Promoted content 6 причин завести домашнее животное


Download 30.95 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi30.95 Kb.
#1249035
Bog'liq
Hujjat (12)


PROMOTED CONTENT



6 причин завести домашнее животное
Brainberries.Co



Как выглядят актеры, по которым 15 лет назад сохли все девчонки
Brainberries.Co



Болезнь забрала актера, но не помешала остаться звездой!
Brainberries.Co

Mavzu: Buxoro amirligi Qo‘shbegisi fondi xujjatlari



Reja:
  1. Qo’shbegi arxivining shakllanish tarixi


  2. Qo’shbegi arxivini o’rganilishi


  3. Qo’shbegi arxivining ahamiyati



1.Qo’shbegisi arxivining shakllanish tarixi. Buxoro amirligi tarixini yoritishda bugungi kunda saqlanayotgan Qo’shbegi arxivi materiallari tarixchilar uchun muhim tarixiy materiallardir. Buxoro amirligi qo’shbegi arxivining hozirgi holatigacha bo‘lgan shakllanish jarayonlari ham uzoq davrni bosib o‘tgan bo‘lib, buni quyidagi jihatlarda ko‘rib o‘tamiz.Viloyatlardan amirning Arkiga haftalik maʼlumotlar choparlar orqali yetkazib turilgan. Bunday hujjatlar asosan bir xil shaklda tuzilgan. Yuqoridagi o‘ng burchagiga «Hazrat Haqq subhonahu va taʼolo», chap burchagida “Huva-l-fayoz” yozuvlari bo‘lib, (yaʼni, Hazrat Haqq (Alloh) pok va oliydir (va) u fayz ulashuvchidir), o‘rtada «janob zilli ilohiy, oliy hazratam, mavloyam sallamahullohu taʼolo» (yaʼni Allohning (yerdagi) soyasi bo‘lmish janob (Amir) oliy hazratim, Xojam, Alloh u (kishi)ni salomat qilsin) murojaatli yozuvlar bilan xitob qilinib, viloyatlarda tinchlik, osoyishtalik ekanligi, fuqarolar amirning duosida bo‘lib turishgani haqida xabar beriladi. Hokimlarning sadoqat izhor qiluvchi «tasadduq shavam» (yo‘lingizda siz uchun tasadduq bo‘lay) xitoblari va duolari bilan maktublar tugatiladi.Turli viloyatlardan kelgan maktublarning bir xil shakl mazmundaligi o‘sha paytda amirlik devonxonalari uchun maxsus kotiblar o‘qitilganligidan dalolat beradi. Ko‘pincha kotiblarning dastxatlari ham bir xil, bir-biriga o‘xshab ketadi. Ana shu choparlar orqali Arkka o’shbegining qo‘liga keltirilgan har xil hujjatlar qayd qilish daftariga qayd qilingach, devonxona sandiqlariga taxlab qo‘yilar edi. Ana shu zaylda Buxoro amirligida arxiv ishlari shakllana boshlagan.Buxoro amirligidagi arxiv o‘z faoliyatini 1865 yil, yaʼni Amir Muzaffar davridan boshlagan.Yana shuni taxmin qilish mumkin-ki, arxivning vujudga kelishida rus maʼmuriyatining taʼsiri ham bo‘lgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining noziri olim va tarixchi Musojon Saidjonovning yozishicha, Buxoro amirligining arxivi ikki qismga bo‘lingan edi:Birinchi bo‘lim Buxoro amirligining shaxsiy devonxona arxivi; Ikkinchi bo‘lim, Buxoro Qo‘shbegisining devonxonasi arxivi. Buxoro amirligi devonxona arxivi bevosita amir qo‘l ostida bo‘lgan. Masalan, Amir Muzaffar Buxoroda o‘zining qarorgohida arxivni o‘z yonida saqlardi.


Uning o‘gʼli Sayyid Abul Ahad Buxoro amirligi devonxona arxivini o‘zi bilan birgalikda Karmanadagi qarorgohiga olib keldi.1910-1920 yilda Amir Olimxon uni Buxoroga keltirdi. Devonxona parvonachi qo‘l ostida edi. Baxtga qarshi Buxoro amirligining devonxona arxivi hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. Shunday taxminlar borki, 1920 yildagi Buxoro inqilobi davrida bu arxiv sovet askarlari tomonidan ishgʼol qilingan edi va bu arxiv turk frontiga ko‘chirib o‘tkazilgan.Buxoro amirligi devonxona arxivi bevosita amir qo‘l ostida bo‘lgan. Masalan, Amir Muzaffar Buxoroda o‘zining qarorgohida arxivni o‘z yonida saqlardi. Uning o‘gʼli Sayyid Abul Ahad Buxoro amirligi devonxona arxivini o‘zi bilan birgalikda Karmanadagi qarorgohiga olib keldi. 1910-1920 yilda Amir Olimxon uni Buxoroga keltirdi. Devonxona parvonachi qo‘l ostida edi. Baxtga qarshi Buxoro amirligining devonxona arxivi hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. Shunday taxminlar borki, 1920 yildagi Buxoro inqilobi davrida bu arxiv sovet askarlari tomonidan ishgʼol qilingan edi va bu arxiv turk frontiga ko‘chirib o‘tkazilgan. O‘zbekiston Milliy arxivida 5 mingga yaqin Buxoro amirligi devonxona hujjatlari saqlanadi, lekin ularning hammasi Buxoro Qo’shbegisi nomiga yozilganligi sababli «Buxoro amirligi Qo’shbegisining kanselyariyasi» arxivida saqlanadi. Bundan tashqari, fondda Buxoro amiri va Afg‘oniston shohi o‘rtasidagi yozishma hujjatlari ham saqlanadi. Qo’shbegi Buxoro amirligida katta imtiyozlarga ega edi, butun devonxona orqali davlat boshqaruviga tegishli siyosiy, madaniy, iqtisodiy doiradagi hujjatlar o‘tardi. Mirzo Nasrulloh qo’shbegigacha arxiv tartibga ketirilmagan bo‘lib, yer ostida maxsus sandiqlarda saqlanardi. Yangi tayinlangan Usmonbek Qo’shbegi savodsiz kishi bo‘lganligi sababli, arxivning tarixiy ahamiyatiga uncha eʼtibor bermagan. O‘zbekiston Milliy arxividagi « Buxoro Amiri Qo’shbegisi arxivi » sarlavhasi bilan I-126 fondda saqlanayotgan hujjatlarni umumiy to‘qqizta katta guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin. Har bir bo‘lim, o‘z navbatida, yana mayda bo‘limlarga bo‘linadi. Qayd raqamlariga berilgan so‘zboshisi fondda saqlanayotgan hujjat nusxalari haqida maʼlumot beradi:
1.Maʼmuriy hujjatlar: Amirlarning mansablarga tayinlash to‘grisidagi yorliklari yoki aksincha, mansabdan bo‘shatish haqidagi farmonlari yoxud mansabdor shaxslarning lavozimlarini oshirish, sadoqat bilan xizmat kilib, boshqalardan ajralib turadigan shaxslarni mukofotlash haqidagi muboraknomalar, Buxoro amirligining maʼmuriy-hududiy bo‘linishiga oid hujjatlar, fuqarolarning ijtimoiy ahvoli hamda hayotiy muammolari yuzasidan yozgan shikoyat arizalari va davlat tomonidan qilingan qurilishlar, tabiiy ofatlar, zilzilalarni zararlarini bartaraf etish, amirlik hududidagi transport masalalarini hal etish yuzasidan berilgan farmonlar, har xil mavzudagi vasiqalar ham turkumga kiradi. Shu bilan birgalikda amirlikdagi barcha ish yuritish qog‘ozlari raqamlanib, qayd qilish daftarlariga yozib, ro‘yxatdan o‘tkazib borilgan. Ana shu daftarlar ham birinchi turkum – maʼmuriy hujjatlar turkumiga kiradi.

2. Siyosiy mavzudagi hujjatlar amirlikning ichki va tashqi siyosatidagi aniq xabarlar, voqealar va hodisalarga guvohlik beradi. Asosan, ichki siyosat, undagi burilish nuqtalari haqidagi maʼlumotlarga ega hujjatlarni amirlikning 1917 yilgacha bo‘lgan umumiy siyosiy ahvoliga doir va undan keyingi siyosiy holati to‘grisidagi maʼlumot beruvchi hujjatlarga taqsimlash mumkin.Siyosiy mavzudagi hujjatlar turkumining ikkinchi kismi 1917 yildan keyingi, yaʼni amirlikning oxirgi yillariga doir voqealarni o‘z ichiga oluvchi har xil xatlar, vasiqalar, muboraknomalar tashkil kiladi.Biz bunda amirlikning tashki siyosati haqidagi maʼlumatlarni ham ko‘plab uchratamiz. Maʼlumki, bularning ko‘pchiligi asosan Rossiya bilan o‘zaro olib borilgan yozishmalardir.Bu yozishmalar Turkiston general-gubernatorligi, Buxorodagi Rossiya imperatorligining siyosiy agentligi kabi tashkilotlar bilan olib borilgan. Ularda savdo-sotiq, transport masalalari, temir yo‘llar kurish kabi masalalarda o‘zaro maslahatli alokalar haqida gap boradi. Bunday hujjatlarni O‘zbekiston Milliy arxivi «Turkiston general gubernatorligining kanselyariyasi» degan sarlavha ostidagi I-1 fondidagi hujjatlar orasida ham ko‘plab uchratish mumkin. Masalan, amirlikning oxirgi yillarida tashqi tahdidlar oldingi yillarga nisbatan ancha kuchaygan. Bunga Buxorodagi ichki notinchliklar ham taʼsir ko‘rsatgan.


3. Iqtisodiyot masalalariga doir hujjatlar. Qo‘shbegi arxivining kattagina kismini tashkil etadi. Iqtisodiyotga tegishli barcha hujjatlar, jumladan, soliqlar, zakot, boshka tushumlar, ijaraga berish, ijaraga olish, davlat xazinasining ahvoli, davlat xarajatlari, vaqflar, savdo masalalari, savdo aloqalari, bozorlardagi narx-navo, soliqlardan baʼzi bir kishilarni ozod qilinishi yoki ularga ayrim imtiyozlar berish, kirim-chiqim daftarlari, zahiralar, saroy xarajatlari haqidagi hujjatlar ushbu turkumning asosiy mohiyatini belgilaydi. Shu bilan birga, tabiiy boyliklar, issiqlik energiyasi zaxiralari, qishloq xo‘jaligi hamda suv xo‘jaligi, suvdan unumli foydalanish masalalarini aks ettiruvchi qogʼozlar ham ana shu bo‘limdan joy olgan. Bundan tashqari, pochta aloqalari, temir yo‘l xarajatlari va ulardan keladigan daromadlar, bojxona faoliyatiga doir hujjatlar ham iqtisodiyot masalalariga doir turkumga kiradi.Iqtisodiy hujjatlar turkumi Qo’shbegi arxivining eng katta qismidir. Chunki ushbu guruh hujjatlari amirlikning siyosiy, iktisodiy, ijtimoiy, maishiy va boshqa tarmoqlarini ham o‘z ichiga qamrab olgan. Amirlikning iqtisodiy jihatdan nechogʼli kuchli bo‘lganligini quyidagi hujjatdan ham bilib olish mumkin. Bu hujjat amirga xazinachi tomondan xazinaga kelib tushgan tilla-kumush yombilar, tayyorlangan tangalar miqdori ko‘rsatilib, hisobot berilgan arizadir.
4. Tashqi aloqalar haqidagi hujjatlar bo‘lib, Buxoro amirligining qo‘shni chegaradosh davlat rahbarlariga yozgan do‘stona maktublari yoki aksincha, boshqa davlat rahbarlaridan yoxud amaldorlaridan amir va qo’shbegi nomiga kelgan maktublar, davlatlararo tuzilgan shartnomalar, xalqaro aktlar, amirlikning musulmon hamda nomusulmon davlatlar bilan qilgan o‘zaro diplomatiya hujjatlari va boshqalardan iborat. Amirlikda pasport tizimini joriy qilish, fuqarolarni emigrastiya qilish, chet el fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, harbiy asirlarga doir hujjatlar ham ana shu to‘rtinchi turkumga kiradi. Shu bilan birga, davlatlararo chegara masalalari, elchixonalarga tegishli hujjatlar, mamlakatlarning ilmiy va madaniy aloqalari, axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Rossiya hamda boshqa mamlakatlarning har xil muassasa hamda tashkilotlarni amirlikda faoliyai olib borishini aks ettiruvchi hujjatlar mavjud.
5. Harbiy ishlar hujjatlari amirlik armiyasi sarbozlarining holati, ularning harbiy unvonlari va tuzilmasi haqida xabar beradi. Buxoro garnizoni, umuman, amir qo‘shinidagi sarbozlarni kiyintirish ularni transport-ulov bilan taʼminlash, sarbozlarning o‘q-dori, qurol-yarogʼlari, kazarmalarining xolati haqidagi hujjatlar bu turkumning asosini tashkil kiladi. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarni o‘z roziligi bilan harbiy xizmatga olish, zahiraga bo‘shatish, xizmatdan bo‘yin tovlagan yoki xizmatni tashlab qochgan sarbozlar haqidagi hujjatlar ham uchrab turadi. Askarlarning o‘z komandirlari ustidan Qo’shbegiga yozgan shikoyatlari, arizalari hamda o‘z xizmatlaridan rozi ekanliklarini bildiruvchi maktublari, qorovul, patrul xizmatlari faoliyatiga doir hujjatlar harbiy ishlar hujjatlariga kiradi. Hujjatlar amirlikdagi harbiy holat, sarbozlar hayoti haqida hikoya qiladi. Amirlarning ragʼbatlantirishlari, artilleriya hisoblangan to‘pchilar qismining amirga yozgan ariza-hisobotlari, ofisterlarning (harbiy amaldorlarning) Qo’shbegiga kazarmalarning sanitarik ahvoli haqidagi ariza (hisobot) lari, sarbozlarning sog‘lig‘i haqidagi ariza(hisobotlari), o‘z komandirlari ustidan yozgan shikoyatlari bizga kichik maʼlumotlarni beradi.
6. Sud materiallari amirlikning qozixonalarda yuritilgan huquqiy sohadagi ishlar haqida maʼlumot beradi. Rasmiy qozilik huquqini beruvchi manshuralar, fuqarolik ishlari, ulardan tushgan ariza va shikoyatlar, daʼvo xatlari, iqror xatlari, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar, nikoh xatlari,taloq xatlari, merosni bo‘lish haqidagi hujjatlar ushbu bo‘limdan o‘rin olgan.Bulardan tashqari, oddiyroq jinoyatga nisbatan shaxsan amirning o‘zi hal qiluvchi ko‘rsatmalarni berib, muvaffaqiyatli tugatilgan ishlarga muboraknomalar jo‘natib, qozilarni tabriklab, rag‘batlantirib turgan. Asosan, jinoiy ishlarning ko‘rilishi haqidagi hisobotlar Qo’shbegi nomiga jo‘natilib turilgan.
7. Madaniy-maishiy holat haqidagi hujjatlar turkumiga amaldorlarning amirga qilgan tortiqlari yoki aksincha, biror bayram, xursandchilik munosabati bilan amirning amaldorlarga qilgan sovgʼalari rasmiylashtirib qo‘ygan hujjatlarni kiritish mumkin. Saroy ayonlarining to‘y-hashamlari va bayramlaridagi voqealarni o‘zida aks ettiruvchi nomalar amirlikdagi madaniy-maishiy holat haqida maʼlumotlar beradi. Amirlar sovg‘a olsalarda, lekin Amir Olimxon keyingi yillarda (hujjatda sana ko‘rsatilmagan) fuqarolardan tortiq olishni taʼqiqlab, qozi Muhammad Sharif Sadir va Muhammad Maxdiy raislarga “Bundan buyon tortiqlar qabul qilish qatʼiyan taqiqlanganligi to‘grisida”gi muhokamasi eʼtiborli hujjatlardan biridir.

8. Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha amirlik viloyat va shaharlarida olib borilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot beruvchi hujjatlar juda ozchilikni tashkil etadi. Shunday bo‘lsada, dastlab tashkil qilingan kasalxonallar, ularni jihozlash, taʼmirlash masalalari, o‘sha paytdagi ayrim kasalliklar, ularga qarshi ko‘rilgan choralar haqidagi maʼlumotlar ushbu turkum hujjatlari orasida joy olgan. Vabo, o‘lat epidemiyalarining paydo bo‘lishi, ularga qarshi ommaviy kurash qilinganligi haqidagi hujjatlar ham arxivda saqlanadi. Bundan tashqari, chorva mollari kasalligi epidemiyasiga qarshi ko‘rilgan choralar o‘zida aks ettiruvchi hujjatlar ham uchraydi. Misol tariqasida, loyihaalardagi amaldorlarning Qo’shbegi nomiga jo‘natgan maktublarida chorva kasalligi tarqalganligi, aholi o‘rtasida esa sil kasalligi paydo bo‘lganligi tashvishi bildirilgan maʼlumotlarni keltirish mumkin.


9. Diniy hujjatlar jumlasiga diniy bayramlarni o‘tkazish, Ramazon oyida xatmi Qurʼonlarni tashkil qilish to‘grisidagi farmoyishlar kiradi. Amirlik shahar va viloyatlardagi asosiy masjid-madrasalar ro‘yxati hamda ulardagi imom-xatib, bosh mudarris yoki mutavvalliylarning ro‘yxatlari ham diniy hujjatlar bo‘limidan joy olgan. Diniy mansablarga (mufti, qozi, imom, mudarrislik va hokazolarga) tayinlash uchun qozikalon tomonidan Amir nomiga yozilgan arizalarda shu mansablarga loyiq kishilarning ismlari ko‘rsatilib, taklif kiritilgan.
2.Qo’shbegi arxivini o’rganilishi. 1920-yil 2-sentyabrda Buxoro amirligi Rossiya qo‘shinlari hujumi tufayli ag‘darildi. Amirlikdagi asori-atiqalar,amir xazinasi, turli boyliklar, nodir kitoblar Markazga jo‘natildi. Biroq, Buxoro amirlining arxivi ark yerto‘lasida saqlanib qolgan edi.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi I-126-jamg‘armada saqlanayotgan Buxoro amirligiga qarashli bo‘lgan “Qo‘shbegi arxivi” XIX – XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va ulardagi ma’lumotlar, asosan, Buxoro amirligiga oiddir.Qo‘shbegi arxivining mavjudligi Xiva va Qo‘qon xonligi arxivi ochilgunga qadar, “O‘rta Osiyo xonliklarida hech qanday arxiv bo‘lmagan” kabi e’tirozlarga o‘rin qoldirmaydi. Bu arxivlarning 1930-yildan keyin ochilishi natijasida, nafaqat Buxoro amirlgida, balki O‘rta Osiyo mintaqasida xonliklarda XIX – XX asrboshlaridagi davlatchilik tarixiga oid qimmatli yozma manbalar vujudga keldi. Natijada, ushbu yozma manbalar orqali hujjatlardagi ma’lumotlarni to‘ldirish,ayrim sohalarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlari ham tug‘ildi. 1931-yilda Buxoro muzeyi xodimlari tomonidan Ark yerto‘lasidan topilgan Qo‘shbegi arxivi 1933-yilda Toshkentga – Markaziy davlat arxiviga olib kelingan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ma’naviy ishlar noziri Musojon Saidjonov tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Buxoro amirligida ikki turdagi arxiv hujjatlari mavjud bo‘lib, ular: 1) amirlik devonxonasi arxiv hujjatlari; 2) Buxoro amirligi qo‘shbegisi arxividan iborat bo‘lgan. Amirlik devonxonasi arxiv hujjatlarini hukmdorlar o‘z qarorgohlarida saqlagan. Masalan, amir Muzaffar ularni Shirbudunda saqlangan bo‘lsa, uning o‘g‘li Abdulahad arxiv hujjatlarini o‘zi bilan Karmanadagi qarorgohiga olib ketgan edi. Amir Olimxon davrida esa hujjatlar Buxoro shahriga olib kelingan. Amirdevonxonasiga parvonachi javobgar bo‘lgan. Tadqiqotchi M.A. Abduraimovning fikriga ko‘ra Buxoro amirligi devonxonasi hujjatlari Buxoro bosqini vaqtida qizil askarlar tomonidan olib ketilgan va uning keyingi taqdiri noma’lumligicha qolib ketgan.

Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi MDAning “Buxoro amirligi qo‘shbegi boshqarmasi” I-126 fondida Buxoro amirligi devonxonasi arxiviga tegishli 5000 ga yaqin hujjat saqlanib, ularning hammasi qo‘shbegi nomiga yuborilganligi uchun qo‘shbegi arxivi hujjatlari tarkibiga kiritilgan. Buxoro amirligi Qo‘shbegi arxivi o‘z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan qo‘shbegi Mirzo Nasrullo davri (1910–1917yy.)dan boshlab tizimlashtirib, tartibga solinib ikki qismga: ichki va tashqi (xorijiy) ishlarga doir hujjatlarga bo‘lingan. Hujjatlar yerto‘lada sandiqlarda saqlangan. Biroq, undan keyingi qo‘shbegi Usmonbek hujjatlarni saqlashga sovuqqonlik bilan yondashgani to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Buxoro amirligi sovet hokimiyati tomonidan bosib olinishi vaqtida militsiya va ChK organlari tomonidan Ark yerto‘lasidan bir necha hujjatlar saqlangansandiqlarni topganlar. Hujjatlarning bir qismi tokchalar va yerda yotgan bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra mazkur hujjatlar amir amaldorlari tomonidan tashlab ketilgan davlat hujjatlari bo‘lgan. Nazorat organlari ushbu hujjatlarni tartibsiz hamda hech qanday ro‘yxatsiz qutilarga joylab, Buxoro Xalq Nozirlar Kengashiga yuborgan. Ushbu hujjatlar BXSR tashqi ishlar nozirligi binosining yerto‘lasida O‘zSSR tuzilgunga qadar saqlangan. 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanish paytida Muso Saidjonov raisligida hujjatlarning ma’lum qismi dalolatnoma tuzilib, Buxoro Davlat kutubxonasiga topshirilgan. Dalolatnomaga 69 ta bog‘lam, 52 ta daftar, 50 ta kitob shaklida sharq hujjatlari kiritilgan. Davlat kutubxonasida saqlanib kelingan qo‘shbegi arxivining bir qismi M.R. Hakimov tomonidan tartibga solingan. 1932-yil 1-dekabrida Kutubxona Sharq sho‘basi vakili Nurullaev tomonidan Buxoro viloyat arxiv byurosiga topshirilgan. Keyinchalik Buxoro viloyat arxiv byurosi mudiri Haydarov yuqoridagi hujjatlarga qo‘shimcha tarzda qo‘shbegining yana ikki daftarini Buxoro Davlat muzeyiga topshirgan. Arxivning ikkinchi qismi Buxoroda sovet hukumati o‘rnatilgandan so‘ng 1920-yil sentyabr oyining boshlarida BXSRga yuborilgan Markaziy arxiv ishi boshqarmasi (MAIB) bosh boshqaruvchisi D.I. Nechkin boshchiligida sharqshunoslar: akademik V.V. Bartold va A.E. Shmidt, Narkompros kutubxona bo‘limi boshlig‘i A.A. Garitskiy,


Sharqshunoslik institutining direktori M.S.Andreev, arxeolog va MAIBning ilmiy xodimi V.L. Vyatkinlardan iborat maxsus komissiya tomonidan shakllantiriladi. Komissiyaga zudlik bilan hududdagi arxiv hujjatlari, qo‘lyozma kitoblar, qadimgi san’at namunalarini asrash bo‘yicha choralar ko‘rish vazifasi yuklatiladi. Agar komissiya tomonidan tarixiy manbalarni talon taroj qilish yoki yo‘q bo‘lish xavfi aniqlangan hollarda, Buxoro inqilobiy qo‘mitasi bilan hamkorlikda bunday holatni oldini olish, ular ichidagi alohida qimmatli hujjatlarni Toshkentga olib kelib, Xalq ma’orif komissarligi tasarrufiga topshirishni tashkil etishi kerak edi. 1920-yilning 30-sentyaridayoq olib borilgan o‘rganishlar asosida tarixiy-madaniy merosni saqlash masalasini muhokama qilish uchun komissiya majlisi o‘tkaziladi. Unda Buxorodagi barcha vaqf hujjatlari va qo‘lyozmalarni ma’lum bir ishonchli xonada yig‘ish to‘g‘risida kelishib olindi. Buxoro hukumatidan to‘plangan hujjatlarni hech bir boshqa muassasalarga bermaslik so‘ralgan edi. Mazkur taklifni BXSR hukumati tomonidan qabul qilinish bilan birga, arxiv hujjatlarini respublikadan olib chiqib ketish o‘rniga ulardan nusxa olish haqida kelishib olindi. Keyichalik ushbu qaror Turkkomissiya tomonidan ham ma’qullangandi. Bundan tashqari D.I. Nechkin BXSR Nozirlar kengashi raisi Fayzulla Xo‘jaev bilan Buxoro hukumatining mablag‘i evaziga hududda alohida arxiv muassasasini tashkil etishga ham kelishib oladi. Mazkur mablag‘ muzey rahbariyati tomonidan: qog‘ozlarni chang, loy va dog‘lardan tozalash, yirtilganlarni ta’mirlash, shu bilan birgalikda hujjatlarni guruhlarga ajratish ishlariga sarflangan. Hujjatlarni dastavval 1931-yil dekabrda Buxoro Davlat muzeyi direktori Ashurov, V.A. Shishkinlar quyidagi tarzda guruhlangan: 1. Amirga beklar va yirik amaldorlardan yuborilgan xabarlar,ma’lumotlar: a) viloyat va tumanlardan yuborilgan xabarlar; b) qo‘shbegi ma’lumotlari; s) munshining (davlat kotibi) ma’lumotlari; 2. Amirning o‘z qo‘li bilan yozgan yozuvlari: a) maxsus, b) shaxsiy; 3. Amirning har xil shaxsiy hujjatlari;Siyosiy ishlar bo‘yicha har xil xabarlar;
4.Amir nomiga kelgan maxfiyma’lumotlar (har xil ishlar bo‘yicha); 6. Rossiya siyosiy agentligi bilan yozishmalar;7. Beklardan qo‘shbegi nomiga yuborilgan xabarlar;8. Qo‘shbegining rus ma’murlari bilan yozishmalari; 9. Moliyaviy hujjatlar: a) kirim va chiqim ma’lumotlari; b) pul hujjatlarining har xil turlari; 10. Harbiylar, ruhoniylar va amaldorlarning ro‘yxati; 11. Mulkka egalik hujjatlari (vasiqalar); 12. Yer-suv ishlari bo‘yicha hujjatlar; 13. Temir yo‘l hujjatlari va pochta-telegraf vedemostlari; 14. Har xil qog‘ozlar: gazeta va jurnallar, guvohnomalar, pasportlar, ma’lumotnomalar.1933-yilda Buxoroda qo‘shbegi arxivni guruhlash maqsadida maxsus komissiya tuziladi. Uning tarkibiga Buxoro Davlat muzeyi direktori vazifasini bajaruvchi A.S. Amirov, Buxkomstaris vakili V.A. Shishkin, muzey konsultanti, buxoro Davlat muzeyi ilmiy kengashining kotibi N.E. Shmidt hamda qo‘shbegi arxivini tekshirayotgan M.R. Hakimovlar kirgan. Komissiya muzeydagi qo‘shbegi arxivi hujjatlarini tekshirib chiqib 16 taguruh: 1.Moliyaviy hujjatlar: a) kirim va chiqim farmonlari; b) moliyaviy hujjatlarni tasdiqlaydigan farmonlar; 2. Amir nomiga iltimos va ma’lumotlar: a) viloyat va tumanlardan; b) kotiblarning ma’lumotlari; s) qo‘shbegi va boshqalarning bayonnomalari; 3. Harbiy xizmat amaldorlarining ro‘yxati: a) ruhoniylar va boshqalar; 4. Amir yozishmalari va uning farmonlari.5.Qo‘shbegi nomiga kelgan iltimos va xabarlar 6. Qo‘shbegining javoblari; 7. Siyosiy agentlik bilan yozishmalari; 8. Biletlar, ma’lumotnomalar, guvohnomalar; 9. Telegrammalar,gazetalar va jurnallar; 10. Har xil qog‘ozlar; 11. Siyosiy agentlik bilan olib borilgan muhim yozishmalar; 12. Amirning shaxsiy hujjatlari; 13. Amirning siyosiy ma’ruzalari; 14. Amirning iqtisodiy ma’ruzalari; 15. Maxfiy ma’lumotlar; 16. Qo‘shbegining Rossiya siyosiy agentligi amaldorlari bilan ba’zi yozishmalariga ajratilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun 1933-yil 22-avgustda A.S. Amirov arab tili va amir devonxonasi ishi xususiyatini yaxshi bilgan sobiq amir amaldorlari:
Qori Ahmad Muhammedov va Ibrohim Xalilovlarni amirlik hujjatlarini guruhlarga bo‘lib tartibga keltirish va ro‘yxatlari (opis)ni tuzish uchun ishga taklif etadi. Mutaxassislar hujjatlarni aksariyatida sana bo‘lmaganligi sababli ularni guruhlashda xronologik tartibdan voz kechish hamda qog‘oz shakli har xil bo‘lgan (ba’zi hujjatlarbir necha metrlik o‘ramlardan iborat)ligi uchun muqovalarga joylashtirmaslikka qaror qiladi. Arxiv saqlov birligi sifatida kanop bilan bog‘langan har xil bog‘lamlarni qabul qilishga kelishib olingan edi. Hujjatlarni tartibga keltirish 1934-yilning 14-mayida yakunlanib, hammasi bo‘lib ro‘yxatga kiritilgan 77 764 ta hujjat 54 mavzuga va 268 ta bog‘lamga ajratilgan. Dastlab, 1938-yillarda Buxoro amirligi qo‘shbegisi arxivining bir qism hujjatlari Qori Ahmad Muhammedov va Ibrohim Xalilovlar tomonidan tuzilgan ro‘yxatlar bilan Toshkentga O‘zSSR Markaziy Davlat Tarix arxiviga yuboriladi. Arxivida amirlik hujjatlariga tuzilgan ro‘yxatlardan foydalanishda anchagina qiyinchiliklarga duch kelingan. Yuqorida qayd etilganidek, muzeyda saqlov birligi sifatida butun bog‘lam olingan bo‘lib, ularning ichida tadqiqotchilarga mavzu bo‘yicha tegishli hujjatlarni qidirib topishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirar edi. Arxivda olib borilgan uzoq muhokamalar va sharqshunoslarning maslahatlari bilan 1955-yilning mayida O‘zSSR Ichki ishlar ministrligi Arxiv bo‘limi huzurida faoliyat yuritgan Ilmiy kengash majlisi qaroriga asosan har bir hujjat annotasiyasini tuzish ishlari boshlangan edi. Buxoro hukumati taklifiga binoan, Buxoro tarixini yozish uchun 1920-1921 yillar Buxoroga tarixchi olimlardan V.V.Bartold, A.A.Semenov, Po‘lat Soliyev, Fitrat va boshqalar kelishgan. Ular faqatgina o‘zlariga kerakli bo‘lgan hujjatlarni o‘rganib chiqishgan. Chegaralanish davrida Buxoroda M.Sayidjonov rahbarligida komissiya tuziladi. U 1924 yili hamma to‘plangan hujjatlarni qayta ishlanmagan asl holida Buxoroning markaziy kutubxonasiga topshiradi. Akt bo‘yicha 69 o‘ram, 52 daftar va 50 kitob mavjud edi.1931 yilga kelib arxiv tasodifan Arkda, berkitilgan binoda topilgan. Unga qadar Buxoro hukumati muzeyi xodimlari bu haqidagi xabarni eshitib, arxivning teng yarmini yo‘q qilib yuborishadi, qolganlarini esa turli joylardan qidirishga to‘g‘ri keldi. Albatta, ko‘p narsalar yo‘qolib bo‘lgan edi.

Download 30.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling