimida soliqqa tortish fanlarining o’qitilish jarayonida pedagogik hamkorlikni vujudga keltirishga oid nazariy yondashuvlar. Djumaeva Maxfuza Baxodirovna


Download 49 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi49 Kb.
#1705933
Bog'liq
Djumaeva Maxfuza BST-


PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA SOLIQQA TORTISH FANLARINING O’QITILISH JARAYONIDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNI VUJUDGA KELTIRISHGA OID NAZARIY YONDASHUVLAR.

Djumaeva Maxfuza Baxodirovna - Buxoro soliq texnikumi katta o’qituvchisi

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni asosida professional ta’lim shartlari belgilab berilgan. Unga ko’ra ta’lim oluvchilarning o’zi tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo’lishi belgilab berilgan. Soliq texnikumlarida soliqqa tortish fanlarini pedagogik hamkorlik asosida olib borilishi ta’lim jarayonini samarali tashkil qilinishida muhim rol o’ynaydi.


Aslida, texnikum barcha o’quvchilar uchun quvonch keltiradigan, dunyoning faqat ijobiy eshigini ochib beradigan, ularni yuksak ma’naviyat cho’qqisiga yetaklovchi, shu yo’l bilan barkamol inson bo’lib davlatimizga xizmat qiladigan malakali kadrlar tayyorlaydigan maskandir. Chunki, texnikum ta’limining asosiy maqsadi va bu yo’lda bajariladigan barcha vazifalarning mohiyati ta’lim oluvchining ma’naviy etuk, jismonan baquvvat, ilmli, mehr-muravvatli bo’lib kamol topishiga qaratilgan. Hech kimga sir emaski, ta’lim sohasida yuqorida ta’kidlangan maqsad va vazifalar anglanilsa-da, unga hamma vaqt ham etarlicha amal qilinmayapti. Natijada, texnikumlarda o’quvchilar va o’qituvchilar orasida o’zaro hamkorlikka asoslangan do’stona muhitning tarkib topishi qiyin kechishi mumkin.
Soliqqa tortish fanlarining o’qitilishi jarayonida o’zaro hamkorlikka asoslangan do’stona muhitni vujudga keltirish shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining o’rta –maxsus,kasb-hunar ta’limi markazining “Davlat soliq organlari hamda ta’lim muassasalar o’rtasida ta’lim jarayoni va ishlab chiqarish integrasiyasini tashkil etish hamda davlat soliq xizmati organlarida talabalar amaliyotini tashkil etish va o’tkazish tartibini takomillashtirish haqida”gi qo’shma qaroriga asosan malakaviy amaliyot davrida o’quv jarayonida o’rganilayotgan fanlar bo’yicha amaliy ko’nikmalarni takomillashtirishga,talabalarning qonun hujjatlarining huquqiy normalarini amaliyotda qo’llash bo’yicha mahoratlarini tekshirishga imkon beradi. Davlat soliq organlari hamda ta’lim muassasalari o’rtasida ta’lim jarayoni va ishlab chiqarish integrasiyani tashkil etishdan maqsad:
- ta’lim muassasalarida zamonaviy bilim va ko’nilmalarni egallagan yuqori malakali mutahassis kadrlar tayorlash;
-davlat soliq xizmati organlarida korporativ ta’lim samaradorligini oshirishda ta’lim muassasalari ilmiy xodimlari va pedagogik-o’qituvchilarning kasbiy faoliyatidan foydalanish;
- ta’lim mazmunini soha istiqbolidan kelib chiqib belgilash,uni ilmiy asosda uzluksiz yangilab boorish;
-ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish joyiga moslashishi uchun zarur shart-sharotlar yaratish;
-davlat soliq xizmati organlari xodimlariningkasbiy salohiyatini zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirib borishdan iboratdir.
Texnikumdagi o’quv-amaliyot jarayoni orqali esa o’quvchining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish asosida tashkil qilinishi lozim. O’qituvchi bilan o’quvchi orasida o’zaro hamkorlik muhiti yaratilayotganda barcha o’quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi juda muhimdir. Bu jarayonda o’zaro tenglik muhiti hukmron bo’ladi, o’quv jarayonida o’quvchilarning aksariyat muammolarini echishga ko’maklashadigan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi.
Ta’lim-tarbiya texnikum, mahalla va o’quvchilar jamoasi hamkorligida, demokratiya va tolerantlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda o’quvchilar oddiy ta’lim oluvchilar emas, ta’lim-tarbiya jarayonining teng huquqli, hamkorlik asosida jipslashgan ishtirokchilari bo’lishlariga erishiladi. Guruhdagi barcha o’quvchilarga bir xil muomala va munosabat, hamkorlikdagi ta’lim, o’quvchi, o’qituvchi va ma’muriyat orasida do’stona munosabat ustuvorligi asosida sifatli ta’lim berish jarayoni vujudga keladi. O’quvchilarga nisbatan do’stona munosabat muhiti o’zaro adolatli munosabatlar zamirida yaratiladi.
Adolat bor joyda haqiqat, haqiqat bor joyda o’zaro hurmat muhiti hukm suradi. O’quvchi va o’qituvchi orasida o’zaro hurmat shakllangan ta’lim jarayonida do’stona munosabat, o’zaro-g’amxo’rlik, mehr-muruvvat qaror topadi.
O’qituvchi bilan o’quvchilar orasidagi o’zaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun, avvalo, quyidagilarni amalga oshirish kerak:
-o’quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish;
-o’quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;
-o’quvchilar va soliq organlari o’rtasida ustoz-shogird an’anasini tashkil etish;
-o’quvchilar jamoasi orasida o’zaro do’stona muhitni vujudga keltirish kabilar.
O’zaro hamkorlik va do’stona muhitni vujudga keltirish uchun muayyan maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayonni shunday tashkil etish lozimki, buning o’quv-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o’zaro axborotlar almashinuvi uchun qulay bo’lishini ta’minlash muhimdir.
Ta’lim jarayonida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun o’quvchilarda ongli faoliyat ko’rsatish ko’nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish alohida ahamiyatga ega.
O’rta Osiyo mutafakkirlari al-Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, al-Forobiy, ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy kabilarning ilmiy-nazariy merosida o’qituvchilar va ta’lim oluvchilar orasidagi hamkorlik, do’stona munosabat masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan va ijtimoiy hamkorlik muammosining ijtimoiy—psixologik jihatlari hamkorlikdagi faoliyat ko’rinishi tarzida bayon etilgan va ilmiy jihatdan ma’lum darajada asoslangan. Bu boradagi izlanishlarning ayrimlarida hamkorlikdagi faoliyatni ishlab chiqarish jarayonining ijtimoiy psixologik jihati nuqtai nazaridan o’rganish, ya’ni jamoadagi ijtimoiy-psixologik muammolarni tadqiq etishga urg’u berilgan. Demakki, biz tadqiq uchun tanlagan muammoning ayrim qirralar sharqning qomusiy olimlari nazaridan ham chetda qolmagan. Pedagogik hamkorlik masalasining samaradorlik jihatini ajdodlar tajribasi ham kafolatlaydi, desak mubolag’a bo’lmas.
Pedagogik hamkorlik, ya’ni sinergetika yangi mohiyat kasb etgan tushuncha sifatida o’zbek pedagogikasiga kirib kelar ekan, u bevosita falsafiy metodologiya va sostiologiya sohalari bilan ham bog’lanadi. Chunki, insonning hamkorlikdagi faoliyati muayyan jamiyat hayoti bilan bog’liq tarzda amalga oshadi. Bu shuni anglatadiki, jamiyat hayotida inson uchun hamkorlikda faoliyat ko’rsatish quvvati bilan bir qatorda, hamjihatlikda rivojlanish imkoniyati ham mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. “Ta’lim to’g’risidagi qonun” 23.09.2020 yil
2. WWW.GOV.UZ
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling