Prokariotlarning sistematikasi


Download 158.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.01.2023
Hajmi158.29 Kb.
#1136887
  1   2
Bog'liq
микроорганизмлар



Mikroorganizmlar 
sistematikasi 
 
 


Prokariotlarning sistematikasi 
Mikroorganizmlarni ma'lum bir sistematikaga (tasnifga) so-lishda ulaming 
quyidagi xususiyatlari e'tiborga olinadi: 
—shakli va o'lehami; 
—harakati (xivchinlarning bor-yo'qligi va joylashishi); 
—kapsulasining bor-yo'qligi; 
—endospora hosil qilishi; 
—gram usulida bo'yalishi; 
—moddalar almashinuvining o'ziga xosligi; 
—energiya olishi; 
—tashqi muhit bilan aloqasi. 


Molekular biologiyaning yutuqlari evaziga mikroorganizmlar-ning genotip 
xususiyatlarini o'rganish mumkin bo'ldi. Bunda mikro-organizm nukleotid tarkibi, 
purin va pirimidin asoslarining bir-biriga nisbati o'rganiladi va ikki guruhga 
kiruvchi mikroorganizm-larning farqlari aniqlanadi. 
Ikki turga kiruvchi mikroorganizm nuklein kislolalarini bir-biriga gibridlab, ular 
orasidagi nukleotidlar tarkibining o'xshashligi o'rganiladi. IVIikroorganizmlarning 
xususiyatlari o'rganilib, KLinney ish-lab chiqqan binor nomenklaturasi bo'yicha 
lotin alifbosida ilmiy nom beriladi. Masalan, pichan tayoqchasi Bacillus subtilis deb 
nomlanadi. 


Mikroorganizmlarga 1980-yil 1-yanvardan boshlab Xalqaro bakteriya 
nomenklaturasi kodeksi qoidalariga muvofiq nom berila-digan bo'ldi. 
Mikroorganizmlarning yaqin belgilariga qarab tavsiflovchi tur (species), avlod 
(genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo'Um (divisio), olam (rcgnum) 
kabi toksonomik kategoriyalar ishlatiladi. 
Tur deb, fenotip jihatdan o'xshash, bitta genotipga ega bo'lgan individlar 
yig'indisiga aytiladi. Ular kichik tur va variantlarga boiinadilar. 
Mikrobiologiyada mikroorganizmlar evolutsiyasi va filogeniyasi haqida yetarli 
ma'lumot bo'Imaganligi sababli mikroorganizmlar sistematikasi sun'iy hisoblanadi 
va mikroorganizmlarni idensifi-katsiya qilish uchun aniqlagich vazifasini bajaradi. 


D.X.Bergi (1984-y.) ma'lumoti bo'yicha Procariotae dunyosi 4 ta bo'limga 
ajratiladi: 
1-bo'lim. Gracilacutes (lot. gracilus — yupqa, cutes — po'st) — bu bo'lim 
vakillariga hujayra devori grammanfiy tuzilishga ega bo'lgan kokkiar, 
tayoqchasimon prokariotlar kiradi. Ular endospora hosil qjlmaydi, boiinib 
ko'payadi, vakillari fototrof, nofototroflar, aeroblar, anaeroblar, obligat 
parazitlardir. 
Bo'lim 
Scotobacteria, 
 Anoxyphotobacteria, 
 Oxyphotobacteria sinflariga ajratiladi. 


1-sinf — Scotobacteria. Sinf 10 ta:
1 — spiroxetalar; 
2 — aerob spiral va vibrionsimon, grammanfiy bakteriyalar; 
3 — aerob grammanfiy kokkiar va tayoqchalar; 
4 — fakultativ anaerob, grammanfiy tayoqchalar;
5 — anaerob, grammanfiy, bukilgan va spiral tayoqchalar; 
6 — grammanfiy, xemolitotrof bakteriyalar;
7 — sirpanuvchi bakteriyalar;
8 — xlamidabakteriyalar;
9 — poyali bakteriyalar;
10 — rikketsiyalar va xlamidalar kabi guruhlarga bo'linadi. 


Spiroxetalarga 2 ta Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kirib, ularga 
oson egiluvchan, uzunligi 5—600 mkm va eni 0,4— 0,7 mkm bo'lgan bir hujayrali 
bakteriyalar kiradi. 
Spiroxeta hujayrasida protoplazmatik silindr bo'lib, bir necha o'qsimon fibrillar 
bilan o'ralgan. Bu fibrillarning o'zi silindr oxiri-dagi biriktiruvchi diskdan 
boshlanadi. Protoplazmatik silindr va o'q fibrillar tashqaridan po'st bilan o'ralgan. 
Hujayrasi nukleoid, mezosoma va boshqalardan tashkil topgan. Spiroxetalar 
ko'ndalan-giga bo'linib ko'payadi, harakatchan, spora hosii qilmaydi. Spiro-
xetalarning ba'zilari saprofit holida hayot kechiradi. Odam va hayvonlarda 
yuqumli kasalliklarni kcltirib chiqaradi. 


Aerob spiral va vibrionsimon, grammanfiy bakteriyalar Spiril-laceae oilasini 
tashkil etadi. Hujayralari tayoqcha shaklida bo'lib, spiralsimon buralgan. 
Hujayrasining ikJcita uchida to'p xivchinlar joylashgan, ular chuchuk suvlarda va 
tuproqda ko'proq yashaydilar. 

Download 158.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling