Pul bozori


Download 14.37 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi14.37 Kb.
#1764000
Bog'liq
mustaqil ish


Pul bozori — moliya bozorining asosan qisqa muddatli (bir yilgacha) kredit operatsiyalari amalga oshiriladigan qismi. Pul bozoridagi operatsiyalar firmalarning aylanma kapitali hara-katiga, banklarning qisqa muddatli resurelariga xizmat koʻrsatadi. Ken g maʼnoda Pul bozori xususiy shaxslar, davlat, nobank davlat muassasalari pulga talab bilan va banklar pul taklifi bilan chiqadigan bozordir. Pul bozori vaqtincha yetishmayotgan aylanma vositalarni toʻldirish imkoniyatini beradi. Pul bozorining asosiy ishtirokchilari — Markaziy bank va tijorat banklari hisoblanadi. Keyingi yillarda bankdan tashqari moliya vositachilari (mas, AQShdagi P.b, hamkorlik fondlari) ham ishtirok etadi. Pul bozorida yuqori likvidlikka ega boʻlgan qimmatbaho qogʻozlar — xazina va tijorat veksellari, depozit sertifikatlari, bank akseptlari, qimmatli qogʻozlar, munitsipal veksellari va boshqa qatnashadi. Pul bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim obʼyektlaridan biridir. Pul bozori davlat harajatlarini kreditlash va byudjet taqchilligini qoplashning manbai sifatida kat-ta ahamiyatga ega. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari rivojlanishi bilan xalqaro Pul bozorilari paydo boʻldi (eng yiriklari Amerika Pul bozori, Yevropa Pul bozori
PUL MASSASI — xoʻjalik aylanma-siga xizmat koʻrsatadigan va xususiy shaxslar, korxonalar va davlatga tegishli xarid va toʻlov vositalarining jami hajmi. Pul massasi muomaladagi va jami Pul massasi gaboʻlinadi. Muomaladagi Pul massasi muayyan davrda, muayyan sanada hara-katda, muomalada boʻlgan pul miqdo-rini, jami Pul massasi muomalaga chiqarilgan pullarning toʻliq mikdorini bil-diradi. Unga nakd pullar, korxonalar va aholining banklarda hisobvaraklarda saqlanayotgan pul mablagʻlari, toʻlanishi shart boʻlgan pul majburiyatlari kiradi. Tovar ayirboshlash va toʻlov-hisobkitob munosabatlari shakllarining rivojlanishi bilan muomalada yurgan Pul massasining tarkibi va tuzilmasi jiddiy oʻzgarishlarga uchraydi.
Download 14.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling