Psixika va uning evolutsiyasi


Download 77.87 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi77.87 Kb.
#1791742
Bog'liq
Psixika va uning evolutsiyasi





ANGREN UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH


Fan: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi.


Mavzu: “Psixika va uning evolutsiyasi”


Bajardi: Abdusoatova N. Guruh: 11 MT
Tekshirdi: Izaitillayeva L.

Angren 2023




MAVZU: Psixika va uning evolutsiyasi


Reja:




  1. Tabiatda aks ettirish formalari


  2. Oparin gepotizasi.. Tropizmlar.


  3. Seskanuvchanlik.


  4. Psixik aks ettirish formalari


  5. Psixika materiya evolyusiyasining natijasi ekanligi.


  6. Psixikaning taraqqiyot bosqichlari.

Psixika (qadimgi yunoncha: ψῡχικός, psychikos — „ruhiy“) yoki ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu psixikaning mavjudlik usuli (psixika miya xususiyati)da va uning mazmuni (psixika — obyektiv olamning subyektiv obrazi)da koʻrinadi. Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavjudotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv sistemasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixikaning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika — subyektivlik bilan obyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir. Ayni vaqtda psixika obyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obyektivdir. Psixika psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. Psixika rivojining oliy shakli — inson psixikasidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson psixikasi faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiytarixiy taraqqiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat insongagina xos psixika shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson psixikasining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. Psixikaning muhim tomoni uning reflektorlik tabiati, yaʼni reflekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtovsiz va qatʼiy kechishidir. Real psixika faoliyat koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson psixikasining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har bir shaxs psixikasining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va maʼnaviy boyliklarni oʻzlashtirishdan iboratdir. Psixikani psixologiya oʻrganadi.
Inson psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalasi tadkikotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Ilmiy-materialistik ta’limotga ko‘ra psixikaning paydo bo‘lishi materiyaning o‘zok rivojlanishi natijasidir. Organik va anorganik materiya doimo xarakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Xayvonlar psixikasining tarakkiyoti masalasi bilan atokli rus psixologi A.I.Leontev, zoopsixologlar K.E.Fabri va A.I.Seversov shugullanganlar. K.E.Fabri eng sodda xayvonlar psixikasi tarakkiyotini ikki boskichga – kuyi va yukori boskichga buladi. Psixik tarakkiyotning kuyi boskichi bir xujayrali, kisman kup xujayrali xayvonlarga xos bulib, bu boskichda psixika primitiv xolatda buladi va xayvon tashki ta’sirlarga sekanuvchanlik bilangina javob beradi. O‘simlik va xayvon shaklidagi barcha tirik organizmlar o‘z evolyusiyasining xamma boskichlarida aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlikka ega bo‘ladi. Seskanuvchanlik tirik organizmning biologik ta’sirlarga javob berish kobiliyatidir.Oddiy seskanuvchanlikni bir xo‘jayrali xayvonlarda xam ko‘rish mumkin. Ular muxitning ta’siriga xarakatlanish bilan javob beradilar. Biologik ta’sirlarga organizmning o‘ziga xos xarakatlari bilan javob berish usuliga tropizm yoki taksis deyiladi. Tropizmning bir kancha turi fark kilinadi. Buni kuyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin:
Tropizm turlari



Fototropizm

Tapotropizm


Termopropizm


Geleotropizm


Xemotropizm


Barotropizm


Gidrotropizm





Ko‘pxujayrali xayvonlarda kuzgaluvchanlikning yangi shakli- -- – sezuvchanlik mavjuddir. A. A. Leontevning gipotezasiga kura sezuvchanlik genetik jixatdan olganda seskanuvchanlikning uzidir. U xam muxitning tashki ta’sirlariga javob berish asosida vujudga keladi. Fakat sezuvchanlik seskanuvchanlikka nisbatan yukorirok boskichdir. K.E.Fabri fikricha, psixik tarakkiyotning ikkinchi boskichi kup xujayrali xayvonlarga xosdir. Kup xujayrali xayvonlarda aks ettirish bir muncha yukori buladi. Bunday xayvonlarga kavakichlilar (gidra,meduza) ni kiritish mumkin. Ular xam bir xujayrali xayvonlar kabi suvda yashaydi. Lekin kavakichlilar uzining tuzilishi jixatdan bir xujayrali xayvonlardan ancha murakkabdir. Ularning murakkabligi xujayralarning bir- biridan fark kilganligidadir: tanasining tashki kismidagi xujayralar koplagich, ichki xujayralar esa xazm kiluvchi buladi. Evalyusiya zanjirining yukorirok pogonasida turgan kup xujayrali xayvonlarda tana tuzulishi xam ancha murakkablashadi, yer sharoitiga mos uzgarishlar yuz beradi, turli taassurotlarni aks ettiradigan sezgi organlari vjudga keladi, aks ettirish xam murakkablashadi. Tugunli nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarda aks ettirish fakat shartsiz reflekslar orkaligina bulmaydi, balki xayot davomida ta’sirlanishning tugma turiga nisbatan ancha yangi, serxarakat shakli – shartli reflekslar xosil bo‘ladi. Tugunsimon nerv sistemasining murakkabrok shakllari atrofni aks ettirish imkoniyatini oshiradi. Ancha murakkab tugunsimon nerv sistemasiga ega bulganlardan o‘rgimchaksimonlar va xashoratlarni olish mumkin. Ularning organizmi ancha murakkab tuzilishga ega. Xayvonlarning evolyusiyasi natijasida ularning retseptorida ajralish (spesializatsiya) yuz bera boshlaydi. Masalan, kiskichbakaning uzun moylovi – tuygu organi, kaltalari xid biluvchi organlardir. Asalarida yana xam murakkabrok instinktlarni ko‘ramiz. Ma’lumki bir asalari uyasida tuxum ko‘yadigan katta ona ari, bir nechta erkak ari va juda ko‘p ishchi arilar bo‘ladi. Eng murakkab kiliklar ishchi arilarda bo‘ladi. Ular yoshi o‘zgara borishi bilan oilada turli ishlarni bajaradi: uy tozalaydi, lichinkalarni ovkatlantiradi, uy kuradi, ovkat yigadi, eshik oldida korovullik kiladi. Yosh xayvonlar instiktiv xarakatlarini kuzatganimizda ularning xati-xarakatlari xech kanday urgatishsiz yuz berishini, ya’ni ota- bobolarining xarakatlarini uz- uzidan takrorlab ketaverishini kuramiz. Lekin yoshlarning xarakatlari kattlarinikiga nisbatan bir muncha yomonrok buladi. Nasldan utgan xarakatlar pragrammasini anik bajarish asosida va tajribaning ortishi tufayli instinktlar o‘sib boradi. Xarakatlarning instinktiv shakli fakat bugimoyoklilarda emas, balki barcha umirtkali xayvonlarda (balik, anfbiya, kush va xashoratlarda) kurish mumkin. Ularda jinsiy, ovkatlanish, ximoyalanish instinktlari kuplab uchraydi.Shunday kilib xayvonlarning instinktiv xarakatlarini 4 guruxga bulish mumkin: Ovqatlanish instinkti – xayvonlarning uz va bolasi uchun ovkat kidirib topish, ovkat gamlash xarakatlari. Ximoyalanish instinkti - xayvonning uz xayotini va omonligini saklash xarakatlarida ifodalanib, u ikki kurinishda sodir bulishi mumkin. Birinchisi, dushmanga xujum kilish, ikkinchisi , uzini ximoya kilish. Xar bir xayvon uzini dushmandan saklash uchun biror organidan ( shoxlari, tuyoklari, tish- tirnoklari, tikonlari kabi ) yoki zaxarli suyuklikdan foydalanadi.Masalan, afrika kobrasi uz zaxarini 3,5 m masofaga ota oladi. Nasl koldirish instinkti. Bu ota –onalik instinkti sifatida kurinib nasl- avlod uchun gamxurlik kilish, uni ma’lum vaktgacha ovkat bilan ta’min etish, xav- xatardan saklash, uz bolalarini parvarish kilish tugma maxoratiga ega bulib, uz naslining kelajagi xakida gamxurlik kiladi. Tuda bulib yashash instinkti. Bu instinkt xayvonlarining turli usullar bilan uzaro aloka kilishida,xilma –xil shaklda birgalashib, tudalashib, poda bulib, gala bulib yashashlarida zoxir buladi. Yuqori darajadagi xayvonlarda birinchi urinda yangi, bir muncha plastik, ya’ni sharoitga karab uzgara oladigan xatti-xarakatlar chikadi. Ular olamni ancha keng aks ettirish imkoniyatini beradi. Xayvonlar tarakkiyotining kanchalik yukori boskichida tursa ular turli muvvakat boglanishlarni shunchalik tez xosil kiladilar. Olamni aks ettirishning bundan keyngi boskichi individual xayot tajribalari asosida xosil kilingan bir muncha murakkab, shu bilan birga,plastik xarakatlar tufayli buladi. Individal plastik xarakatlar uchun muxitni, shu paytdagi sharoitni analiz va sentiz kilish xosdir. Ayniqsa sut emuzuvchilar sharoitni ancha yaxshi taxlil kila oladilar va uzgargan muxitga uz xarakatlarini moslashtira oladilar. Yukori darajadagi xayvonlarda instinktiv xarakat bilan bir katorda tez uzgaruvchan individual xarakatlar – malakalar va faxm bilan alokador xarakatlar xam mavjud buladi. B. Keller maymunning xarakatlarini batafsil kuzatib «Yukori darajada tashkil topgan xayvonlar sharoitni analiz kilish asosida faxm bilan alokador xarakatlar kila oladi» degan xulosaga kelgan. Keyinchalik amerika psixologi Ierks, avstriya psixologi K.Byuler, gollandiyalik psixolog Boytendayk xam maymunlar bilan tajribalar utkazib yukoridagi fikrni tasdikladilar. Xayvonlardagi faxm bilan alokador xarakatlarni urganish masalasi bilan rus olimlari xam shugullangan. Bu ishni dastlab zoopsixolog-darvinist olim V.A.Vagner boshlab bergan edi. Keyinchalik esa I.P.Pavlov, N.N.Ladigina-Kots, N.Yu.Voytonis, G.Z.Roginskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev kabi olimlar bu ishni davom ettirdilar. Ayniksa Ladigina-Kotsning shimpanze bolasi bilan psixikasining rivojlanishi ustida utkazgan tadkikotlari butun jaxonga mashxurdir. Rus olimlarining kalamushlar, tovuklar, karga, it va maymunlar ustida olib borgan tadkikotlari xayvonlarda psixikaning rivojlanish boskichlari, ularda kunikmalar xosil bulishi va faxm bilan alokador xarakatlar kila olishini bilishda juda katta axamiyatga ega buladi. Odamsimon maymunlar kuplab faxm bilan alokador xarakatlar kila olishda boshka xayvonlar ichida aloxida urinda turadi. Masalan, odamsimon maymunlarning bir turi primatlar boshka sut emizuvchi xayvonlarga karaganda fakat ovkat manbalarinigina emas, balki xamma turdagi narsalarni timirskilab, tekshirib kurishga juda ustadir. Bunday kizikishni I.P.Pavlov «sabotli», «begaraz kizikuvchanlik», «sinchkovlik impulsi» deb atagan edi. Maymundagi ana shu xususiyat, buning ustiga ularda kuzning yuksak darajada tarakkiy kilganligi ularning idrok doiralarini bekiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini nixoyada oshirib yuboradi va kunikmalarning tarkib topishida, murakkab xarakat shakllarining vujudga kelishida boshka xayvonlarga karaganda unga keng imkoniyatlar yaratadi. Boshqa xayvonlarga karaganda maymunlarda tekshirish refleksining kuchliligi ulardagi kul tipidagi oyokning mavjudligidir. Chunki ular «kul» yordamida tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir. Shuning uchun ularda boshka xayvonlarda bulmagan vaktli boglanishlar kuplab xosil buladi. Xayvonlar xam uzaro munosabatda buladilar va bir-birini tushunadilar. Xatto ganglioz nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlar xam katta-katta galaga uyushib xayot kechiradi. Chumolilarning tili yanada murakkabdir. Olimlarning utkazgan tadkikotlaridan ma’lum bulishicha, chumolilar bir-birini juda yaxshi tushunar ekan. Bunda ular topgan uljasi, xavf – xatar va boshka kup extiyojlari xakida bir-birini xabardor kiladi. Xush, ular kanday kilib gaplashadi? Kupchilik olimlar chumolilarning uzaro aloka kiladigan asosiy tili – kimyoviy til bulsa kerak, deyishadi. Chumolilar kaysi tomonga yurishini, xavf-xatarni va boshka signallarni xidli modda chikarish bilan ma’lum kiladi. Kimyoviy signallar chumolilarning bir-biri bilan aloka kilish yullaridan biri xolos. Umuman olganda, bu xashoratlarning «nutki va aloka vositalari xilma-xil».
Ganlioz nerv sistemasiga ega bulgan xayvonlarning turli kiyofada turishlari, tovush signallari , xid tarkatishlari, xar xil usulda suykalishlari ularda til vazifasini utaydi.
Xasharotlarning tudadagi yalpi xatti –xarakatlari maksadga muvofikligi va uygunligi bilan kuzatuvchini xayratda koldiradi. Lekin ularning bu xarakatlari negizida axborot oluvchi xayvonlarning bir xildagi reaksiyalari yotadi. Ularning reaksiyalarida zarracha xam anglash, axborotlarni kayta ishlash xollalarini mutlako uchratmaymiz.
Xayvonlar tili kanchalik murakkab va xilma-xil bulmasin, ular bir-birini kanchalik yaxshi tushunmasin, xayvonlar «tili» da bitta eng muxim narsa yetishmaydi, u xam bulsa xayvonlar tili tajriba almashish va uz tajribasini keyingi avlodga meros kilib berish vositasi bula olmaydi.Ana shunisi balan xayvonlar tili insonlar tilidan tubdan fark kiladi.
Yukoridagilardan kurinib turibdiki, psixikaning tarakkiyoti nerv sistemasining tarakkiyoti bilan chambarchas boglik ekan. Odamning nerv sistemasi esa bosh miya va uning kobik kismi shakllanganligi bilan belgilanadi va unda psixikaning eng yuksak kurinishi – ongning paydo bulganligini kursatadi.
Inson psixikasi xayvon psixikasidan uzining kuyidagi xususiyatlari bilan fark kiladi:
  1. Inson uzi anglagan zaruratga kura ongli xatti-xarakat kilish kobiliyatiga ega.


  2. Odamning xayvondan ikkinchi farki uning kurollarni yaratishga va saklashga layokatli ekanligidir.Xayvonlar xam kurol yasashi mumkin, lekin ular kurolni odamlar singari birgalashib,jamoa bulib yasamaydi.


  3. Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribaning biridan ikkinchisiga utkazilib turishidir.


  4. Xis-tuygulardagi tafovut xayvon bilan inson urtasidagi turtinchi juda muxim tafovut bulib xisoblanadi.Xis-tuygu ikkisida xam bor.Fakat inson boshka kishining gam-gussasini va kuvonchini birgalikda baxam kura oladi, fakat odamgina tabiat manzaralaridan zavklanadi.


  5. Inson psixikasining xayvon psixikasidan eng muxim farki ularning rivojlanish shart-sharoitlarida kurinadi. Agar xayvonlar psixakasining usishi biologik konunlar asosida ruy bersa. Inson tajribani uzlashtirmasdan, uziga uxshaganlar bilan mulokotda bulmasdan turib uning ongi rivojlanmaydi. Masalan, Amola va Kamola. Shunday ekan, inson ijtimoiy munosabatlar maxsulidir.


Psixikaning paydo bo`lishi haqidagi nazariyalar. Psixikaning funktsiyalari: signallik va boshqaruv. Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti: seskanuvchanlik, tropizmlar. Hayvonlar olamida psixikaning taraqqiyot shakllari; instinktlar, ko`nikmalar, intellektual hatti - harakatlar.


Psixik funktsiyalarning muhit va organlarning tuzilishi bilan bog`liqligi. Psixika va muhit. Miya va psixika.
Inson ongi. Ong taraqqiyotida mehnatning roli. Ongning psixologik xarakteristikasi va tuzilishi.
Psixikaning paydo bo`lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog`liqdir.
Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo`lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg`oqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi).
Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo`ladi.
Materiyaning evoltsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o`tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar.
Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda KOATSERVATLAR deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo`lgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo`lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab o`zlashtirganlar. Ular YAShASh UChUN ZARUR BO`LGAN (BIOTIK) MODDALARGA ma`lum darajada SESKANISh bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo`lmagan (ABIOTIK) moddalarga nisbatan INDIFFERENT (BEFARQ) munosabatda bo`lganlar.

SESKANUVCHANLIK VA TROPIZMLAR


Biz yuqorida ko`rib o`tgan SESKANUVChANLIK o`simliklardan tortib hayvonlargacha mavjud. Seskanuvchanlik tirik organizlarning biologik ahamiyatga ega bo`lgan (biotik) ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlardayoq elementar seskanuvchanlik xususiyati bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradilar.
Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga TROPIZM yoki TAKSISlar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi: fototropizm - tirik organizmning yorug`lik ta`siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakatga qilishga moyilligi; xemotropizm - tirik organizmning ma`lum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo`lgan moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexanik qo`zgatuvchi ta`siri ostida harakatga kelishi va h.k. O`simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat.
Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - SEZUVCHANLIK yuzaga kelgan. Seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o`tish boshqacha hayot tarixi bilan bog`liqdir.
A.N.Leont`evning gipotezasiga ko`ra, sezuvchanlik "genetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta`surotlar bilan bog`lovchi, organizmni muhitda mo`ljal olishga yordam beruvchi, signallik vazifasini o`tovchi ta`sirlarga javob ta`siridan bo`lak narsa emas".
YUksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi organlari (a`zolari) tarkib topadi. Narsalarning aslida befarq, ya`ni organik ehtiyojlarni qondirmaydigan belgilari (xidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo`ladi. Shu sababdan hatto eng sodda hayvon ham ma`lum sharoitda faqat biotik qo`zgatuvchilarga emas, balki ayni shu anik vaziyatda biotik qo`zgatuvchining paydo bo`lganidan signal beruvchi abiotik, indifferent qo`zgatuvchilarga ham javob bera boshlashi mumkin.
YAshash usulining o`zgarishi bilan ko`p hujayrali organizmlarda tanalarining tuzilishi ham murakkablashib boradi, ma`lum turdagi qo`zg`atuvchilarni aks ettiruvchi maxsus organlar - SEZGI ORGANLARI rivojlanadi, AKS eTTIRISh ShAKLLARI ham anchagina murakkablashadi.
Nerv tizimi taraqqiyoti nerv tizimi taraqqiyoti, sezgi organlarning taraqqiyoti bilan, hayvonlarning hayot kechirishi tarziga moslashuvchanlik, ijro qiluvchanlik bilan birga, axborot olish jarayonida bevosita ishtirok etadigan harakat organlari taraqqiyoti bilan mustahkam bog`langandir.
Hayvonlar olamida aks ettirishning turli xildagi barcha shakllari orasidagi umumiylik va ularning hatti-harakatlarining mexanizmlarini hisobga olgan holda hayvonlarning INSTINKTIV harakatlari, KO`NIKMALAR va AQLIY (intellektual) hatti-harakatlari farqlanadi.
INSTINKTLAR
Instinktlar hayvonlar hatti-harakatlarining murakkab, tug`ma shaklidir. Masalan: qushlarning in yasashda cho`p, loy tanlashi, o`rgimchaklarning to`qish san`ati. Asalari o`z kataklarida go`yo puxta hisob qilib turganday, anik reja bilan quradi. Bundan tashqari asalarilarda bir-biriga xabar berish qobiliyati mavjud. Instinktlar bir qator moslashuv harakatlari tizmasidan iborat. Bir harakatning tugallanishi boshqa harakatni vujudga keltiradi. Instinktiv harakatlar yuzaki kuzatganda o`zining "maqsadga muvofiqliligi" bilan kishini hayratda qoldiradi. Biroq bu "maqsadga muvofiq" hatti-harakatlarda maqsadni anglashni uchratmaymiz. Instinktlar ma`lum tashqi qo`zg`atuvchi(lar)ning ta`sir ko`rsatishiga javob tariqasida yuzaga keladi. Instinktiv hatti-harakat deyarli o`zgarmaydi, lekin bu harakatning bironta muhim qismi o`zgarib qolsa, u har gal maqsadga muvofiqligini yo`qotadi. Masalan, agar asalarilarning asal saklash uchun yasalgan uyalarini orqa tomonidan qirqib qo`yilsa (ya`ni tagi teshib qo`yilsa), bunday holda asalari ma`lum miqdordagi asalni tagi teshik uyaga solib, garchi asal uyaning tagidan allaqachon oqib ketgan bo`lsa ham, uyaning og`zini ustki tomondan mum bilan berkitib quya beradi. Harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdirlar. Shuni qayd qilib qilib o`tish kerakki, garchi ma`lum instinktlar bir turdagi barcha organizlarga xos bo`lsa ham, lekin ularni amalga oshirish alohida organizmlarda biroz boshqacharoq bo`ladi. Instinktiv hatti-harakatlarning ana shunday nisbatan har xil tarzda amalga oshirilishi yashash sharoiti keskin o`zgargan holda organizmlar turining saqlanib qolishiga imkon beradi.
KO`NIKMALAR
YUksak taraqqiy etgan hayvonlar hayotida, xususan sut emizuvchilarda hatti-harakatning yanada aynanroq aks ettirishga yordam beruvchi yangi, ildamroq shakllari ko`proq rol o`ynaydi. Bular - ko`nikmalar (harakatning individual tarzda orttirilgan shakllari). Ko`nikma deganda hayvonlarda shartli bog`lanishlar asosida yuz beruvchi va avtomatik ravishda sodir bo`luvchi harakatlar tushuniladi. Instinktlar singari ko`nikmalar ham taraqqiyotning turli bosqichlarida uchraydi. Lekin yaqqol ifodalangan ko`nikmalarni faqat bosh miyaning po`stiga ega bo`lgan hayvonlardagina ko`rish mumkin.
Hayvonlar ko`nikmalarining tarkibiga kiruvchi harakat elementlari hayvon mansub bo`lgan turning tajribasini qayta tiklovchi tug`ma harakatlardan ham takrorlash jarayonida mustahkamlangan tasodifiy harakat namunalaridan iborat bo`lmog`i mumkin. Hayvonlarda hosil qilingan (bo`lgan) ko`nikmalar sharoit murakkablashishi yoki o`zgarishi bilan o`zi ham o`zgarishi, yangi, o`zgartirilgan sharoitga ko`chishi mumkin. Ko`nikmalar bir-birlaridan muhim jihatdan farq qilishlari mumkin: bir holatda ko`nikmalar o`zlarining avtomatizmlariga ko`ra instinktlarga yaqinlashsalar, boshqa bir holatda intellektual harakatlarga yaqinlashadilar.
Ayrim narsalar o`rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil qiladi. YUksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni paykay (baholay) oladilar va mazkur vaziyatga qarab, uning natijasini oldindan ko`ra oladilar. Bunday harakatni aqliy (intellektual) harakat tipi deyish mumkin.
Olimlar yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni (odamsimon maymunlarni) alohida o`ringa qo`yadilar. Ularning faoliyatining aktivligi, buning ustiga ularda ko`zning yuksak darajada taraqqiy qilganligi ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini nihoyatda oshirib yuboradi, ko`nikmalarning tarkib topishi hamda harakat shakllarining vujudga kelishi uchun boshqa hayvonlardagiga qaraganda baquvvat asosni yuzaga keltiradi.
Maymunlar intellekti (aqli) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyatining yo`nalishi bilan ham xarakterlanadi. Maymunlar qo`llariga tushib qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo`laklarga ajratadilar, odamlarni har xil usullar bilan o`z qafaslari oldiga jalb qiladilar, erda sudralib ketayotgan hashoratni kuzatib tura oladilar. Maymunlar xulq-atvoridagi bunday xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo`lgan. Boshqa hayvonlarga nisbatan maymunlarda harakatlarning taraqqiyot darajasi qo`l tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham bog`liqdir. "Qo`l"ning mavjudligi tufayli maymunlar tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir.
Ma`lum sharoitlarda maymunlarda harakatlarning instinktiv shakllari ham nomoyon bo`ladi. Biroq yuksak darajada taraqqiy etgan maymunlarning instinktiv harakatlari taraqqiyotning pastki bosqichidagi hayvonlarning instinktiv harakatlaridan jiddiy farq qiladi. Masalan uy qurish jarayonida maymunlar materialni analiz qilib ko`rar ekan. Instinklarda tashqi sharoit hisobga olinar ekan.
Maymunlarda ko`nikma hosil qilishning ham o`ziga xosligi bor. Agar past darajada rivojlangan hayvonlarda ko`nikma tez shakllantirilsa, maymunlarda bu jarayon biroz murakkab kechadi. Maymunlarning "qiziquvchanligi" natijasida ularning diqqatini ko`pincha biror harakat va ob`ektga qaratish, to`plash qiyin.
Inson psixikasi bilan eng yuksak darajada taraqqiy etgan hayvon psixikasi o`rtasida juda katta farq borligiga hech qanday shubxa yo`q.
- Hayvonlar "tili" bilan inson tilini hech bir jihatdan taqqoslab bo`lmaydi. Hayvon o`z to`dasidagi boshqa hayvonlarga ayni choqdagi vaziyat va hodisalar haqida signal bera oladi xalos. Inson til yordamida boshqa odamlarga o`tgan, hozirgi, va kelgusi zamondagi narsalar haqida ma`lumot bera oladi, ijtimoiy tajribani uzata oladi.
-Hayvonlar va odam tafakkuri o`rtasidagi farq ham ular tili o`rtasidagi farqqa bog`liqdir. YUksak taraqqiy etgan hayvonlarga faqat amaliy ("qo`l") tafakkuri xos, ularda abstrakt tafakkur yo`q. Shu sababli hayvon bevosita idrok qilinayotgan vaziyatning quli. Odamning hatti-harakatlari biron-bir anik vaziyatdan abstraktlashishi va shu vaziyatning natijalarini oldindan ko`ra olish qobiliyatiga ega. Odamning abstrakt tafakkur qila olish qobiliyati uni muayan biron vaziyatga bevosita qaramlikdan qutqaradi.
- Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni hayvondan ajratuvchi farqlardan biridir. Anik vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik qurol sifatida foydalanish uchun saqlab qo`ymaydi. Hayvondan odamning farqi shundaki, u ilgaridan o`ylab qo`ygan reja asosida qurol yasaydi, qurolni tegishli maqsadlarda foydalanadi, va uni saqlab qo`yadi. Odam nisbiy doimiy buyumlar olamida yashaydi.
-Odam psixik faoliyatining yana bir farqi shundaki, inson o`zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi.
- Odam va hayvonlar o`rtasidagi g`oyat muhim farqlardan biri ular hissiyoti o`rtasidagi farqdir. Albatta yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar ham atrofida bo`layotgan voqealarga befarq munosabatda bo`lmaydi. Lekin faqat odamdagina boshqa odamning qayg`u va shodligiga qo`shilish, hamdard bo`lish hissi rivojlangan. Faqat odamgina tabiat manzaralaridan lazzatlana oladi, faqat odamdagina intellektual hissiyot mavjud.
- Yana bir farq odam va hayvonlarning rivojlanish sharoitlaridagi farqdir. Hayvonlarning rivojlanishi biologik qonuniyatlarga asosida boradi. Odamning rivojlanishi, uning ongining taraqqiyotida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlari ustunlik qiladi.

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning hususiyati, sub’ekt tomonidan obьsktiv borliqni faol aks ettirish, xuddi shu asnoda o`z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo`lib, 
anglanilmagan psixika o`z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan tafovutga va ustuvorlikka ega. 
Kishi psixikasining paydo bulishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bulib, tabiat qonunlarining moxiyatini tushunib еtishga xarakat kiladigan tadkikotchilarni bu muammo xama vakt kiziktirib kеlgan. Matеrialistik yunalishdagi olimlar psixikaning paydo bulishini matеriyaning uzok davom etgan rivojlanishining natijasi dеb ixoxlashadi. Ular matеriyaning tabiatini tadkik kilisharkan, xarakat matеriyaning xayot kеchirish usuli, uning tarkiban uziga xos ajralmas xsusiyati ekanligi uchun xam matеriya xarakatining tеrli xil shakllarini urganadilar. Xarakatsiz, xamisha mutlaqo xarakatsizlikdagi matеriya umuman bulmaydi. Odamdagi butun matеriya jami noorganikva organiktabiat xarakatlanish, uzgarish va rivojlanish xolatida buladi.
Foydalanilagan adabiyotlar.



  1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.



  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/



  1. Read more at: https://motherhouse.ru/uz/mortgage/vidy-i-svoistva-vospriyatiya-v-psihologii-znachenie-slova/



  1. https://fayllar.org



  1. http://genderi.org

Download 77.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling