Professor azamat haydarov kitoblarida ma’naviy- ma’rifiy islohotlar tahlili


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1188914
  1   2
Bog'liq
professor-azamat-haydarov-kitoblarida-ma-naviyma-rifiy-islohotlar-tahlili



PROFESSOR AZAMAT HAYDAROV KITOBLARIDA MA’NAVIY-
MA’RIFIY ISLOHOTLAR TAHLILI 
 
Moʻminmirzo Zokir oʻg‘li Xolmoʻminov 
Mominmirzo xolmominov@gmail.com 
Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada siyosiy fanlar nomzodi, professor Azamat 
Haydarov Haydarovichning ilmiy kitoblarida muallifning O‘zbekistonda ma’naviy-
ma’rifiy ishlarda amalga oshirilgan islohotlari va uning ishtiroki, soha taraqqiyotiga 
qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritiladi. Undan tashqari jamoat faoli A. Haydarov 
tomonidan Respublikamiz va xalqaro ko‘lamda madaniy-ma’rifiy jarayonlarda 
amalga oshirilgan ishlarning tafsilotlari va hayot yo‘li, ilmiy-ijodiy ishlar tahlili 
to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. 
Kalit soʻzlar: olim, kitob, ma’naviyat, qadriyat, inson, komillik, madaniyat, 
san’at, boshqaruv, siyosat, rahbar, jarayon. 
ANALYSIS OF SPIRITUAL AND ENLIGHTENMENT REFORMS IN THE 
BOOKS OF PROFESSOR AZAMAT HAYDAROV 
Kholmuminov Zokir oglu Muminmirzo 
mominmirzoxolmominov@gmail.com 
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 
Abstract: This article discusses the author's reforms in the field of spiritual and 
educational work in Uzbekistan and his participation in the scientific books of the 
candidate of political sciences, Professor Azamat Haydarov Haydarovich. In addition, 
the public activist A. Haydarov provided information on the details of the work 
carried out in the cultural and educational processes in the country and 
internationally, as well as the analysis of scientific and creative work. 
Keywords: scientist, book, spirituality, values, human, perfection, culture, art, 
management, politics, leader, process. 
Hayotda shunday insonlar borki, ular doim o‘zlaridan katta-katta meros 
qoldiradi. Yurtimizda buyuk allomalar yashab ijod qilganligini barchamiz yaxshi 
bilamiz. Ilm ahli doim o‘zidan keyin ilm bog‘ida shogird qoldirishni va o‘zining 
o‘chmas merosini abadiylashtirishga harakat qiladi. Men shunday insonlardan birini 
bilaman. Ular bundan bir yil oldin karonavirus kasalligiga chalinib bu foniy dunyoni 
tark etdi. Ilohim ruhlari shod bo‘lsin... Sizlarga ustozim Azamat Haydarovning hayoti 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
255
http://oac.dsmi-qf.uz


va amalga oshirilgan ishlari, yozgan asarlaridan namuna va iqtiboslar keltirib, ozgina 
bo‘lsa hamki nimadir yozishga harat qildim. Hurmatli ilm ahli siz ushbu maqolani 
o‘qiganingizda professor Azamat Haydarov qisqa umri davomida bir inson 
zimmasiga hisoblaganda juda ko‘p ishlarni amalga oshirganini bilib olasiz.
A.Haydarov 1957-yil 20-mayda Navoiy viloyati Nurota tumanida dunyoga 
kelgan. 1976-1980-yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat 
institutini (hozirgi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) tamomladi. 
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Navoiy shahar 11-sonli umumta’lim maktabida musiqa 
fani о‘qituvchisi sifatida boshladi. 1982-yildan Navoiy viloyati Nurota tuman 
Markaziy madaniyat uyi direktori, 1983-yil Navoiy viloyati xalq ijodiyoti va 
madaniy-ma’rifiy ishlar markazi Samarqand, Buxoro, Navoiy hududiy ilmiy-metodik 
markazi direktori, 1991-yilda Navoiy shahar A.Qodiriy nomidagi madaniyat uyi 
direktori, 1992-yilda Navoiy viloyati Madaniyat ishlari boshqarmasi boshlig‘i, 1995-
1996-yillarda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat 
qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 1996-2000-yillarda Navoiy viloyati hokimining 
ijtimoiy masalalar bо‘yicha о‘rinbosari, 2001-2002-yillarda Madaniyat ishlari 
vazirligining Akademik va xalq badiiy jamoalar boshqarmasi boshlig‘i, 2002-yildan 
О‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Malaka oshirish”
fakulteti dekani va 
“Siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishladi. 
2004-yildan esa, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining 
о‘rinbosari etib tayinlandi. Vazirlikdagi faoliyati bilan birga 2005-yili О‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida 
23.00.03 - “Siyosiy madaniyat va mafkurasi” ixtisosligi bо‘yicha siyosiy fanlar 
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “О‘zbekiston jamiyati siyosiy madaniyatida 
milliy-ma’naviy qadriyatlarning о‘rni” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini himoya qiladi 
va siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini oladi. 
Shuningdek, 2008-yildan “О‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori, 
2014-2017-yillarda Madaniyat va sport ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va 
madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazi direktori vazifasini 
bajargan. 
2017-yildan О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Respublika 
madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori 
lavozimida faoliyat kо‘rsatish bilan birga, 2016-2021-yillar mobaynida 
О‘zDSMIning “Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va 
boshqarish” kafedrasida talabalarga mutaxassislik fanlaridan dars berib, pedagogik 
mahoratini ham takomillashtirib borgan. 
Azamat Haydarovich 40 yildan ortiq ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 1999-
yili “Ma’naviyat-huquqiy davlat tayanchi”, 2008-yili “Inson kamoloti va milliy 
ma’naviy qadriyatlar”, 2015-yili “Ajdodlarimiz merosi - milliy ma’naviyatimiz 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
256
http://oac.dsmi-qf.uz


poydevori” nomli risolalari va 2009-yili “Siyosiy madaniyat mas’uliyati” 
monografiyasi, 2016-yili “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda 
boshqarishga doir me’yoriy hujjatlar tо‘plami”, “Madaniyat va san’at sohasini 
boshqarish asoslari” hamda 2017-yil “Ijodiy faoliyatni rejalashtirish va boshqarish” 
о‘quv qо‘llanmalari, 2019-yil “Harakatlar strategiyasi va ma’naviy yuksalish”, 
“Madaniyat - milliy yuksalish poydevori” kabi uslubiy qо‘llanmasi nashr etilgan. 
Shuningdek, filologiya fanlari doktori, professor Mamatqul Jо‘rayev bilan 
hammualliflikda “О‘zbekiston baxshilari” kitob-albomi о‘zbek, rus va ingliz tillarida 
nashr etildi. 
Yuksak tashkilotchilik salohiyati bilan
“Navrо‘z” va “Mustaqillik kuni”
 davlat 
tadbirlari, “Buyuk ipak yо‘li”, “Nurli navolar”, “Boysun bahori”, “Xalqaro 
baxshichilik san’ati” festivallarini о‘tkazishda rahbarlik qildi. Yosh iste’dod egalarini 
har tomonlama qо‘llab-quvvatlash maqsadida “Mardu maydon” jonli ijro festivalini 
qayta tikladi. Uning sa’y-harakatlari bilan О‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 
hamkorligida “О‘zbekiston - boqiy dostonim” respublika baxshilar tanlovi hamda 
badiiy havaskorlik san’atini rivojlantirish maqsadida “Yangi О‘zbekiston - dillarda 
doston” telefestivallari о‘tkazildi. 
Azamat Haydarovich О‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi taraqqiyoti 
rivojiga ham katta hissa qо‘shdi. Uning rahbarligida nomoddiy-madaniy meros 
durdonalarini asrab-avaylash borasida “San’at va sayohat” kо‘rsatuvi tashkil etilib
respublikamizdagi 50 dan ortiq folklor-etnografik jamoalarining fonotekasi yaratildi. 
О‘zMTRK arxivida saqlanayotgan, atoqli baxshilar ijrosidagi dostonlar magnit 
tasmalardan zamonaviy format SD va DVD disklarga kо‘chirib о‘tkazildi. Yangidan 
20 nafar xalq baxshilari ijrosidagi dostonlarning audio disklari tayyorlandi va mazkur 
audio yozuvdagi dostonlar qog‘ozga tushirilib, 10 ta doston kitob holatiga keltirildi. 
A.H.Haydarov О‘zbekiston nomoddiy-madaniy meros obyektlari milliy 
rо‘yxatini shakllantirish, YUNESKOning Insoniyat nomoddiy-madaniy merosi 
Reprezentativ rо‘yxatiga “Palov madaniyati va an’analari”, “Baxshi san’ati” 
nomzodnomalarini tavsiya etishda katta izlanishlar olib bordi. Xalqaro va respublika 
festivallari, ilmiy-amaliy konferensiya va seminar-treninglarni tashkil etishda 
jonbozlik kо‘rsatdi. Madaniyat va san’at sohasi xodimlarining tilak va xohish-
istaklarini chuqur о‘rganib, davlatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va 
farmonlarga takliflar bildirgan va me’yoriy hujjat loyihalarini ishlab chiqish 
jarayonlarida bevosita ishtirok etdi. 
Olimning madaniyat va san’at sohasining dolzarb nazariy va amaliy 
masalalariga bag‘ishlangan 300 ga yaqin ilmiy maqolalari xorij va republikamizdagi 
nufuzli gazeta va jurnallarda nashr etildi. Atoqli olim, mehribon va jonkuyar 
ustozning shogirdlari hozirgi kunda madaniyat va san’at muassasalari va 
tashkilotlarida tashabbuskor xodim va rahbarlik faoliyatlarida ishlab keldi. 2011-yilda 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
257
http://oac.dsmi-qf.uz


О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oliy attestatsiya komissiyasi 
tomonidan olimga dotsent va 2017-yilda professor ilmiy unvonlari berildi. Uzoq 
yillik fidokorona xizmatlari munosib taqdirlanib, 1999-yil “Shuhrat” medali, 2019-yil 
“Madaniyat va san’at fidokori” kо‘krak nishoni, 2020-yil “Xalqaro oltin meros” 
medaliga sazovor bо‘ldi. 
1-rasm: Mazkur stend O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2-o‘quv binosi 
4-qavat S 4-4 o‘quv xonasiga o‘rnatilgan. O‘quv xonasiga “Siyosiy fanlar nomzodi, 
professor Azamat Haydarov Haydarovich” nomi berilgan 
Yuqorida sizlarni Azamat Haydovning mehnat va tashabbuskorlik faoliyati 
davomida bosib o‘tgan yo‘li bilan qisqacha tanishib o‘tdik. Endi esa, ustoz tomonidan 
yozilgan kitoblarda ijtimoiy-madaniy hayot bo‘yicha zikr-u bayon etilgan falasfiy-
ilmiy qarashlardan keltirib o‘tamiz. 
Boshqaruv hayotiy zaruratdir. Boshqaruvsiz kishilarning faoliyatini ma’lum 
maqsad sari yo‘naltirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini, shu jumladan, 
madaniyat va san’at sohasini ham rivojlantirib bo‘lmaydi. Boshqaruv bo‘lmagan 
joyda tartibsizlik, boshboshdoqlik va o‘zibiluvchanlik yuzaga keladi. 
Boshqaruv serqirra jarayondir. Ayniqsa, madaniyat va san’at sohasini 
boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va ayrim nozik jihatlari bor. Aytmoqchi 
bo‘lgan fikrimiz shuki, madaniyat va san’at sohasini boshqaruvchi shaxslar - 
menejerlar nihoyatda chuqur mulohaza qiladigan, adabiyot, san’at, musiqa 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
258
http://oac.dsmi-qf.uz


yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadigan ijodkorlarning ma’naviy-ruhiy holatini, 
kechinmalarini, ijodiy imkoniyatlarini, qolaversa, ularning harakteridagi ayrim 
fazilatlarini yaxshi bilishlari lozim bo‘ladi[1:155,156].
Bugun o‘tayotgan har bir kunimiz olamshumul o‘zgarishlarga boy. 
Yangilanishlar, izchil islohotlarning amaliy samaralari tarixiy voqelik sifatida 
hayotimiz sahifalarida yorqin iz qoldirmoqda. Ayniqsa, keying uch yil davomida 
barcha sohalarda ro‘yobga chiqarilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga 
oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush 
tarzini va taqdirini, qolaversa dunyoqarashini ham tubdan o‘gartirib yuborayapti[2:3]. 
Ko‘pni ko‘rgan, goh Alpomish, goh Go‘ro‘g‘li, goh Rustami doston bo‘lib, 
do‘mbirasi bilan do‘stlashib, ona yurtni maqtashib, jonim fido senga, O‘zbekistonim, 
deb jo‘shib kuylayotgan ko‘ngli toza, niyati pok baxshi bobo tilidan aytadigan 
bo‘lsak, beixtiyor bu kunlarning sadag‘asi ketay deb yuborasiz[3:11].
Jamiyatda ro‘y berayotgan ana shunday olamshumul tarixiy kunlarda barcha 
sohalar qatori, ayniqsa, bizning kundalik faoliyatimiz hisoblangan madaniyat va 
san’at yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni, ta’siri va ahamiyati qanday 
bo‘ladi, madaniyat va san’at muassasalari xodimlarining ma’suliyati, burchi va asosiy 
vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi, biz o‘z faoliyatimizni qay yo‘sinda tashkil 
qilishimiz kerak, mamlakat taraqqiyotiga qanday ulushimiz va qaysi xizmatlarimiz 
bilan hissa qo‘shamiz yoki shiddatli islohotlar va hozirgi murakkab, tahlikali 
jarayonlarda o‘z o‘rnimizni topolmay muammolar qurshovida qolib ketamizmi?! 
Davom ettirsak, savollar, va baxsli munozaralar juda ko‘p. 
Xullas, do‘ppini boshdan olib qo‘yib, tez suratlarda o‘zimizni o‘nglab olishimiz, 
davlatimiz rahbarining madaniyat va san’atni rivojlantirishga doir barcha Farmon va 
qarorlarini birma-bir sinchiklab o‘qib, o‘rganib, mazmun-mohiyatini teran anglab, 
juda katta ma’suliyat bilan madaniyat sohasining chinakam vakili va haqiqiy 
jonkuyari sifatida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga kirishish zarur, 
albatta[4:13,14].
Dunyoda ezgulik degan buyuk va qudratli tuyg‘u bor, bu noyob tuyg‘uni butun 
vujudiga, qalbiga jo qilgan insongina bunyodkorlik va yaratuvchanlik kabi ulug‘ 
fazilatlarga ega bo‘ladi. Muqaddas Vatanni va bizga rizq berib kelayotgan shu ona 
zaminni, mehnatkash xalqimizni eng go‘zal va eng baland eng yuksak tog‘larga 
urilib, aks-sado beradigan jarangdor ovozlarda baralla kuylaydigan zamon keldi. Har 
bir madaniyat xodimi va barcha san’atkorlar jo‘r bo‘lib, shukrona aytaylik ushbu 
kunlarga. Yangilanayotgan O‘zbekistonni bundan-da obod qilish va xalq ko‘ngliga 
shodlik ulashish, milliy madaniyatimizni yanada yuksaltirish borasida yaratilayotgan 
beqiyos shart-sharoit va imkoniyatlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Prezident 
tashabbusi bilan davlat va jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida ro‘y 
berayotgan inqilobiy o‘zgarishlar davrida farmon-u qarorlarda belgilab berilgan 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
259
http://oac.dsmi-qf.uz


madaniyat va san’at rivojini ta’minlashga qaratilgan g‘oyat muhim vazifalarni chuqur 
his qilib, ma’suliyat va javobgarlikni teran idrok etishimiz zarur. Zotan, ma’naviy 
yuksalish tafakkurimizdagi yangicha o‘zgarishlar bilan bovasta bo‘lib, davlat rahbari 
tomonidan ayni kunlarda amalga oshirilyotgan asrlarga tatigulik o‘zgarishlar va 
yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etib milliy madaniyatimizning yanada ravnaq 
topishi uchun fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilish demakdir. Zero, milliy tiklanishdan 
millay yuksalish sari degan ezgu g‘oyani amalga oshirishda madaniyat va san’at 
ahlining juda faol bo‘lmog‘i zarurligini davrning o‘zi taqozo etmoqda[5:18,19].
O‘zbekiston xalqi hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi madaniyat va 
san’at yo‘nalishlarida ham yangi, tarixiy tub islohotlar amalga oshirilishi keng yo‘lga 
qo‘yildi. Sohada to‘planib qolgan muammolar, ya’ni madaniyat va san’at sohasini 
boshqarish, malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va uning 
mexanizmlarini ishlab chiqish, madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlaydigan 
o‘quv yurtlari hamda professional teatrlar va sohaning boshqa muassasalari moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, bozor munosabatlariga o‘tish davrida teatr-konsert 
tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarini, ularga ijodiy xodim tayyorlovchi o‘quv 
yurtlari professor-o‘qituvchilari hamda konsertmeystrlarini ijtimoiy himoyalash 
tizimini yaratish zarurligi kabi masalalar milliy madaniyat va san’atimizning 
rivojlanishidagi eng muhim vazifalardan edi[6:8].
Ma’naviyati tuban xalq, milliy qadriyatlariga befarq, loqayd millat ozodlik ne, 
istiqlol va mustaqillik nima ekanligini bilmay o‘tishga mahkum. Bugun yurtimizda 
ma’naviyat masalasi davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan ekan, bu, avvalo, 
istiqlolimiznimg sharofati bilan bo‘lsa, ayni chog‘da mustaqillikni mustahkamlash va 
davlatimizni har jihatdan ravnaq toptirishdagi eng zarur omil bo‘lib qolaveradi[7:31].
Har bir xalqning milliy ongida shu xalqqa xos va mos bo‘lgan, tarixan 
shakllangan siyosiy madaniyati bilan bog‘liq jihatlari borki, u shu xalqning 
ruhiyatini, mentalitetini harakterini ifodalaydi va ular mamlakatning siyosiy tizimida 
o‘zining izlarini qoldirmasligi mumkin emas[8:20].
Inson o‘zining amaliy va nazariy faoliyatida jamiyat ma’naviy madaniyatining 
bir vaqtda ham yaratuvchisi va uni o‘z faoliyatida namoyon etuvchisidir. Ma’naviy 
ehtiyojlarni qondirish jarayonida shaxs sifatida shakllana boradi, uning 
dunyoqarashida muayyan xulq-atvor, ideal-orzular, bilim va e’tiqod paydo bo‘ladi. 
Shaxs o‘z mohiyati hayotdagi o‘rnini aniqlash bilan birga jamiyat, tevarak-atrofi, 
ya’ni o‘z jamoasi, oila muhiti oldidagi burchini va mas’uliyatini ichki his tuyg‘ulari 
va vijdoni orqali chuqur tushunib boradi. Chinakam qobiliyatning faoliyatdagi 
ko‘rinishi insonning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liqdir. Pok qalb haqiqatni tez 
o‘zlashtiradi. Haqiqatni anglash bilan axloqiy idealga intilish insonning amaliy 
faoliyati va ijodida namoyon bo‘ladi. Amaliyot haqiqatni aniqlovchi dastlabki 
vositadir[9:35].
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
260
http://oac.dsmi-qf.uz


Barkamol, mustahkam mamlakatni ma’naviy komil insonlar jamiyatigina yarata 
olishi mumkin. Shuning uchun ham jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi kun 
tartibida ma’naviy-ahloqiy jihatdan namuna bo‘ladigan komil insonni tarbiyalab 
yetishtirish vazifasi bosh masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda[10:66].
Darhaqiqat o‘zini teran, ma’naviy dunyosini inson kamolotiga bag‘ishlagan ulug 
allomalar xotirasi abadiydir. Ular tafakkuri hadya etgan ma’rifiy xazina insonlar va 
zamonlar uzra solingan betakror va bezavol ma’naviy ko‘prikdir. Ularsiz insonning 
qalbi behuda bir bo‘shliq, hayoti - ma’nosiz va lazzatsiz, borliq esa qashshoq va 
huvillagan zulmat olamiga tengdir! Zero…“inson ma’naviyatini unutish gunoh 
bo‘ladi. Nuqul pul va foyda ketidan quvsak-da, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq 
bo‘lib qolishsa - bunday jamiyatning hech kimga keragi yo‘q”[11:4].
Zamonlar o‘zgardi, kurash qurollari shakllandi, mukammallashdi. Inson qalbi 
uchun kurash esa hamon shiddat bilan davom etmoqda. Zero, tabiatda bo‘shliqning 
o‘zi bo‘lmaydi, u albatta egallab olinadi. 
Inson qalbi va ongi uchun kurash ayniqsa birinchi navbatda yoshlarga qaratilgan 
bo‘lishini ta’kidlab o‘tirishga hojat ham bo‘lmasa kerak. Chunki, hali dunyoqrashi 
shakllanib ulgurmagan, mafkuraviy “immuniteti” zaif yoshlar har qanday usti 
yaltiroq g‘oyaga o‘ch bo‘ladilar, ular bunday nuqtai nazarlarini o‘zlarining 
“men”larini ifoda etish vositasi, - deb biladilar-u, qattiq yanglishganliklarini keyinroq 
tushunib yetadilar[12:133].
Inson omili jamiyatimizni rivojlantiririshda bosh omil deb hisoblanib, oddiy 
insonga doimo e’tiborli bo‘lish, unga g‘amxo‘lik ko‘rsatish, shuningdek, davlat, 
jamiyat va shaxs o‘rtasidagi manfaatlar uyg‘unligiga erishish ustuvor vazifa deb 
belgilanayotganligi haqidagi oilyjanob fikrlar aynan notiqlik san’atini o‘zlashtirish va 
chuqur o‘rganish uchun tayyor manbaa bo‘lib, ularda ma’no qudrati - so‘z qudratini 
ta’minlaydi. Ushbu so‘zlarni o‘qigan, eshitgan, televideniya orqali ko‘rgan har bir 
o‘quvchi talaba, ishchi, o‘qituvchi, tibbiyot xodimi, olim, qolaversa, har bir 
zamonaviy rahbar olam-olam ma’no oladi va uning ma’naviyati yuksaladi, tarbiya 
topadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning purhikmat so‘zlari yaxshilikka, 
adolatga da’vat etadi. Hammamizni Vatan mehrini qalbimizga jo qilishga chorlaydi. 
Bugungi kundagi asosiy va eng muhim masala - vazifalarimizni chuqur va ongli 
ravishda anglash, idrok etish, avvalo aniq maqsad va gap nimada ekanligini bilib 
olishdir. Buning uchun kun sayin sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan to‘g‘ri 
xulosa chiqarib, mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, barcha 
imkoniyatlardan aql-idrok bilan foydalanish, loqaydlik kayfiyatini yengish va 
mas’uliyatini chuqur his etish talab etiladi. Buning uchun esa buyuk islohotlardan 
ko‘zlanyotgan ezgu maqsadlarning ko‘lamiga mos ma’naviyat, kuchli e’tiqod va 
yangicha dunyoqarash zarur[13:79].
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
261
http://oac.dsmi-qf.uz


Mustaqillik sharofati bilan boshlangan va endilikda katta bir ma’naviy ehtiyoj 
sifatida ajdodlarimizning ulkan merosi hozirda yangi bir qiyofa bilan boyib 
bormoqda. Bu milliy istiqlolning ma’naviy olamidir. Agarki, biz bu ishga belni 
mahkam bog‘lagan, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yangilash uchun chog‘langan, 
amaliy, milliy qadriyatlarimizni idrok etishga intilyotgan ekanmiz, avvalo zabardast 
chinorlarimiz merosidan yanada unimliroq, yanada mustahkamroq foydalanaylik, 
ularga farzandlik burchini ado etaylik. 
Shundagina insoniy kamolot, ma’naviy huzr-halovat, yuksak iymon tuyg‘ularini 
o‘zimizda his qilamiz. Go‘zallik va muhabbat gulshaniga burkanib, chinorlar 
qudratidan ma’naviy madad olamiz. Negaki, bu buyuk chinorlarimiz - bizning mangu 
ma’naviyatimizdir[14:22,23].
Har bir jamiyatda o‘z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat 
va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini millatlarning butun jahon 
hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o‘z Vatanining 
jonkuyarini, yuksak siyosiy madaniyatli kishini tarbiyalash mumkin emas. 
Vatanparvarlik, fuqarolar yakdilligi - yosh va mustaqil O‘zbekiston davlatini barpo 
etayotgan negizdir. Bular siyosiy madaniyatni ko‘rsatuvchi o‘ziga xos me’yorlar, 
mezonlaridir[15:64]. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling