Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni


Download 71.09 Kb.
bet1/3
Sana02.12.2023
Hajmi71.09 Kb.
#1780604
  1   2   3
Bog'liq
falsafa3


Psixologiyaning fanlar tizimidagi o‘rni
  • Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.

  • Psixologiya ko’plab fanlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib bormoqda. Fanlar orasidagi bog’liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o’rnini belgilab beradi. Bizga ma'lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo’linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo’lgan fanlar mazkur tasniflashga kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo’ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o’rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o’rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san'atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog’liq. Shunga muvofiq psixologiyani fanlar orasidagi bog’liqligini tahlil qilsak. Ayniqsa psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o’rni xususida quyidagi jadvalda ma'lumotlar keltiriladi:

Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlantirish an'analarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol qoyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.
Sosiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo’llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta'minlash ishiga xizmat qiladi. qolaversa, huquqiy-demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.

Download 71.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling