Psixodiagnostikaning asosiy metodlari Bajardi: Avazova Madina


Download 251.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.04.2023
Hajmi251.76 Kb.
#1321489
Bog'liq
Mavzu1



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu:
Psixodiagnostikaning asosiy metodlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bajardi: Avazova Madina 
 


Reja:
1.Metod va metodika haqida tushuncha. 
2.Standartlashtirilgan va ekspert (klinik) metodlarning asosiy farqlari. 
3. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari. 
4. So„rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. 
So„rovnomalar turi . 
1. Metod va metodika haqida tushuncha. Metod – (Yunoncha. 
Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – 
psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya 
fanining eksperimental va eksperimental bo‟lmagan an`anaviy tadqiqot 
metodlariga nisbatan o‟ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning 
asosiy xususiyati shundan iboratki, o‟rganilayotgan hodisaning miqdoriy 
(va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o‟lchash-
sinashga yo‟naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida 
amalga oshirish mumkin bo‟ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, 
eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, 
sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki 
individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test 
yoki so‟rovnoma metodika deyiladi. 
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo„lib, 
ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. 
Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini 
quyidagicha ko„rsatib o„tish mumkin: 
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar. 
Savolnomali psixodiagnostik metodlar. 
Ob'ektiv 
psixodiagnostik metodlar
, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari 
analizi va faoliyat mahsuldorligini o„rganish ham kiradi. 
Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari. 
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish 
hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning 
muvaffaqiyatli garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar 
kiritiladi, bunda nimani kuzatish, qanday kuzatish, kuzatish natijalarini 
qanday qilib belgilab borish, qanday baholash hamda sharhlash asosida 
xulosa chiqarish aniq belgilab olinadi. Yuqorida ko„rsatib o„tilgan 


psixodiagnostik talablar – standartlashtirilgan kuzatish deb Yuritiladi. Bunga 
misol sifatida, qandaydir topshiriqning echimi bo„yicha kichik guruhning ish 
faoliyatini ko„rib chiqamiz (R.Beyls metodi bo„yicha). 
Sharoitni yengillashtirish 
Muammo yechimini taklif qilish 
Savollarga 
javob berish
 
Ma'lumotlar berish 
Tushuntirib berish 
Yordam berishni taklif qilish 
Yordam so„rash 
Tushuntirib berishni so„rash 
Ma'lumotlar berishni so„rash 
Savollarga javob berishni so„rash 
Muammo yechimini so„rash 
Muammoni yanada chigallashtirish. 
Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab olgan, unda 6ta 
ijobiy va 6ta salbiy ko„rinishlar ifodalangan. 
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagicha 
tartibda qo„llash lozim: 
olingan natijalarni foizlar bo„yicha hisoblash;
o„rtacha arifmetik qiymatni topish;
o„rtacha kvadrat og„ishni topish (sigma);
son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
omillar o„rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini tahlil qilish 
(korrelyatsiya);
metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash (StYudent mezoni).
B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik 
ob`ektlar bilan operatsiyalar tizimi bo‟lib, fanning bilish ob` ektidir. 
Psixologiyada empirik metodlarni qo‟llash muammosi ko‟rib 
chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o‟rnini aniqlashdan 


boshlash kerak. Empirik metodlarni qo‟llashning beshta darajasini ajratish 
mumkin. 
1. Metodika darajasi. 
2. Metodik qo‟llanma darajasi. 
3. Metod darajasi. 
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi. 
5. Metodologik yondashish darajasi.
To‟g`ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo‟ladi, masalan 
psixofizikada – o‟rtacha 
xatolar metodi
, chegara metodi bor: 
psixodiagnostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada 
semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi 
(birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod 
to‟g`risida bahs Yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida 
(to‟rtinchi daraja) ko‟rsatilgan. 
Psixologik tadqiqotda qo‟llaniladigan usullarning darajali bo‟lishini G. D. 
Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo‟lgan: 
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish); 
2) metodik qo‟llanma; 
3) metodik yondashuv. 
S. L. Rubinshteyn “Umumiy psixologiya asoslari”da eng asosiy psixologik 
metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko‟rsatdi. Kuzatuv 
“tashqi” va “ichki”ga bo‟lingan, eksperiment – laboratoriya ishi, tabiiy va 
psixologik-pedagogik, qo‟shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida 
fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o‟rganishda 
suhbat va anketa usullarini ajratib o‟tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning 
qirralarini ta`kidladi. SHunday qilib, psixologiyaning falsafa bilan bog`liqligi 
uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika 
va fiziologiya bilan bu fanlarning psixologik ro‟yxatga qo‟shilishi bilan 
amalga oshirildi. 
Psixologik tekshiruvlarning keng ko‟lamdagi ikkinchi tasnifini – bolgar 
psixologi G.D. Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar 
sifatida taklif qilgan 
kuzatuv
, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, 
yordamchi metodlar maxsus metodik yondashuvlarni ta`kidlab o‟tdi. SHu 
metodlarning har biri bir qancha turlarga bo‟linadi. SHunday qilib, masalan, 
kuzatish (aloqador) anketalar, so‟rovnomalar, faoliyat mahsullarini o‟rganish 
va boshqalarga bo‟linadi. 


B. G. Ananev G.D.Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini 
taklif etdi. Hamma metodlarni u: 
1) tashkiliy; 
2) empirik; 
3) ma`lumotlarni 
qayta ishlash usuli

4) sharhlash metodlariga bo‟ldi. 
Tashkiliy metodlarga B.G.Ananev qiyosiy, longitYud va kompleks 
metodlarni kiritdi. 
Ikkinchi guruhga observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik 
metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar kiritildi. 
Uchinchi guruhga ma`lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish metodi va 
sifat tahlili kiritildi. 
Nihoyat, to‟rtinchi guruhni genetik va donalash metodi tashkil qildi. Ananev 
har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga 
qaramay, ko‟pgina echilmagan muammolar uchraydi: 
Nimaga modellashtirish empirik metod bo‟lib qoldi? 
Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan? 
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb 
tushunilmaydimi? 
Shuni eslatib o‟tish ahamiyatliki, bu erda psixologik tekshirishning nazariy 
metodlari ko‟rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o‟rni 
bo‟yicha «oraliq» empirik va nazariy metodlar o‟rtasida, empirik kuzatishlar 
ma`lumotlarni sharhlash va qayta ishlash metodlaridir. 
M.S. Rogovin va T.B. Zapevskiylarning fikricha, metod bu – idrok 
jarayonida ob`ekt va sub`ekt orasidagi ba`zi bir nisbatlarning 
ifodalanishidir. Ular asosiy psixologik metodlarning sonlarini 6 taga 
birlashtirishadi. 1) germenevtik – fanning bo‟linmagan yakka holatiga 
to‟g`ri keladi; 2) biografik metod – psixika to‟g`risidagi fanning yakka 
ob`ektiv idrokini ko‟rsatish; 3) kuzatish – idrok ob`ekti va 
sub`ekti 
farqlanadi
; 4) o‟z-o‟zini kuzatish - sub`ektni oldingi farqlanish 
asosida ob`ektga aylanishi; 5) klinik – birinchi o‟ringa mexanizmning tashqi 
kuzatuvchidan ichki kuzatuv mexanizmiga o‟tish vazifasi chiqadi; 6) 
eksperiment sub`ekti ob`ekt idrokining faol qarshiligi sifatida, sub`ektning 
roli idrok jarayonida hisobga olinadi. 
Keltirilgan tasnif gneseologik asos, kelishmovchiliklarga ega bo‟lsa ham, 
tushunarsiz, biografik metodning ajralishi nimaga bog`liqligi bizni 
qiziqtiradi? 


Biroq mualliflar o‟ylab yoki o‟ylamay psixologik metodlarning empirik 
tasnifidagina, Germenevning metodlari hisobiga modellashtirishni 
qo‟shishga majbur bo‟ldilar. Bu metodni qo‟llashda “idrokning sub`ekt va 
ob`ekti qarama- qarshi” qilib qo‟yilmaganmi? Model – bu bir sub`ektning 
boshqa bir sub`ektga oqilona qarshiligi, sub`ektning ob`ektga va o‟ziga 
nisbatan 
muomalasi mumkin emas-ku
, degan savol tug`iladi. 
Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha 
yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empirik metod va psixologik 
metodlar orasida umuman, amalda “teng” belgisi qo‟yiladi, ularning o‟ziga 
xos jihatlarini aniqlash qiyinlashadi. 
Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini 
ko‟rsatish maqsadga muvofiqdir: 
1. Empirik, tekshirish sub`ekti va ob`ektining tashqi real munosabatlari 
amalga oshiriladi; 
2. Nazariy, sub`ekt ob`ektning hayotiy modeli bilan o‟zaro munosabatda 
bo‟ladi; 
3. Sharhlash va tasvirlash, bunda sub`ekt «tashqaridan» ob`ektning 
simvolik – belgisi bilan munosabatda bo‟ladi. 
Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma`lumotlar hisoblanadi, 
ob`ekt sharoitini asboblar yordamida o‟rganadi. Nazariy metodlardan 
foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki ochiq sxematik shakldagi predmet 
haqidagi bilim hisoblanadi. 
Nihoyat, qayta ishlash – tushuntirish metodi – bu nazariy va eksperimental 
metodlarni qo‟llashda, ularni o‟zaro munosabati natijalarining “uchrashish 
joyi”dir. 
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o‟tamiz: 
1) Deduktiv – umumiydan xususiyga o‟tish. Natijasi – nazariya, qonun va 
boshqalar. 
2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o‟tish. 
3) Modellashtirish – analogiya 
metodini aniqlashtirish
, «transduktsiya», 
xususiydan xususiyga o‟tish. Natija – ob`ekt, jarayon, sharoit modeli. 
Psixologiyaning nazariy metodlarida psixologiyaning aqliy etuklik 
metodlarini saralash kerak. Aqliy etuklik ilmiy faktlar empirik qonuniyatlarga 
tayanmay, balki ta`limot muallifining faqat shaxsiy bilimida o‟z o‟rnini 
topadi. 
Modellashtirishning ikkita asosiy turlari bor: Bular: struktura – funktsionalli 
va funktsional – strukturali. 


Birinchi holatda tadqiqotchi alohida tizimning tashqi xulq - atvoriga qarab 
tizimni aniqlab o‟tmoqchi va shuning uchun analog tanlaydi yoki 
konstruktsiya qiladi – boshqa tizimni o‟xshash xulq-atvorga bo‟lgan. Bunday 
xulq-atvor strukturalarning o‟xshashligi haqida mulohaza Yuritishga olib 
keladi. 
Modellashtirishning bunday ko‟rinishi psixologik tadqiqotning asosiy 
metodlaridan hisoblanadi hamda tabiiy ilmiy psixologik tadqiqotda yagona 
hisoblanadi. Ikkinchi holatda modellar va obrazlar strukturalari 
o‟xshashligida tadqiqotchi funktsiyalar va tashqi ko‟rinishlarda va 
boshqalarda qandaydir umumiylikni tahlil qiladi. Bu metod ko‟p fanlarda 
tarqalgan, ayniqsa solishtirma anatomiya, paleontologiya va boshqalarda 
ko‟p uchratish mumkin. 
Tabiiyki, bizga boshqa odamning psixik reallik tizimini tushunish qiyin. 
Ammo har bir narsa xususiy reallikka ega, shuning uchun M.S.Rogovin va 
G.V.Zalevskiylarni germenivtik metodlar qatoriga modellashtirish metodini 
kiritishga turtki bo‟lgan funktsional-strukturani modellashtirish va 
germenevtik metodlarning o‟xshashligi bor. 
SHarhlash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o‟ynaydi. Bu 
metodlarning tadqiqotchi tomonidan egallanishi ilmiy dasturning 
muvaffaqiyatini belgilab beradi. Psixologiyada sharhlash metodining 
ahamiyati V.A.Ganzen monografiyasida aniqroq ta`riflangan. 
Psixologik empirik metodlarning yana bir tasnifini ko‟rib chiqamiz. Biz 
tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog`liq bo‟lgan metodlarni ikki asosga 
bo‟lgan edik. Faollik-sustlik, mablag`larning borligi – muqobillik. Psixologik 
tadqiqotda ob`ekt faol bo‟lishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap 
bo‟lishidan qat`iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat 
sub`ekti bo‟ladi. Empirik psixologik metodlarning tasnifida shu narsani 
hisobga olish kerak. 
Psixologiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunilishi katta 
ahamiyatga ega. Tushunish jarayoni qaysidir ma`noda o‟lchash jarayoniga 
qarama-qarshidir. O‟lchashda tadqiqot natijalarini ob`ektlashtirishga 
harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq - atvorini 
xususiy ma`naviy o‟lchamlarida qayta ishlanadi. 
Barcha psixologik empirik metodlarni ikki o‟lchamli 
kenglikda joylashtirish 
qulay
, ularning o‟qlari psixologik tadqiqotning ikkita maxsus belgilarini 
bildiradi. 


Birinchisi – sinaluvchi va tadqiqotchi o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlarning 
borligi yoki yo‟qligi yoki bu munosabatlarning jadalligidir. U klinik 
eksperimentda eng katta va o‟zini-o‟zi kuzatishda eng kam hisoblanadi. 
Ikkinchisi muolajalarning ob`ektlashuvi va sub`ektlashuvidir. Bunda eng 
chetki variant sifatida test olish va boshqa odamning xulq-atvorini uning 
xatti-harakatini “sezish”, empatiya nazarda tutiladi. 
Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish 
mumkin emas: ular bor, lekin “ichki” – tadqiqotchining shaxsiy malakasi, 
individual xususiyatlari, sharhlash usullari va boshqalar. Tadqiqotchi 
o‟lchamda ishlatadigan ashyolarni boshqacha ham atash mumkin. 
Birinchisi koordinata o‟qini tashkil qilib, “ikkita sub`ekt – bir 
sub`ekt” yoki “tashqi” dialog, yoki– “ichki” dialog. 
Ikkinchisi “tashqi” ashyolar – “ichki” ashyolar, 
yoki “o‟lchash sharhlari” o‟qini keltirib chiqaradi. Bu o‟qlar bilan tashkil 
qilingan kvadratlarda asosiy psixologik empirik metodlarni joylashtirsa 
bo‟ladi. 
Psixologik eksperiment bu nuqtai nazardan sinaluvchi bilan bo‟lgan o‟zaro 
munosabat, uning xulq-atvori ob`ektiv ro‟yxati bilan moslashadigan 
metoddir. 
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib eksperimental psixologiya fanining 
metodlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 

Download 251.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling