Psixogigiyena


Download 78.54 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi78.54 Kb.
#1103176
Bog'liq
Psixogigiyena 3-mustaqil ta'lim. (1)


Psixogigiyena ” fanidan 2-kurs Amaliy psixologiya yo’nalishi( sirtqi bo’lim) talabalari uchun 3-mustaqil ta’lim(nazariy amaliy).

Mustaqil ta’lim mavzusi:Psixoterapiyaning Vatani Sharq.

“ Psixogigiyena ” fanidan 11,12,13,14,15- chi mavzularni tavsiya etilgan adabiyotlar asosida o’rganing va quyidagi reja asosida yoriting.


Reja:
1Quyida keltirilgan jumboqni mantiqiy jihatdan yondashib yeching (Jumboq matni namunada)?( O’zingiz ham 5-ta Mantiqiy jumboq yozing).
2 XXI-asr rahbar shaxsining psixologik sifatlari.
3 Oilaviy munosabatlar psixologiyasi.( (Oila,nikoh, farzand, sevgi )termini ishtirokidagi Sharq va G’arb allomalarining ibratomuz purma’no hikmatli iboralaridan 20-ta yozing, yodlang).

NAMUNA
1-chi rejani bajarish uchun namuna:
Qadimda ikki daryo oralig’ida 2-ta katta podshohlik bo’lgan ekan.Ushbu podshohliklar uzoq yillar tichlik-totuvlikda , yaxshi qo’shnichilikda ahil yashashibdi.Birinchi podshohlikning taxtiga yangi podshoh kelibdi. Va u o’z saltanati chegaralarini kengaytirmoqchi bo’libdi.U harbiy yurish oldidan qo’shni mamlakatning kuch-qudratini tekshirish uchun ularga sovg’a-salomlar va bir jumboq yuboribdi.Podshoh o’z nomasida lutf bilan muroojat qilib yuborgan jumbog’ini qo’shni yurt donishmandlari topa oladimi yoki yo’qmi shunga qiziqayotganini bayon qilibdi.Qo’shni podshohlikdan yuborilgan sovg’a-salomlarni qabul qilib olgan podshoh , sovg’alar ichidagi jumboqqa e’tibor qaratibdi.Jumboq unga bitilgan maktubni o’qigach , Podshoh zudlik bilan saroy ayonlarini huzuriga chorlabdi.Chunki Podshoh qo’shni yurt shohining muddaosini anglab yetgan edi.

Jumboq tariqasida 3-ta bir-hil qo’g’irchoq yuborilgan edi.Ularning ko’rinishi , tayyorlangan materiali, balandligi , og’irligi bir-hil edi.


Jumboqda :Yuborilgan 3-ta qo’g’irshoq ichidan qimmatbahosi qaysi ekanligini aniqlang va uni bizga yuboring deyilgan edi?
Saroy donishmandlari qo’g’irchoqlarni harchand tekshirishmasin ularning qaysi biri qimmatbaho ekanligini aniqlay olmabdilar.
Shunda podshoh ushbu jumboqni yechgan odamga katta mukofot berilishini butun yurt bo’ylab e’lon qildiribdi.Savolni javobini bir chopon yigit aniqlab , mukofotga ega chiqibdi.
Hurmatli talabalar , aytingchi Chopon yigit qanday qilib qo’g’irchoqlarni ichidan qimmatbaho qo’g’irchoqni ajrata olgan??????????????
2-chi rejani bajarish uchun namuna: XXI-asr rahbar shaxsining ( erkak rahbar, ayol rahbar) hislatlarini quyidagi jadval asosida to’ldiring?
Namuna:

Rahbar shaxsi (Ayol rahbar)

Rahbar shaxsi hislatlarining ifodalanishi .





1Tafakkuri:

  1. Analiz-sintez-kuchsiz.

  2. Umumlashtirish-kuchli

  3. Taqqoslash-kuchli.

  4. Mantiqiy tafakkur-kuchsiz.

  5. Obrazli tafakkur-kuchli.

2 Hissiyoti:
3 Irodaviy sifatlari:
4 Nutqi:



Rahbar shaxsi (Erkak rahbar)

Rahbar shaxsi hislatlarining ifodalanishi.







1Tafakkuri:

  1. Analiz-sintez-kuchli.

  2. Umumlashtirish-kuchsiz

  3. Taqqoslash-kuchsiz

  4. Mantiqiy tafakkur-kuchli.

  5. Obrazli tafakkur-kuchsiz.

2 Hissiyoti:
3 Irodaviy sifatlari:
4 Nutqi:



3-chi rejani bajarish uchun namuna: ( (Oila,nikoh, farzand, sevgi )termini ishtirokidagi Sharq va G’arb allomalarining ibratomuz purma’no hikmatli iboralaridan 20-ta yozing, yodlang).
Namuna:
1 Sevgi-insoniyatnin hayvonot olamidan sug’urib olgan kuchdir.( Z.Freyd)
2Oila-tabiyat durdonalaridan biridir.( Jorj Satayana

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yhati.

1 Psixogigiyena Z.T.Nishonova, D.I.Xodjakulova, G’Q.Alimova ( O’quv qo’llanma) Toshkent. “ Bayoz” 2013 yil.


2 Rahbar psixologiyasi N. Boymurodov.Toshkent “Yangi asr avlodi” 2007-yil.
3 Oila psixologiyasi G’Sh. Shobahramov “Sharq “ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati.Toshkent-2010 yil.
Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda, 1,5 intervalda taqdim eting.
Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal balI -20.


1. a) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida, jumladan, mavzu to`liq bayon etilgan,tahlilllar to`g`ri bajarilgan imlo xatolarisiz bo`lsa 18-20 ball bilan baholanadi.
b) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsa, 16-17 ball qo’yiladi.
c) Agar mustaqil ishni to’liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo’lsa, 14-15ball qo’yiladi.
d) Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo’lsa, 12-13 ball qo’yiladi.
e) Agar mustaqil ishda jiddiy qo’pol xatolar mavjud bo’lsa, 10-11 ball qo’yiladi.
f) Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi.
2.Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni so’rayman.
3. Topshirish muddati: 21. 01.2023. 23:55 .

Fan o’qituvchisi: N.Usmonova.


Omad yor bo’lsin.
Download 78.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling